Xorij bozorlaridan chiqib ketish strategiyalari
• Chekinish strategiyasi – biznesni tez tugatish, yoki operatsiyalarni asta-sekin
to’xtatib, bozordan chiqib ketish.
• Divestitsiya strategiyasi – davlatdan kapitalni olib chiqib ketish, korxonani
yopish, chet elda o’z ulushini sotish.
Chet eldagi milliy firmalar tashqi bozorga chiqishda turli strategiyalardan
foydalanishi mumkin. Amerikalik kompaniyalar tashqi bozorni kengaytirish
maqsadida yangi tovarlarni kiritishga harakat qiladilar. Evropa strategiyalari
himoyaviy bo’lib, avval egallab olingan yoki bu bozorlar bilan uzviy bog’liq
bozorlarga kirib borishni afzal ko’radilar. Yaponiya kompaniyalari kam xarajatli
assortimenti cheklangan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi katta bo’lgan
strategiyalarni afzal ko’radilar. Bu esa ularga sotuv hajmini o’stirishda asosiy raqobat
vositasi sifatida narxdan foydalanish imkonini beradi.
Xalqaro marketing sohasida faoliyatning kengayishi, jumladan, xalqaro bozorga
chiqishdagi strategiyalar natijasida raqobatchilik global miqyosda o’sib bormoqda.
Shu munosabat bilan aviatsiya sanoati, kemasozlik, elektron vositalar va elektr
qurilmalari ishlab chiqarish sohasidagi yirik firmalar global marketingni
qo’llamoqdalar.
124
Xalqaro marketing strategiyasi asosini quyidagi yondashuvlar tashkil etadi:
bozor segmentasiyasi; maqsadli bozorlarni tanlash; firmaning bozorga chiqish
yo’llarini izlab topish; marketing vositalari va usullarini tanlash va qo’llash; bozorga
chiqish vaqtini aniqlash.
Bozor segmentasiyasi asosida xalqaro bozorning har bir elementi turli xil bo’lib,
turli tovar guruhlari, xulq-atvori va talablari har xil bo’lgan xaridorlar, mintaqa va
mamlakatlardan iborat.
Maqsadli bozorlarni tanlashda firma xalqaro bozordagi o’rnini mustahkamlash
uchun quyidagilardan foydalanishi mumkin:
1
1. «Eski bozor – eski tovar» (bozorga chuqur kirib borish strategiyasi). Firma
bozor ulushini o’stirishga ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini qisqartirish,
reklamani faollashtirish, maqsadlarni o’zgartirish, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan
mahsulotdan foydalanish sohasini kengaytirish hisobiga erishish mumkin.
2. «Yangi bozor – eski tovar» (bozor chegaralarini kengaytirish strategiyasi).
Strategiya yangi xalqaro sotuv bozorlarini egallash hisobiga tadbirkorlik faoliyatini
aktivlashtirishni nazarda tutadi. Yangi geografik bozorlardan tashqari, yangi bozor
segmentlarini doimiy izlanadi, ya’ni mazkur tovar iste’molchilari guruhlarini
kengaytirish va chuqurlashtirish amalga oshiriladi.
3. «Eski bozor – yangi tovar» (yangi tovarni ishlab chiqish strategiyasi) –
mazkur bozor uchun sifat jihatidan yangi tovarlarni ishlab chiqish, o’zlashtirish,
ishlab chiqarish va kengaytirishdir.
Tovarlarni modifikatsiyalash va bozorga yangi tovarlarni kiritish narxni
pasaytirish, sifati yaxshiroq tovarlarni ham o’sha narxda sotish, xaridorga qo’shimcha
kafolat, iste’mol krediti berish, qo’shimcha bepul xizmatlar ko’rsatish, sotuvni
rag’batlantirish kabi bevosita va yashirin raqobatchilik ko’rashi usullaridan
foydalanish yordamida amalga oshiriladi.
4. «Yangi tovar – yangi bozor» (faol ekspansiya strategiyasi). U firma
rahbariyati va xodimlaridan faol harakatlanishni hamda katta miqdorda mablag’lar
1
Аникеева-Науменко Л.О., Пересветова Е.Б. Международный маркетинг: Учебное пособие для
бакалавров – М.: МГУПС (МИИТ), 2015. – 102 с.
125
kiritishni talab qiladi hamda eng tarqalgan marketing strategiyasi hisoblanadi. Yangi
mintaqalarda yangi tovarlar, ularning turlari va modellari, yangi tovar assortimentiga
talab mavjud bo’lgan yangi bozorlarni izlash, shuningdek, eski bozordagi yangi
tovarlarga talab paydo bo’lgan yangi segmentlarni izlashga imkon yaratadi.
Bunday strategiyani yangi mahsulotni ishlab chiqarish va raqobatchi firma
egallab olmagan bozorda sotish uchun etarli bo’lgan ishlab chiqarish kuchlari va
resurslarga boy firmalar amalga oshiradi. Agar firma xalqaro bozorning bir
segmentida etakchilikni qo’lga kiritish niyatida bo’lsa, bunday strategiya bir
segmentli markazlashuv deb ataladi. Firma xalqaro bozorning bir nechta
segmentlarida muvaffaqiyatga erishishni istasa, bunday strategiya ko’p segmentli
markazlashuv nomini oladi.
Firma segmentlar o’rtasidagi farqlarga e’tibor bermasligi va barcha bozor
segmentlariga bitta tovarning o’zi bilan kirib borishi, ya’ni barcha iste’molchilar
uchun bitta tovarni ommaviy ishlab chiqarish va sotish bilan shug’ullanishi mumkin.
Bu strategiyaning afzalligi ommaviy ishlab chiqarish va yagona marketing
konsepsiyasi hisobiga xarajatlarning eng kamligi va iste’mol bozorining eng
kattaligidan iborat.
Xalqaro bozor sharoitlarda firma bozordagi o’rnini mustahkamlash maqsadida
o’zining asosiy faoliyat turiga xos bo’lmagan tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishi
mumkin. Bunday strategiya diversifikasiya strategiyasi deb ataladi.
Bozorga chiqish usulini tanlash ko’p jihatdan firmaning ishlab chiqarish-
moliyaviy ahvoliga bog’liq. Aniq bozor segmenti tanlab olingach, firma oldida ushbu
segmentni egallab olish uchun marketing vositalarini tanlash vazifasi yuzaga keladi.
Bu vositalar qatoriga tovar, uni sotish joyi, tovarning bozorga chiqish kanallari,
sotuvni rag’batlantirish, narx va hokazolarni kiritish mumkin. Yuqorida sanab
o’tilgan marketing vositalaridan har biri muayyan bozor sharoitlarida turli xil
ahamiyatga ega bo’ladi.
Firmaning bozorda muvaffaqiyatga erishishini xalqaro bozorga chiqish vaqtini
to’g’ri tanlash bilan ham izohlash mumkin bo’lib, buni birinchi navbatda
126
raqobatbardoshlik darajasi aniqlab beradi. Bozorda ko’pincha raqobatchisidan
ilgariroq harakat qilgan yutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |