surunkali to ‘xtab qolishi natijasida yo ‘g ‘on
ichakning yuqori sohasi
kattalashib, bu tashqaridan, qorin konfiguratsiyasining kattalashi-
shiga olib keladi.
Bu holat boshqachasiga
«qurbaqa qorin»
deb
ataladi, ya’ni kindik qoringa qo‘shilib ketib, pastga qarab, osilib
turadi. Kattalashgan y o ‘g ‘on ichakning qorin bo ‘shlig‘ida
u yoki
bu tomonga surilishi qorin devorining asimmetrik ko'rinishiga olib
keladi. Paypaslaganda shishgan joyda ichak, b a ’zan axlat bilan
to ‘lgan b o ‘lsa qattiqroq (o ’simtaga o ’xshab), b a ’zan
xamirsimon,
y a’ni barmoq bilan bosganda qorin devorida iz qolish kuzatiladi.
Paypaslash jarayoni, b a ’zan peristaltikaning kuchayishiga olib kela
di. Surunkali axlat to ‘xtashi hisobiga, yaxshi parvarish qilinmagan
bemorlarda
ikkinchi kamqonlik, disbakterioz kasalligi va uning
o ‘sib rivojlanishdan orqada qolish alomatlari kuzatiladi. B a’zan
o ‘ta kechiktirilgan holatlarda esa, ko ‘krak
qafasining deformatsi-
yalanishiga va bu bem om ing surunkali bronxit va zotiljam kasal-
liklariga tez chalinishiga olib keladi. Ich qotish, kuchli intoksikatsiya
va ich tutilishi bemorda qusish alomatini paydo qiladi. Bu, asosan,
emizikli bolalarda ko ‘p kuzatiladi. Katta yoshdagi bolalar ichak tutil-
ganda yoki buralganda qayt qiladilar.
Bunda qusish, qorin og ‘rig ‘i
bilan bir vaqtda davom etib, ich tutilishi yoki yo ‘g ‘on ichakning
yorilishi tufayli paydo b o ‘lgan peritonit natijasida yuzaga kela
di. K o’pincha kasallikning surunkali davom
etishi disbakterioz va
ichak devorining yallig’lanishi, ichak shilliq pardasida yara pay
do b o ‘lishiga, chaqaloq va kichik yoshdagi bolalarda ich ketishga
(paradoksal) olib kelib, k o ’pincha bemor o ‘limiga sabab b o ’ladi.
So‘ngi yillarda, Girshprung kasalligi o ‘z klinik ko ’rinishini o ‘zgar-
tirib, bemorda yengilroq kechadigan bo‘ldi.
Ammo surunkali ich
qotish holati kasallikning hozir ham eng asosiy klinik belgisidir. Bu
kasallik klinik holatining har xil kechishini yengil, o ’rta og‘ir va og‘ir
yoki o ‘tkir, o’rtacha o ’tkir va surunkali kabi turlarga bo ‘lgan.
Girshprung kasalligida simptomlaming tez o ‘zgaruvchanligi va
turini emas, balki bu simptomlaming qay darajada og’ir-yengilligini
darajalar bilan belgilaydilar (A. I. Lyonyushkin, 1987). Kasallikning
klinik belgilari uch guruhga bo’linadi:
1.
Erta paydo bo‘ladigan belgilar:
ich qotish, qorinning dam bo ‘li-
shi va qorinning kattalashish alomatlari (25-rasm).
73
Do'stlaringiz bilan baham: