kistaning joyi va o ‘pkaning barcha sohasida bronxial daraxt holatini
aniqlash mumkin. Bu operatsiya hajmini aniqlash uchun kerak boTa-
di. Asoratsiz kistalami bola bir yoshdan oshganda operatsiya qilish
mumkin. K o‘pincha asoratli kistalar uchraydi.
Kistaning yiringlashi
har qanday yoshda kuzatilishi mumkin.
Shuningdek, bola tug‘ilgandan keyin ham yiringli jarayonga xos
klinik simptomlar bo‘ladi, yuqori harorat, intoksikatsiya bo‘ladi. Ley-
kotsitoz va rentgenologik tasvirda ba’zan bir nechta suyuqlik sathi
bilan yumshoq shakldagi bo ‘shliqlar aniqlanadi. Rentgenografiyada
va, ayniqsa, tomografiyada kista kapsulasi aniq ko‘rinadi. Tug‘ma
yiringlagan kistalami hamma vaqt o ‘pka stafilokokkli destruksi-
yasining har xil turlari bilan solishtirma tashxis (birinchi navbatda
absess va pnevmotoraks bilan) o ‘tkaziladi. Klinik ko ‘rinishdagi farqi
shundaki, o ‘tkir stafilokokkli destmksiyada nafas yetishmovchiligi
belgilari kuchliroq ifodalangan bo‘ladi. 0 ‘pka to ‘qimasida jarayon-
ning tez tarqalishi kuchli hansirashga olib keladi. Tug‘ma yiring
lagan kistalarda uzoq vaqt rivojlanish nuqsoni bilan birga yordam-
chi mexanizmlar va tashqi nafas faoliyatining kompensatsiyasi ish-
ga tushadi. Rentgenda kapsula borligi va perifokal reaksiya yo‘qligi
tug‘ma kistani stafilokokkli absessdan farq qilishga imkon beradi.
Pnevmotoraksda sinusda ekssudat aniqlanadi. Tug‘ma yiringlagan
kistada sinus bo‘sh boTadi, agar kista plevral bo‘shliqda yorilmagan
b o ‘lsa, ko‘ks oralig‘ining surilishi kam ifodalanadi. Tug‘ma yiring
lagan kistani davolashning to ‘g ‘ri usuli operatsiya qilish, operatsiya-
da bemor o ‘pkasining kista bor sohasi rezeksiya qilinadi.
Taranglashgan o ‘pka kistalari kam uchraydi. Buning sababi kista
bilan bronx tutashuv joyida klapanli mexanizm borligidir. Klinik
ko‘rinishi o ‘tkir nafas yetishmovchiligi bilan ifodalanadi. Fizikal nati-
jalar taranglashgan pnevmotoraksga xos bo’ladi. Rentgen tasvirida
kista konturlarini aniqlash mumkin. Solishtirma tashxis taranglash
gan pnevmotoraks, tug‘ma bo‘lak emfizemasi, diafragmal churra
bilan o ‘tkaziladi.
Taranglashgan pnevmotoraks bolalarda stafilokokkli zotiljam nati
jasida kelib chiqadi va yuqori haroratli intoksikatsiya bilan kechadi.
Tug’ma kistalarda taranglashish birdan kelib chiqadi. Diafragmal
churra rentgenologik farqlanadi. Buning uchun ko‘krak qafasida
26
Do'stlaringiz bilan baham: