277
Internet - marketingning eng asosiy instrumenti (vositasi) sayt hisoblanadi.
Korporativ web-sayt – kompaniyaning virtual ofisi, hamda bir qancha
funksiyalarga ega Internet tarmog‗idagi vakilidir:
kompaniya va uning tovarlari haqida ma‘lumotlar taqdim etish;
Internetda mahsulot va savdo markasini harakatlantirish;
joriy marketing tadqiqotlarini o‗tkazish;
iste‘molchilar bilan munosabatga kirishish;
mijozlarga servis xizmat ko‗rsatish va ma‘lumotlar taqdim etish;
saytdan elektron do‗kon sifatida foydalanish;
vositachilarni jalb etish va vositachilar bilan o‗zaro munosabatlarni
mustahkamlash.
Sayt aynan qidiruvchilar tomonidan tahlil etiladi va baholanadi.
Uning
dizayni, ma‘lumotlar bazasi va saytdagi servis xizmatlarning mavjudligi u haqida
ijobiy fikrni shakllantiradi. SHu sababli Web-sayt internet loyihani amalga
oshirishda markaziy bo‗g‗in hisoblanadi. SHu bilan birga mahsulotni va ―savdo
yuragini‖ harakatlantirish bo‗yicha bir qator maxsus instrumentlar (vositalar)
ishlab chiqilgan:
1.
Qidiruvni optimallashtirish (SEO) – Search Engines Optimization, saytni
qidiruv tizimlariga asoslangan holda optimallashtirish hisoblanadi. Qidiruvni
optimallashtirish natijasi – ma‘lum bir kalit so‗zlardan
foydalangan holda saytni
qidiruv natijalarining ilk sahifalarida joylashtirishni ta‘minlash;
2.
Kontekst reklama – Web saytda joylashgan matnli reklama e‘lonlari va
bannerlar bo‗lib, internet qidiruvni takomillashtirishda asosiy o‗rinni egallaydi.
SHu bilan birga saytning o‗ng ustunchasida iste‘molchilarning ehtiyojlariga ko‗ra
qidiruv tizimlarini joylashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi (Google, Yahoo
Search, Mail.ru, YAndeks va boshqalar).
3.
Media
reklamalar–kompaniya
mahsulotlari
va
xizmatlarini
harakatlantirish uchun turli xil saytlarda yoki reklama tarmoqlarida (targetingli
yoki targetingsiz) joylashtirilgan harakatsiz va animatsion rasmli reklama e‘lonlari.
278
4.
SMO (Social Media Optimization), SMM (Social Media Marketing) –
ijtimoiy tarmoqlarda harakatlantirish – forumlar, bloglar va boshq. SMO ning
asosiy mazmuni – internet foydalanuvchilarni saytga ko‗proq kirishlari, uni turli xil
forumlar, bloglarda muhokama qilishlari uchun saytning
tuzilmasi va tarkibini
takomillashtirishni ko‗zlaydi.
5.
SMM – saytni ilgari surish, tovar, xizmat va h.k.ni harakatlantirishdir.
Ushbu turdagi harakatlantirishdan foydalanishda saytning kontenti (tarkibi,
mazmuni) haqida jiddiy fikr yuritish, uning foydalanuvchilar uchun qiziqarli
bo‗lishi va yanada ko‗proq o‗qish istagini uyg‗otishi,
shuningdek, faolroq
harakatlarni amalga oshirish – savol berish, ovoz berish, anketa so‗rovlari
to‗ldirishga undashi lozim.
Onlayn marketologlar ―og‘izdan-og‘izga‖ marketingining
internet shakli
hisoblanmish virus reklamasidan ham samarali foydalanishadi. Virus marketingi
foydalanuvchilar bir-biriga tezda tarqatishi mumkin bo‘lgan web sayt, video,
email, mobil xabarlar kabi vositalarni yaratish yordamida amalga oshiriladi. Bu
usulning samarali ekanligiga sabab, birinchida, u
arzon reklama turi hisoblanadi,
ikkinchidan, qabul qiluvchi do‘stidan kelgan ma‘lumotni o‘qishi ehtimoli ancha
baland hisoblanadi.
E-mail, yoki elektron xatlar marketingi juda muhim va o‘sib borayotgan
marketing turidir. E-mail juda ko‘p ishlatiladigan aloqa vositasidir. Taxminlarga
ko‘ra, dunyoda 3 milliarddan ortiq email hisob raqamlari mavjud.
Bevosita
marketing loyihalarining 78% da e-mail qo‘llanar ekan. Sarmoya nuqtai-nazaridan
ham e-mail marketing juda samarali hisoblanadi – e-mail marketingi uchun
sarflangan 1 dollar uchun investorlar 40 dollar daromad olishgan. Obro‘li
marketing firmalari e-mail marketingdan muntazam ravishda foydalanib kelishadi,
chunki u orqali yuqori darajada segmentlangan mijozlar bilan uzoq muddatli
munosabatlar o‘rnatish imkoni yaratiladi.
Ammo o‘sib borayotgan e-mail marketing ham muammolardan xoli emas.
Mijozlarning noroziligiga sabab bo‘layotgan, so‘ralmagan e-mail xabarlari –
279
spamlar
shulardan biridir. Olib borilgan bir tadqiqot natijalariga ko‘ra,
jo‘natilayotgan jami e-mail xabarlarining 68 foizi spamlar ekan.
Bu muammoning oldini olish maqsadida, ko‘plab
kompaniyalar
ruxsat-
berish-asnosidagi e-mail marketing
tizimini qo‘llamoqdalar, ya‘ni e-mail xabarlar
faqatgina mijozning ruxsati bilangina jo‘natiladi. Maqsadli bozorni mo‘ljallash
mumkinligi va past xarajatli bo‘lgani sabab e-mail marketing juda samarali
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: