Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


 Jahon reklama bozori holatining o’ziga xosliklari va tendensiyalari



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

12.7. Jahon reklama bozori holatining o’ziga xosliklari va tendensiyalari 
 
Jahon  reklama  bozori  shunday  muhitki,  unda  real  raqobat  sharoitlarida 
mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni eksport qilishga ko’maklashuvchi 
reklama  tadbirlari  amalga  oshiriladi.  Qoidaga  ko’ra,  ushbu  muhitning  o’ziga 
xosliklari  bu  ishga  yordam  bergandan  ko’ra  ko’proq  unga  to’sqinlik  qiladi.  Shu 


 
281 
sababli  jahon  reklama  bozorining  o’ziga  xos  xususiyatlari,  holati  va  rivojlanish 
tendensiyalarini  yaxshi  bilish  avvalo  tashqi  iqtisodiy  sohada  yuqori  malakali  va 
marketing muhitiga mos keluvchi reklama kompaniyalarini tayyorlash va o’tkazishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Reklamadagi  o’zgarishlar  uning  dinamikasi  yuqoriligi  bilan  izohlanadi.  U 
bozorda ro’y berayotgan voqea va hodisalarga bir zumda javob qaytaradi va qaysidir 
ma’noda  bozor  indiqatori  vazifasini  bajaradi.  Buning  sababi  shundaki,  bozor 
munosabatlari  mexanizmining  bir  qismi  bo’lar  ekan,  o’z  ishidagi  har  qanday 
muammo  yuz  berganda  reklama  o’zgarib  qolgan  sharoitlarga  moslashishi,  o’z 
shaklini  almashtirishi  va  o’zgartirishlar  kiritishiga  to’g’ri  keladi.  Mahsulot  va 
xizmatlarni sotishdagi qiyinchiliklarga raqobatning kuchayishigina sabab bo’lmaydi. 
Yangicha,  an’anaviy  bo’lmagan  muammolar,  masalan,  energetika,  yoqilg’i  va 
xomashyo  inqirozi,  atrof-muhitni  himoyalash  kabi  muammolar  yuzaga  keladi. 
Jamiyatning  sosial-demografik  holati  o’zgarib,  jamiyat  a’zolari  o’rtasida  qadriyatlar 
qayta  baholanadi,  ularning  ma’lumotlilik  darajasi  o’sadi,  iste’molchilar  huquqlarini 
himoya  qilishni  maqsad  qilib  qo’ygan  jamoatchilik  harakatalri  kuchayadi.  Tovar 
ishlab  chiqaruvchilar  yaratayotgan  tovarlarning  texnik  ko’rsatkichlarini  qayta  ko’rib 
chiqish,  yanada  tejamkor  va  ekologik  jihatdan  toza  konstruksiya  va  texnologiyalarni 
yaratishga  majbur  bo’ladilar.  Ulkan  moliyaviy,  ishlab  chiqarish  va  ilmiy-texnik 
resurslar  hamda  jahon  savdosining  yarmini  o’z  qo’lida  mujassamlagan  transmilliy 
korporatsiyalar  bilan  raqobtlashish  uchun  «ikkinchi  eshelon»dagi  firmalarning 
jumladan, reklamani jadallashtirishlariga to’g’ri keladi. 
Bu  sharoitlarda  iste’molchi  uchun  ko’rash  yanada  qizg’inlashadi.  Endilikda 
mahsulotning  yangiligi  va  mukammalligi  uning  narxidan  ham  ustun  ahamiyat  kasb 
etadi.  SHu  sababli  hozirgi  paytda  bozorda  tubdan  yangi  mahsulot  bilan 
mukammalroq  xizmatlar,  sotuv  shakl  va  usullarini  taklif  qilayotgan  firmalar  yutib 
chiqadi.  Reklama  xarajatlari  xorijiy  sanoat  firmalari  byudjetining  katta  qismini 
tashkil qiladi. AQSHda ommaviy axborot vositalari orqali reklama qilishning o’ziga 
mahsulot  ishlab  chiqarish  va  sotishga  sarflanuvchi  jami  xarajatlarning  5  foizi 
sarflanadi.  Ommaviy  iste’mol  tovarlari  ishlab  chiqaruvchi  firmalarda  esa  bu 


 
282 
ko’rsatkich  yanada yuqori; dori-darmon ishlab chiqaruvchilarda  — 20%, atir-upa  va 
kosmetika  —  13,8,  oshxona  anjomlari  —  12,8,  spirtli  ichimliklar  —  11,9,  attorlik 
buyumlari — 9,4, yuvuvchi vositalar — 8%. 
Sanoati  rivojlangan  mamlakatlarda  reklamaga  ajratiluvchi  mablag’lar 
miqdorining  kattaligi  ko’p  jihatdan  eng  samarali  ommaviy  axborot  vositalarida 
reklama  uchun  mo’ljallangan  joy  yoki  vaqtning  qimmatligi  bilan  izohlanadi.  Jahon 
bozori  uchun  xos  bo’lgan  jarayonardan  yana  biri  bu  reklama  faoliyatining  doimiy 
markazlashuvi, yirik reklama agentliklari va reklamani tarqatish vositalari tomonidan 
ulardan  kichiklarni  «yutib»  yuborishi  hisoblanadi.  Reklama  beruvchilar  va  reklama 
agentliklari  o’rtasida  reklama  faoliyatining  eng  foydali  qismini  o’z  qo’lida 
mujassamlagan  va  tobora  keng  miqyosda  reklamani  tarqatish  vositalarini  o’ziga 
bo’ysindiruvchi  korporatsiyalarning  egallagan  o’rni  yil  sayin  mustahkamlanib 
bormoqda.  
Reklama  xizmatlari  bozoridagi  o’zgarishlarga  eng  katta  ta’sirni  reklama 
beruvchilar  ko’rsatadi.  Ular  nafaqat  tovar  ishlab  chiqaruvchi  sanoat  firmalari,  balki 
izlanish,  loyihalashtirish,  transport  orqali  tashish,  moliyalashtirish,  maslahat  berish 
kabi xizmatlar ko’rsatuvchi servis firmalari ham bo’lishi mumkin. Ommaviy iste’mol 
tovarlari  ishlab  chiqaruvchi  monopoliyalar  reklama  bozoriga  eng  katta  ta’sir 
ko’rsatadi.  Reklama  byudjeti  juda  ham  katta  bo’lgan  bu  korporatsiyalar  amalda 
ommaviy  axborot  vositalarini  ta’minlab  turadi  va  shu  sababli  ular  yordamida  o’z 
siyosatini amalga oshirish imkoniga ega bo’ladi. 
Reklama  xizmatlari  bozorini  monopollashtirib  olarkan,  sanoat  firmalari  o’zlari 
ishlab  chiqarayotgan  tovarlarni  sotishga  monopoliya  oladilar.  O’z  shartlarini  qo’yar 
ekan,  reklama  beruvchi  reklama  agentliklari  va  reklamani  tarqatish  vositalarini  katta 
miqdorda chegirmalar berish, reklama materiallarini tayyorlash va e’lon qilishda o’zi 
uchun qulay va foydali bo’lgan shartlarni qabul qilishga majbur qiladi.  
Tovar  ishlab  chiqaruvchi  quyidagi  hollardagina  reklama  kompaniyasi 
samaradorligining yuqori bo’lishiga umid qilishi mumkin: 
birinchidan,  reklama  kompaniyasi  bozorning  dinamikasi  tabiatini  hisobga  olib 
oldindan tadqiqot o’tkazgan holda tayyorlansa va o’tkazilsa;  


 
283 
ikkinchidan,  oldindan  tanlab  olingan  iste’molchilar  doirasiga  etarli  darajada 
ta’sir ko’rsatuvchi va ularning yodida qoluvchi reklama mahsuloti yaratilsa;  
uchinchidan,  kompaniyalar  yo’nalishi  belgilangan  maqsadlarga  erishish  uchun 
maqsadga  muvofiq  va  reklamani  tarqatish  vositalarida  reklama  doirasining  o’ziga 
xosliklarini hisobga oluvchi darajadagi nashrlar bilan ta’minlansa;  
to’rtinchidan,  turli  joydagi  va  sotuv  faoliyatining  turli  darajasidagi  tadbirlar 
muvofiqlashtirilsa.  
Ushbu shartlar reklama qilinayotgan tovar ommaviy talab  mavjud bo’lgan  yoki 
sanoat yo’nalishidagi tovar bo’lishidan qat’i nazar vujudga keladi. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish