Pnevmotoraksda o ‘pka tasviri ko‘rinmaydi, o ‘pka emfizemasida,
aksincha ko’rinadi. Unda o ‘pkani punksiya qilishdan saqlash kerak.
Qilingan holda ham juda oz miqdorda 1-2
ml
havo chiqadi.
Tovush
va nafasning pasayishi, plevra bo‘shlig‘ining qorayishi va ko ‘ks
oralig‘ining qarama-qarshi tomonga surilishi ko ‘krak bo‘shlig‘ining
o ‘smasi hisobiga ham bo ‘lishi mumkin. K o‘p
hollarda xavfli turi
(limfagranulematozi, limfosarkoma) bo‘ladi, ko‘pincha piotoraks
bilan solishtiriladi. Eng asosiy farqi nafas yetishmovchiligi o ‘sma
kasalligida kechroq boshlanadi.
K o‘krak qafasida turli diafragma deformatsiyasi
ham kuzatilishi
mumkin. Qovurg’a o ‘rtasidagi oraliq kengaygan bo ‘lib, sinus b o ‘sh
bo ‘ladi. Boshqa xil o ‘smalarda plevrada suyuqlik yig‘ilishi mumkin.
Suyuqlik olingandan so ‘ ng о ‘ sma soyasini ко ‘ rish mumkin. О ‘ smaning
joyini aniqlash uchun rentgenografiya va pnevmomediastinografiya
usullari qo‘llanadi. 0 ‘pkaning destruksiyali jarayoni o ‘tkir
kech-
ganda 1-2 oy ichida tugaydi, yiringli jarayon 3
oygacha davom eta-
di. Agar o ‘pkadagi yoki plevradagi yiringli jarayon 3 oydan ko‘p
davom etib, rentgenomorfologik qaytmas o ‘zgarishlar bo‘lsa, kasal
lik surunkali turi hisoblanadi. Bir yoshgacha bo ‘lgan bolalarda o ‘tkir
turi ko‘p uchraydi. Kattaroq yoshdagi bolalarda o ‘tkir va surunkali
turlari kuzatiladi. Har bir turida sepsis bor yoki yo ‘qligini
solishtirib
ko‘rish kerak. Destruksiyaning og‘ir plevral asorati bilan ko‘p uchray
di. Bemor yoshi qancha katta bo ‘lsa, destruktiv zotiljamning o ‘pka
plevral chegaralanishi shakli shuncha ko‘p bo ‘ladi. 0 ‘tkir turidan
ko‘ra surunkali turi ko‘p aniqlanadi.
D a v o l a s h . Davolash usuli quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
makroorganizmga ta’sir, mikroorganizmga ta ’sir. Mahalliy o ‘choqqa:
diagnostik punksiya, torakosentez, plevra bo ‘shlig‘ini drenajlash (ak-
tiv, passiv),
shuningdek, kasallikning og‘irligi, zararlangan turi va
tarqalishiga moyilligi yoki yiringli jarayonning chegaralanganligiga
qarab ham belgilanadi. Yosh xususiyatiga
qarab bakteriyali destruk-
siyani davolashda barcha davolash usullarini qo‘llash mumkin, y a’ni
konservativ, bronxoskopiya bilan tozalash, plevra b o ‘shlig‘ini teshish,
radikal xirurgik ishlov berish. Mikrofloralaming sezuvchanligiga
qarab o ‘tkaziladigan antibiotikoterapiya eng asosiy komponentlardan
biridir. Eng ko‘p qo‘llaniladigan yarim sintetik penitsillinlar, tetratsik-
Do'stlaringiz bilan baham: