13.2. To„g„ridan – to„g„ri marketing shakllari
To`g`ridan-to`g`ri marketingda takliflar, e`lonlar, eslatmalar yoki boshqa
siljitish vositalari biror manzilga jo`natiladi. Yuqori darajada tanlangan elektron
xat ro`yhatlaridan foydalangan holda, bevosita marketologlar har yili millionlab
xatlar, kataloglar, broshuralar, namunalar, videolar yuborishadi.
13.1-rasm
.
To„g„ridan-to„g„ri marketing shakllari
To`g`ridan-to`g`ri marketing bevosita, birga-bir muloqotlarda samaral
sanaladi. Bu usul maqsadli bozorni tanlab olish va natijalarni oson hisoblash
imkonini beradi. Bu siljitish vositasi bilan ommaviy axborot vositalari (masalan,
TV yoki jurnal) kabi millionlab mijozlarga etib borish imkoni bo‘lmasligi va
qimmatligiga qaramay, bu usulda muvaffaqiyat darajasi yuqoriroqdir. Pochta
orqali jo‘natish usuli turli xil mahsulotlar sotuvini (kitoblar, sug‘urta, sayohat,
Mavjud va potensial
iste'molchilar
Shaxsiy sotuv
Katalog
bo'yicha
savdo qilish
Pochta orqali
jo'natish
Telemarketing
Kontent
kioskalar
Internet
marketing
Bevosita
savol - javob
272
taom, kiyim-kechak va h.k.) siljitish-rag‘batlantirishda samarali vosita sifatida tan
olingan. Xayriya jamg‘armalari ham bu usuldan har yili milliardlab dollar pul
yig‘ish uchun foydalanishadi.
Ba‘zi mutaxassislar pochta orqali jo‘natish kabi bevosita marketingning
an‘anaviy turlaridan foydalanish borgan sari pasayib borishini taxmin qilmoqdalar,
sabab sifatida oxirgi vaqtlarga marketologlar e-mail va mobil marketing kabi
yangiroq marketing usullarini qo‘llashni afzal bilayotganliklari ko‘rsatilmoqda.
Bevosita marketingning email va mobil kabi yangiroq turlari shu bo‘limning
keyingi boblarida batafsil muhokama qilinadi.
To`g`ridan-to`g`ri marketingning yangi raqamli usullari borgan sari mashhur
bo‘lib borayotganiga qaramasdan, an‘anaviy bevosita pochta usuli amaliyotda hali-
hanuz eng ko‘p ishlatilayotgan usuldir. Pochta marketingi raqamli marketingga
qaraganda bir necha ustunliklarga ega. Bu usul odamlar ushlab ko‘rishi va sezishi
mumkin bo‘lgan namunalar va reklama vositalaridan foydalanadi. ―Pochta
marketingida reallik mavjud. Bu usulda mijoz bilan ruhiy bog‘liqlik o‘rnatiladi,
raqamli marketingda esa buning iloji yo‘q, chukni an‘anaviy marketingda mijozlar
taklif etilayotgan mahsulotni ushlab ko‘rish, uni sezish imkoniga egalar‖, deydi
mutaxassislardan biri. Bunga qarama-qarshi o‘laroq, ―email marketingda
mijozlarga jo‘natiladigan xat - mabarlar osonlik bilan tekshiriladi, kerak
bo‘lmaganlari uloqtiriladi. Bu – juda qulay!‖, deydi yana bir bevosita marketing
mutaxassisi.
An‘anaviy
pochta
marketingi
keng
miqyosda
olib
boriladigan
integratsilashgan marketing loyihalarining muhim elementi bo‘lishi mumkin. Agar
qabul qiluvchi jo‘natilgan pochta orqali jo‘natishga qiziqish bildirmasa, u
jo‘natuvchi kompaniyaga qaytib kelishi mumkin, bu esa ortiqcha xarajat va vaqt
demakdir. Shu sabab, marketologlar xat jo‘natilishi lozim bo‘lgan mijozlarni
ehtiyotkorlik bilan tanlamoqdalar, ya‘ni dastlab ulardan ruxsat olinmoqda.
Katalog marketingi
-
Kataloglar kamida sakkiz varoqdan iborat, turli xil
mahsulotlarni sotish va buyurtma berish imkonini beruvchi bosma nashr edi.
Ammo hozirgi kelib bu qarash eskirdi.
273
Internet oqimi kuchaygani sayin kataloglar raqamli shaklga kirib bormoqda.
Faqat onlaynda mavjud kataloglar paydo bo‘ldi, aksariyat bosma kataloglar o‘z
marketing mikslariga web-kataloglar va smartfon kataloglar ham qo‘shishmoqda.
Raqamli kataloglar nashr etish va poshta xarajatlaridan xolidir. Bosma
kataloglarda joy etishmovchigi uchrab tursa, onlayn kataloglar bunday
kamchilikdan aziyat chekmaydilar, ularda reklama qilinishi mumkin bo‘lgan
mahsulotlar chegarasiz bo‘lishi mumkin. Ularda ishlatilishi mumkin bo‘lgan
taqdimot shakllari ham kengroqdir, ya‘ni mahsulot haqidagi reklama video va
qidiruv imkoniyatlari bilan ham boyitilishi mumkin. Va nihoyat, onlayn
kataloglarda mahsulotlar va narxlar darxol o‘zgartirilishi yoki yangilanishi
mumkin.
Qaramli-onlayn kataloglarning ustunliklariga qaramay, bosma kataloglarga
bo‘lgantalab hali-hanuz o‘sib bormoqda. Nega kompaniyalar yangi onlayn
kataloglar foydasiga qog‘ozga bosiladigan eski kataloglaridan voz kechmayaptilar?
Bunga birgina sabab bor: qog‘oz katalog orqali mijozlar bilan ruhiy aloqa
o‘rnatiladi, onlayn kataloglarda esa bunday imkon mavjud emas.
Bundan tashqari, bosma kataloglar onlayn savdoni kuchaytirishning eng
samarali yo‘llaridan biridir. Yaqinda olib borilgan izlanish natijalariga ko‘ra,
onlayn xaridlarning 70%i bosma kataloglar orqali amalga oshirilgan.
Telemarketing telefon ishlatgan holda mahsulotni iste‘molchilar va biznes
mijozlarga tog‘ridan-to‘g‘ri sotish demakdir. O‘tgan yili bevosita marketing orqali
amalga oshirilgan jami savdo hajmining 14.9% telemarketing hisobiga to‘g‘ri
kelgan. Biz hammamiz iste‘molchilar tomon yo‘naltirilgan telefon marketing bilan
tanishmiz, ammo Biznesdan-biznesga (B2B) marketingida ham telemarketing keng
miqyosda ishlatiladi, aniqroq aytadigan bo‘lsak, jami telemarketingning 56% da
biznes mijozlar bilan ishlanadi. Kompaniyalar iste‘molchi va biznes mijozlar bilan
savdo qilish uchun
chiquvchi
va TV, katalog va bosma reklamalar natijasida
qilinuvchi buyurtmalarni qabul qilish uchun
tekin kiruvchi
telemarketing
turlaridan foydalanishadi.
274
Yaxshi ishlab chiqilgan telemarketingning ko‘plab ustunliklari bor, jumladan,
u savdoda qulaylikni, mijozlarning axborot bilan ta‘minlanganlik darajasini
oshiradi. Ammo shu bilan birgalikda, ba‘zi kamchiliklar mijozlarning noroziliga
sabab bo‘lmoqda.
―Telefon qilma‖ qonunchiligi telemarketingning ba‘zi sohalariga salbiy ta‘sir
qilgan bo‘lsa-da,
chiquvchi
B-to-B telemarketingi va
tekin kiruvchi
iste‘molchi
telemarketingi hali ham kuchli bo‘lib qolmoqda. Telemarketing siyosiy va xayriya
tashkilotlari uchun moliya yig‘ishning asosiy vositasi sifatida rivojlanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |