Yiringli omfalitda kindik chuqurchasi yallig‘lanishi atrof yum
shoq to ‘qimalariga ham o ‘tadi. Kindik atrofi terisi qizarib turadi,
infiltrat paydo bo‘ladi. Kindik chuqurchasi yaralanib,
fibroz qobiq
bilan qoplanadi va uning atrofida teri qalinlashadi. Kindik atrofini
bosib ko ‘rganda kindik chuqurchasidan yiring sizib chiqadi. B a’zi
hollarda qorin old devori flegmonasi kuzatiladi. Bolaning umumiy
ahvoli kasallik boshlanishida o ‘rtacha bo‘ladi. Tana harorati subfebril
raqamlargacha ko‘tariladi. Agar qorin
old devori flegmonasi bosh-
lanadigan boTsa, bola bezovta boTib emmaydi, toksikoz alomatlari
qayd etiladi, tana harorati 39 °C gacha va undan baland ko‘tarilishi
mumkin.
Nekrozli omfalit yiringli
yalligTanish asosida boshlanib, asosan,
nimjon bolalarda kuzatiladi. Bunda yalligTanish jarayoni nafaqat yon
tomonga, balki chuqurlikka, y a ’ni qorin bo‘shlig‘i tarafiga tarqaladi.
Natijada teri nekrozi aniqlanib, yumshoq to ’qimalardan ajralib qola
di. Bu jarayon qorin old devorining hamma qavatlariga tarqalib, ichak
eventratsiyasiga sabab boTishi mumkin. Omfalitning oxirgi ikki tu
rida infeksiya kindik tomirlariga o ‘tib, sepsis yoki jigar absessi rivoj-
lanishiga sabab boTadi. Sepsisga chalingan bemorlarda qalinlashgan
hajmda kengaygan kindik tomirlari paypaslanadi.
Obyektiv tekshirganda tashxis qo‘yish qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Kasallik surunkali kechganda omfalitning kalsinoz turini inkor qi
lish
kerak boTadi, bunda yalligTanish juda uzoq davom etadi. Aniq
tashxis qo ‘yish uchun qorin old devorini yon tomondan rentgenografi-
ya qilib ko‘rilganda kalsifikat soyasi ko‘rinadi. Kindikdan suyuqlik
kelib turganda, fungusda, tug‘ma kindik
oqmasi aniqlanganda va
xastalikning nekrotik turida chaqaloqlar flegmonasi bilan differensial
taqqoslash oTkaziladi.
D a v o l a s h . Omfalitning mahalliy turida kindik sohasi vodorod
peroksidi bilan yuvilib, furatsilin 1:5000 eritmasi bilan yuviladi.
Kasallikning yiringli turida kompleks davo oTkaziladi: keng
spektrdagi antibiotiklar,
vitaminlar, desensibilizatsiya qiluvchi dori
vositalari, globulin tayinlanadi. Mahalliy gipertonik bogTamlar
(1 %
NaCl,
25 % magneziy sulfat, 1:5000 furatsilin eritmasi) qo‘yila-
di. Yiring to ‘xtaganidan keyin Vishnevskiy
malhamini surish yara-
ning tez bitishiga foyda beradi, UVCh tayinlanadi. Agar kindikda
217
Do'stlaringiz bilan baham: