Chegaralangan piotoraks o ‘zining suyaklararo va diafragma ustida
joylashishi (jadal zotiljam) bilan ifodalanadi.
Qoplovchi piotoraksda
butun o ‘pka maydonining tiniqligi pasayishi, ayniqsa, diafragmaning
pastki
qismida kuchliroq, o ‘pkaning yuqorigi qismida kuchsiz b o ‘la-
di. Ayrim hollarda, to ‘g ‘ri rentgen tasvirida (o‘mrov) aksilyar chizig‘i
bo‘yicha suyaklararo qismida yig‘ilgan ekssudat hisobiga kuchli
qorayish k o ‘rinadi. Plashsimon piotoraks o ‘pkaning periferik qismiga
tarqalgan, ayniqsa, pastki lateral qismidan kuchli qorayishi bilan farq
qiladi (4-rasm).
Piopnevmotoraksda yoki pnevmotoraksda kam uchraydigan og‘ir
asoratlardan biri pnevmomediastinum hisoblanadi.
Ayrim hollarda
havo visseral plevradan o ‘tib, k o ‘ks oralig‘iga o ‘tadi va a ’zolarini o ‘rab
oladi hamda bo ‘yinda, teri osti to‘qimalarida, yuz qismida, ko‘krak va
qorin devorlarida kuzatiladi. Rentgen tasviri ko ‘ks oralig‘idagi yig‘il-
gan havo miqdoriga bog'liq. Ular xuddi alohida-alohida qismlarda-
gi yorishganlik ko‘rinishida bo ‘ladi. Havo ko‘p yig‘ilgan hollarda
esa ayrisimon bezni ham o ‘rab olib, yurakni surib qo‘yadi. Plevral
asoratning barcha turida ham diagnostik punksiya qilish zarur. Bu
usul
orqali ekssudatning turi, miqdori va kasallik qo‘zg‘atuvchining
(bakteriologik tekshirishdan so‘ng) hamda ishlab turgan bronxlardagi
oqmani, o ‘pka tarangligini aniqlash mumkin. Punksiya qilingandan
so‘ng kengayganligi yoki undagi o ‘zgarishlami aniqlash uchun rent
gen tasvirini qaytarish zarur. Agar havo ko‘p bo ‘lsa, bemorlami orqa-
si bilan yotqizib, qo‘ltiq osti yoki o ‘rta o ‘mrov chizig‘i b o ‘yicha 3-5
qovurg'alar orasidan punksiya qilish kerak.
Piopnevmotoraks yoki
pnevmotoraksda qo‘ltiq osti yoki ko‘krak chiziqlari bo ‘yicha 6 -7 qo-
vurg‘alar orasidan punksiya qilinadi. Chegaralangan piotoraksda yoki
pnevmotoraksda, avval, punksiya qilinadigan joyni rentgen ekrani
oldida belgilab olish kerak. Plevraning har
xil yiringli zararlangan
turlarida o ‘pkaning tug‘ma yiringlagan kistasi,
diafragma churrasi,
o ‘pkaning atelektazi, o‘pkaning tug‘ma bo‘laklari emfizemasi, o ‘sma
kasalliklari bilan solishtirishma tashxis qilinadi. 0 ‘pkaning katta
taranglashgan yiringli kistasida nafas buzilishi va ko ‘ks a ’zolari surili-
shining klinik ko ‘rinishi taranglashgan piopnevmotoraksga o ‘xshab
ketadi. Klinik ko ‘rsatkichiga qarab tashxis q o ‘yish qiyin.
Eng aniq
usul rentgenologik hisoblanadi. Yarim pozitsion yoritilganda atrofida
143
Do'stlaringiz bilan baham: