Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


 Секерин В.Д. Инновационный маркетинг: Учебник. – М.:ИНФРА – М, 2012. – 238 с



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

 
                                                
1
 Секерин В.Д. Инновационный маркетинг: Учебник. – М.:ИНФРА – М, 2012. – 238 с. 


 
278 
12.6. Direkt-marketing 
 
Jahon  bozorida  direkt-marketing  ommaviy  axborot  vositalaridagi  reklamaga 
qaraganda  uch  baravar  samaraliroq  rivojlanayotgan  bo’lib,  u  bilan  solishtirganda 
reklama agentliklari uchun ikki baravar foydali hisoblanadi. Buning sabablaridan biri 
shundaki, har bir jabhada kompyuterlashtirish jarayonining amalga oshirilishi sababli 
ilgari  echishning  imkoni  bo’lmagan  vazifa  —  reklama  kompaniyasida  har  bir 
iste’molchiga  individual  yondashuv  bilan  ommaviy  qamrab  olishni  birlashtirishga 
imkon topildi. Bundan tashqari, ro’y bergan "demassifikasiya" ishlab chiqarish, sotuv 
va kommunikatsiyalarga yangicha mafko’ra bag’ishlab, marketing sohasida universal 
yondashuvga barham berdi. 
"Direkt-marketing"ning  mohiyati  reklama  agentliklari  vositachiligida  tovar 
ishlab  chiqaruvchi  va  iste’molchilar  o’rtasida  uzoq  muddatli  o’zaro  manfaatli  va 
rivojlanib boruvchi hamkorlikni o’rnatishdan iborat. 
Reklama  ta’siri  doirasida  bo’lishi  lozim  bo’lgan  maqsadli  guruhlarni  aniqlash 
uchun  odatda  segmentlash  usuli  –  o’xshash  ijtimoiy-demografik  xarakterga  ega, 
ehtiyojlari  bir  xil  bo’lgan  iste’molchilarni  ajratib  olishdan  foydalaniladi.  Direkt-
marketingda  esa  aksincha  —  avval  ehtiyojlar  aniqlanib,  keyin  mos  keluvchi 
iste’molchilar guruhi shakllantiriladi va ular individuallashtirilib, reklama jarayonida 
teskari aloqaga kiritiladi. 
"Direkt-marketing"  bu  —  marketing  usuli  bo’lib,  barcha  reklama  vositalari  va 
reklamani tarqatish kanallaridan foydalanadi. 
Direkt-marketing sohasida reklama agentliklari faoliyatining asosiy yo’nalishlari 
quyidagilar hisoblanadi
1

  istiqboldagi  xaridorlarni  ular  bilan  bevosita  ikki  tomonlama  aloqa  o’rnatish 
uchun shaxsan ajratish; 
  ushbu xaridorlar bilan muntazam aloqani qo’llab-quvvatlash; 
  tovar  va  xizmatlarning  yangilangan  takliflari  hamda  yanada  samaraliroq 
reklama murojaatlarini sinab ko’rish yo’li bilan olinuvchi foyda miqdorini oshirish. 
                                                
1
 Чернышева А.М. B2B маркетинг: учебно-метод.пособие для студентов.  – М.: Российский  ун-т дружбы 
народов, 2016.-72 с. 


 
279 
"Direkt-marketing"  shunday  sohaki,  bugungi  kunda  sanoat,  servis  va  reklama 
firmalarining ko’pchiligi investisiyalarni aynan shu sohaga yo’naltirmoqda. Chunki u 
potensial xaridorlarni izlab topish, ularni reklama beruvchi firmaga murojaat qilishga 
undash,  ular  bilan  do’stona  munosabatda  bo’lish  va  katta  miqdorda  foyda  olishga 
imkon beradi. 
Tashqi  iqtisodiy  reklama  rivojlanishining  bugungi  bosqichida  mahalliy 
eksportchilar  uchun  «direkt-marketing»  tushunchasining,  katta  miqdorda  valyuta 
mablag’larini  talab  qilmaydigan,  biroq  samaradorligi  yuqori  bo’lgan  to’g’ridan-
to’g’ri  pochta  orqali  jo’natishning  ahamiyati  ortib  bormoqda.  Iste’molchilar  bilan 
yo’lga  qo’yilgan  shaxsi  aniqlangan  va  nazorat  qilinuvchi  aloqalar  tufayli  «direkt-
marketing»  ularga  kiritilgan  mablag’lar  samaradorligini  aniq  belgilashga  imkon 
beradi.  Aynan  shu  narsa  «direkt-marketing»ni  boshqa  reklama  turlaridan  ustun 
qo’yuvchi xislat hisoblanadi. 
Reklama  komapaniyalarini  o’tkazishda  ayrim  tadbirlarni  muayyanlashtirish 
avvalo,  marketing strategiyasiga bog’liq bo’lib, u,  masalan, to’liq bozorni, uning bir 
qismini  egallab  olish,  raqobatchilar  kirib  bormagan  o’rinlarni  egallash  yoki  ilgari 
egallab  olingan  o’rinni  mustahkamlash  bilan  ifodalanadi.  SHuningdek,  marketing 
infratuzilmasi,  texnika  va  inson  resurslari,  axborot  bilan  ta’minlash  va 
kommunikatsiya  darajasi,  reklama-axborot  va  marketing  faoliyatining  ekologik 
xarakteri ham hisobga olinadi. 
Reklama kompaniyalari samaradorligi yuqori bo’lishiga tovar ishlab chiqaruvchi 
faqat quyidagi hollardagina umid qilishi  mumkin: birinchidan, ular bozor dinamikasi 
tabiatini  hisobga  olgan  holda  oldindan  tadqiqot  o’tkazilsa;  ikkinchidan,  oldindan 
tanlab olingan iste’molchilar doirasiga etarli darajada ta’sir ko’rsatuvchi  va ularning 
yodida  qoluvchi  reklama  mahsuloti  yaratilsa;  uchinchidan,  kompaniyalar  yo’nalishi 
belgilangan  maqsadlarga  erishish  uchun  maqsadga  muvofiq  va  reklamani  tarqatish 
vositalarida  reklama  doirasining  o’ziga  xosliklarini  hisobga  oluvchi  darajadagi 
nashrlar  bilan  ta’minlansa;  to’rtinchidan,  turli  joydagi  va  sotuv  faoliyatining  turli 
darajasidagi  tadbirlar  muvofiqlashtirilsa.  Ushbu  shartlar  reklama  qilinayotgan  tovar 


 
280 
ommaviy  talab  mavjud  bo’lgan  yoki  sanoat  yo’nalishidagi  tovar  bo’lishidan  qat’i 
nazar vujudga keladi. 
Har  bir  reklama  kompaniyasi  o’tkazilish  muddatidan  qat’i  nazar  uchta  asosiy 
bosqichdan  –  tayyorlash,  kulminasiya  va  yakuniy  bosqichlardan  iborat  bo’ladi. 
Asosiy  bosqich  tayyorgarlik  bosqichi  hisoblanadi,  chunki  qolgan  ikki  bosqich  va 
reklama  kompaniyasining  muvaffaqiyatga  erishishi  aynan  unga  bog’liq  bo’ladi. 
Tayyorgarlik  bosqichi  reklama  kompaniyasini  rejalashtirishni  ham  qamrab  oladi. 
Rejalashtirish bozorda mazkur tovar atrofida yuzaga keluvchi vaziyatni hisobga olib, 
reklama  xarajatlarini  belgilab  beradi.  Bu  xarajatlar  bir  tomondan,  foydalaniluvchi 
reklamani  tarqatish  vositalari  va  shakllariga  bog’liq  bo’lsa,  ikkinchi  tomondan  — 
reklamani joylashtirish hajmiga bog’liq bo’ladi va undan kelib chiqqan holda reklama 
uchun joy yoki vaqt xarid qilinadi. 
Reklama  kamapaniyasini  rejalashtirishda  bozor  faoliyatida  muvaffaqiyatga 
erishish  omadli  reklamadan  tashqari  tovarni  tavsiflovchi  bir  qator  omillarga:  uning 
iste’mol  xususiyatlari,  narxi  va  bozorda  mavjud  bo’lgan  unga  o’xshash  tovarlarga 
bog’liq  bo’ladi.  Reklamnaya  kompaniyasi  bu  —  buyurtmachi  sifatida  reklama 
beruvchi hamda reklama kompaniyasini yaratish, tashkil qilish va muvofiqlashtirishni 
amalga oshiruvchi sifatida reklama agentligi va reklama murojaatlarini iste’molchiga 
etkazib  berish  kanali  sifatida  reklamani  tarqatish  vositalarining  birgalikdagi 
muvofiqlashtirilgan  hatti-harakatlari  natijasidir.  Reklama  kompaniyasi  samaradorligi 
–  turli  xil  tashkilotlar  vakili  bo’lgan  mutaxassislar  jamoasi  tomonidan  amalga 
oshiriluvchi  murakkab,  ko’p  qirrali  va  uzoq  muddatli  jarayon  bo’lib,  to’g’ridan-
to’g’ri  vujudga  kelayotgan  marketing  vaziyati  talablariga  mos  keluvchi  boshqaruv 
usul va shakllarini tanlash va ulardan foydalanishga bog’liq bo’ladi. 
 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish