ni tashkil qiladi. Zamonaviy tibbiyot rivojlanganligiga qaramasdan,
yiringli xirurgik infeksiya tibbiyotning dolzarb muammosi bo‘lib
qolayapti. Yiringli infeksiyaga qarshi kurash davrlarini bir necha
bosqichga bo ‘lish mumkin.
P a t o g e n e z i. Yiringli yallig‘lanishjarayonining kechishi mikro-
organizm virulentligi va patogenligi hamda bola organizmining immu-
nitetiga bog’liqdir. Infeksiyaning kirish yo‘llari
faqat jarohatlangan
teri bo‘lmasdan, balki sensibilizatsiyalashgan organizmning endogen
autoinfeksiyasi hamdir. Bular, asosan, bemorlaming halqumida, yu
qori nafas yo’llarida, qulog‘i, o ‘pkasi va boshqa joylarida latent va
surunkali infeksiya manbai sifatida topiladi. Yallig‘lanish
jarayoni
boshlanishi uchun infeksiyaning ta ’siri makroorganizmning sezuv-
chanlik darajasidan o ‘tishi kerak, bu esa ko ‘proq bolaning dastlab-
ki immunologik holatiga bog‘liq b o ‘ladi.
Retikuloendotelial tizimi
yetarlicha ishlay olmaganligi sababli fagotsitar reaksiya kamayadi
va ko ‘pincha fagotsitoz II bosqichda to ‘xtab qoladi. Bulaming ham-
masi toksin (leykotoksin)ning leykotsitlarga ta ’sirini
kuchaytirib,
fagotsitoz aktivligini yana kamaytiradi. Kichik yoshdagi bolalar im-
muniteti ta ’sir xususiyatlaridan k o ’rinib turibdiki, ularda yiringli in
feksiyaning keng tarqalishiga moyilligi sezilarli bo’ladi.
Bolalarda yiringli-xirurgik infeksiya sharoitida mahalliy jara-
yonning kechishi.
Mahalliy jarayonda - tezlik bilan nekroz va shish,
mahalliy fagotsitar reaksiyaning kamayishi,
infeksiya tarqalishiga
moyillikning oshishi hamda infeksiya manbaidan qonga, limfaga
yallig’lanish mahsulotlarining ko‘p miqdorda
rezorbsiya qilinishi
kuzatiladi. Shish, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarda yaqqol ko‘zga
tashlanadi. Shishning patogenezida stroma destruksiyasi va unda
suv to ‘planishining katta ahamiyati bor. Bu omil hali to ’qimalar
gidrofilligi normadan oshiq b o ‘lgan yosh bolalarda katta ahamiyat
ga ega. Kattagina shishlar paydo b o ‘lishiga gipoksiya, gistamin va
gistaminga o ‘xshash moddalar hamda
endotoksinlaming mikroblar
parchalanishidan ko‘p miqdorda ajralib chiqishi natijasida tomirlar
o ‘tkazuvchanligining oshib ketishi sabab bo‘ladi. Tomirlaming falajli
kengayishi ham shishlarning ko ‘payishiga olib keladi. Kichik yosh
dagi bolalarda ta’sirlar irradiatsiyasiga beriluvchanlik oqibatida (nerv
tizimining differensiyalashmaganligi) tomirlar reaksiyasiga katta
Do'stlaringiz bilan baham: