12.3. Xalqaro reklamani tarqatish vositalari
Xalqaro reklamani tarqatish vositalari turli-tumandir. Reklama jarayonining o’zi
bu axborotlarni etkazib berishdir. Uning mazmuni ham, foydalaniluvchi vositalar
ham muhim ahamiyatga ega. Turli xil reklamani tarqatish vositalarini tahlil qilish
ulardan eng tarqalgani va eng qimmati – televideniyadan boshlanadi.
Televideniyada reklama — bu byudjet imkon bergan taqdirda doimo
muvaffaqiyat elchisi hisoblanadi. Albatta, televidenie orqali reklama qilinishi talab
qilinmaydigan tovarlar ham mavjud. Biroq aksari tovarlar uchun televidenie
reklamasi juda katta samara beradi, chunki u iste’molchilarga tovarning afzalliklarini
ko’rish va undan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishishga imkon beradi.
Reklamaning barcha uchun ochiqligi va takroriyligi uning muvaffaqiyati garovidir.
Televidenie ommavyi axborot vositasi sifatida tovar reklamasida katta foyda
keltirishi shubhasiz, albatta. Biroq teskari samara ham yuzaga kelishi mumkin.
Reklamnaya kompaniya tovarning sifati past bo’lgan hollarda u uchun haloqatli
bo’lishi mumkin. reklamaning ishonchliligi eng zarur shartlardan biridir. Yuqori
sifatli tijorat reklamasi reklama vositalarining eng qimmat turidir: amerika
televidenisida 30 sekund reklama o’rtacha dollar turadi. Televidenie reklamasi
ko’proq AQSH, Buyuk Britaniya va Yaponiyada keng tarqalgan. Rivojlangan
mamlakatlarning aksari qismida televidenie reklamasi xarajatlari jami reklama
xarajatlarining 10 foizini tashkil etib, barcha reklama vositalari ichida uchinchi
o’rinda turadi. Televidenie orqali namoyish etiluvchi reklamaning turlari juda
ko’pdir. Eng tarqalgan reklama turlariga qatorgia quyidaglarni kiritish mumkin:
reklama xabarlari, tijorat reklama ko’rsatuvlari, moliyalashtiriluvchi ko’rsatuvlar,
reportajlar, diapozitiv yoki diafilmlar
Radio reklamasi — istalgan xalqaro reklamaning emosionallik hisobiga qo’llab-
quvvatlash vositasidir. Radio samarali tarzda, bevosita va hech qanday zo’ravonliksiz
tinglovchi ongida tovar to’g’risida tasavvurni vujudga keltiradi. Radioning boshqa
ustunliklari tovarning ijobiy ko’rsatkichlarini etkazib berishda esda qoluvchi
musiqadan foydalanish va qulay vaqtni tanlash imkoniyatidan iborat. U bevosita
272
aloqa qilishning samarali vositasidir. Vaqtni to’g’ri tanlash shunday vaziyatlarni
yuzaga keltirishi mumkin: iste’molchi nonushta qilayotgan paytda iste’mol
qilayotgan mahsulot reklamasini tinglab o’tiradi. Televidenie reklamasiga nisbatan
radio reklamasining nisbatan arzonligi reklamaning barcha uchun ochiqligi va
takroriyligini ta’minlashga imkon beradi. Radioreklama iste’molchiga boshqa hech
qanday reklama vositalari etib bora olmaydigan vaziyatlarda (masalan, avtomobilda
ketayotganda) ham etib borishi mumkin. U reklama kamapnyaisidagi o’zgarishlarga
tezda javob qaytarishi mumkin, chunki uni tayyorlash uchun ko’p vaqt talab
qilinmaydi. Ishlab chiqarish xarajatlari ham u darajada yuqori bo’lmaydi.
Radio reklamasi barcha mamlakatlarda qo’llanmaydi. Radio eshittirishlari davlat
qo’lida bo’lgan bir qator mamlakatlarda tijorat reklamasi umuman taqiqlangan bo’lib,
bu mamlakatlar qatoriga Shvesiya, Norvegiya, Finlyandiya, Fransiya, Belgiya,
Daniya va Shveysariyani kiritish mumkin. Buyuk Britaniya va Germaniyada radioda
tijorat reklamasining juda ham kam qo’llanadi, chunki u bu mamlakatlarda hukumat
tomonidan cheklab qo’yiladi. Radio reklamasidan radiokompaniyalar davlat
tasarrufida bo’lgan Hindiston va Indoneziyada ham foydalanilmaydi. Radio reklamasi
asosan AQSH, Yaponiya, Italiya va Rossiya kabi mamlakatlarda keng tarqalgan.
Radio reklamasi shuningdek, Lotin Amerikasi davlatlari va Gresiyada keng tarqalgan.
Radio reklamasining roli ayniqsa aholinining savodlilik darajasi past bo’lgan
mamlakatlarda katta, biroq u asosan xorijiy mamlakatlar tomonidan qo’llanadi.
Tijorat radio reklamasi qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
• reklama e’lonlari — axboro xarakteriga ega bo’lgan qisqa reklama matnlari
shaklida odatda musiqa jo’rligida beriladi;
• mustaqil reklama dasturlari — musiqa jo’rligida, asosan ko’ngilochar yoki
ob’yektiv axborot shaklida beriladi. Ba’zida u suhbat, reportaj, intervyu yoki reklama
mazmunidagi qo’shiq ko’rinishida yaratiadi. Bunday dastur yangi tovar turlari,
ularning afzalliklari va ularni sotib olish natijasida qo’lga kiritiluvchi foyda haqida
xabar beradi;
• moliyalashtiriluvchi dasturlar — xuddi televideniedagi kabi firmalar
tomonidan sotib olinadi va eshittirish o’rtasida qisqa reklama xabarlarni berish uchun
273
uzib qo’yiladi. Odatda bunday dasturlarni pardoz buyumlari, atotorlik mollari, yuvish
vositalari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi firmlar sotib oladi. Ko’pincha
moliyalashtiriluvchi dastur sifatida orksetr va xor konsertlari tanlab olinadi. Radio
eshittirishning boshi va oxirida «tinglovchilarga konsert dasturini taqdim etgan»
firmaning nomi eslatib o’tiladi.
Kinoreklama kinoning ulkan imkoniyatlari va uning ommaviyligi sababli keng
tarqalgan. ushbu reklama vositasi g’arbiy Evropa mamlakatlarida keng tarqalgan
bo’lsa, AQSH va Yaponiyada deyarli qo’llanmaydi. Reklama kinofilmlarining
ob’yektlari firma sotuchi tovarlar, maishiy va transport xizmatlari, sayyohlik
yo’nalishlari, sanoat va savdo firmalari, univermaglar, restoranlar, banklar va
sug’o’rta kompaniyalari bo’lishi mumkin.
Tashqi reklama chet el mamlakatlarida boshqa reklama vositalari orasida katta
rol o’ynaydi. Tashqi reklamaga ko’chalardagi, transportdagi reklama va yorug’lik
reklamasini misol qilib ko’rsatish mumkin. Ko’chalardagi va transportdagi
reklamaning imkoniyatlari cheklangan, chunki u qisqa vaqt davomida ko’chadan
o’tib boruvchi yoki transportda ketayotgan yo’lovchiga tovar va firma to’g’risida
eslatib turishi lozim, xolos. Bunday reklamaning asosiy qiyinchiligi shundaki,
odamlar bir necha soniya ichida reklamaning asoiy g’oyasini tushunib olishlari zarur
bo’ladi. Tashqi reklama AQSH, Yaponiya, Italiya, Belgiya va Fransiyada keng
tarqalgan. AQSHda tashqi reklamaning 30%i «Forster end Klayzer» reklama
agentligi tomonidan nazorat qilinadi.
Sotuv joylaridagi reklama. Bu reklama do’konlar, namoyish zallari va salonlar
ichkarisi yoki tashqarisida amalga oshiriladi. Sotuv joylaridagi reklamaning asosiy
turlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: vitrinalar, do’kon tashqarisi va
ichkarsidagi plakat va afishalar, namoyish zallari, salon va do’konlar ichkarisida
diapozitivlarni namoyish etish uchun proektorlar, do’konlarda radio orqali reklama.
O’tkazuvni rag’batlantirish bo’yicha reklama. Bu reklama doimiy
kontragentlarga hamda chakana iste’molchilarga bepul sovg’alar, tovar namunalari va
mukofotlar taqdim etishni nazarda tutadi. Reklama sovg’alari sotuvni rag’batlantirish
maqsadida sovg’a oluvchilarga do’kon yoki firma to’g’risida eslatib turish uchun
274
beriladi. Reklama sovg’alari sifatida odatda unchalik qimmat bo’lmagan predmetlar –
yondaftarlar, kalendarlar, avtoruchkalar, portsigarlar, kuldonlar, ko’krak nishonlari va
shu kabilardan foydalaniladi. Bu predmetlarga firmaning nomi, ba’zida esa manzili
va faolit turi ham yozib qo’yiladi. Sovg’ini taqdim etishning o’zi hech narsaga
majburlamasada, firma va uning vakillariga iliq munosabatning shakllanishi va
sotuvni rag’batlantirishga xizmat qiladi.
Mukofotlar chakana xaridorlarga ma’lum miqdorda mahsulot sotib olish,
shuningdek, mavsumiy bo’lmagan tovarlarni (masalan, yoz paytida isitish qurilmalari
va qishki kiyimlarni) sotib olish uchun taqdim etiladi. Mukofot shaklida odatda
qimmat bo’lmagan uy jihozlari, pardoz buyumlari, oziq-ovqat, o’yinchoq va shu
kabilar beriladi. Bunda ma’lum bir tovarni sotib olish uchun qaysi predmet mukofot
tariqasida berilishi oldindan e’lon qilinadi.
Xalqaro bozorda tovar namunalari potensial mijozlarga reklama qilinayotgan
tovar bilan yaqindan tanishib chiqish va uni sotib olishga undash maqsadida beriladi.
Namunalarni pochta orqali jo’natishdan odatda radoz buyumlari, attorlik mollari,
oziq-ovqat va tamaki mahsulotlarini soitshda foydalaniladi. Tovar namunalarini
tarqatish usuli — sampling (sampling) katta muvaffaqiyat qozongan: potensial
xaridorga mahsulot namunasini ishlatib ko’rish uchun foydalanishga beriladi.
Ko’pincha bu usulga televizor, muzlatgich, souvtgich, changyutgich kabi uzoq
muddat foydalaniluvchi mahsulotlarni sotishda murojaat qilinadi.
Tovarni bezashda reklama. Bu tovar o’rovidir(qadoqlashsi). Tovarning yaxshi
va chiroyli o’ralishi potensial xaridorni jalb qilish va unda reklama qilinayotgan
tovarni sotib olish istagini uyg’otuvchi faol vositalardan biridir. O’ziga-o’zi xizmat
ko’rsatish do’konlari va posilka savdosida tovar o’rovi xaridorning bir qator
funksiyalari bajaradi va tovar to’g’risida asosiy ma’lumotlarga: uning narxi, vazni,
iste’mol qilish muddati va foydalanish usuli to’g’risida ma’lumot beradi.
Tovar namoyishidagi reklama. Ko’rgazma va yarmarkalar, namuna kabinetlari
va konsignasiya omborlarida tovarni namoyish etish juda ham ishonchli reklama
vositasidir. U tovarning afzalliklari va ustunliklariga ishontirish yo’li bilan xaridorga
ta’sir ko’rsatadi. Bu ayniqsa mashinalar namoyishiga taalluqli bo’lib, bunda xaridor
275
yuqori mahsuldorlik va mahsulotning sifatiga ishonch hosil qiladi. Namoyish
davomida sotish shartlari, mahsulot narxi, etkazib berish muddati va hokazolar
to’g’risidagi ma’lumotlarga ham ega bo’lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |