Eqologiya sohasida davlat boshqaruvi reja I. Kirish II. Asosiy qism


Tabiatdan foydalanish va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni boshqarishni huquqiy asoslari



Download 30,82 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2022
Hajmi30,82 Kb.
#676998
1   2   3   4
Bog'liq
Jassi kkk Eqolog

Tabiatdan foydalanish va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni boshqarishni huquqiy asoslari

Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi davlat organlari tomonidan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ekologik xavfsizlikni taъminlashda namoyon bo'ladi va jamiyatda ijtimoiy boshqaruvning tarkibiy qismi hisoblanadi.


Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini shakllantirish orqali davlat o'zining ekologik vakolatini va ekologik siyosatini amalga oshiradi. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi orqali davlat tabiiy resurslarning mulkdori sifatida tabiiy resurslardan foydalanishni tashkil etish maqsadida ularni tassarruf etish huquqini amalga oshirishadi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi deb vakolatli davlat organlarining atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ekologik xavfsizlikni taъminlash bo'yicha ijro etish va farmoyish berish faoliyati tushuniladi.
Davlat boshqaruv organlarining ijroiya faoliyati ushbu organlarning ijroiya hokimiyatiga taalluqliligidan kelib chiqib, qonun va vakillik organlarining qarorlarini amalga oshirishga qaratilgan.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining farmoyish berishi ularning ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishda vakolat doirasidagi yuridik va jismoniy shaxslarga majburiy ko'rsatmalar berish huquqidan kelib chiqadi. Ushbu majburiy ko'rsatmalar ko'p marotaba qo'llanadigan, yaъni ular tomonidan qabul qilingan meъyoriy hujjatlarda belgilanadi, yoki bir marotaba qo'llanadigan, yaъni maъlum bir yoki bir necha subъektga taalluqli, masalan, huquqbuzarlikni to'xtatish bo'yicha ko'rsatmalardan iborat bo'ladi .Ekologiya sohasida davlat boshqaruvining o'ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo'ladi:birinchidan, tabiiy resurslar sohasida davlat boshqaruvi maъmuriy boshqaruv bilan bir qatorda boshqaruvning boshqa tizimlari ham amal qiladi. Jumladan, suvlardan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi bilan bir qatorda havza boshqaruvi ham joriy etilganligini ko'rishimiz mumkin.ikkinchidan, tabiiy resurslar sohasida davlat boshqaruvi va tabiiy resurslardan foydalanish o'zaro bir organ qo'lida mujassamlashgan. Xususan, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi huzurida O'rmon xo'jaligi bosh boshqarmasi o'rmondan foydalanishni tashkil qiluvchi davlat organidir va uning korxona, tashkilotlari, o'rmon xo'jaliklari o'rmondan asosiy foydalanuvchilar bo'lib hisoblanadi. uchinchidan, tabiiy resurslar sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining ijroiya tizimiga mansub bo'lsada, oliy vakillik organi oldida hisobdorligi ham uning o'ziga xos xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Chunonchi, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 80-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining raisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. Shuningdek, “Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida”gi qonunning 11-moddasiga binoan, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga bo'ysunadi.
to'rtinchidan,tabiiy resurslar sohasida davlat boshqaruvi tabiiy obъektlar xususiyatlariga qarab yo'naltirilgan. Boshqacha aytganda, ekologiya sohasida boshqaruv organlari tabiiy obъektlar turlariga qarab ajratilgan. Yaъni, er, suv, o'rmon, er qaъri, atmosfera sohasida davlat boshqaruvini alohida-alohida organlar amalga oshiradilar.beshinchidan, tabiiy obъektlar boshqaruvi tabiiy obъektlar xususiyatiga qarab turli darajadagi organlar tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, Er kodeksiga binoan, sug'oriladigan erlarni sug'orilmaydigan erlar sirasiga o'tkazish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda viloyat hokimi qaroriga binoan amalga oshirilca (44-modda), alohida qimmatga ega bo'lgan unumdor sug'oriladigan qishloq xo'jalik erlarini korxonalar, binolar va inshootlar qurilishi uchun berishga alohida hollarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan yo'l qo'yiladi (45-modda).
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining ijroiya etish va farmoyish berish faoliyati atrof tabiiy resurslar to'g'risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini taъminlashga qaratilgan.Ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvi quyidagi tamoyillarga asoslangan:boshqarishning qonuniylikka asoslanishi, yaъni davlat boshqaruv organlarining ekologik munosabatlarni tartibga solishda faqat qonun hujjatlarida belgilangan vakolat doirasida hamda huquqlari asosida faoliyat yuritishi;tartibga solishda davlat organlarining faoliyati ham hududning rivojlanishini, ham har bir tabiiy resurslardan foydalanishning oqilonaligi va ularni muhofaza etishning taъminlanishiga qaratiladi. Bundan tashqari, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlari ham hududiy ham tarmoq bo'ysunishda shakllantiriladi, masalan, ushbu organlarning hududiy bo'linmalari respublika tarmoq organlari (Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, Er resurslari bo'yicha davlat qo'mitasi)ga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga bo'ysunadilar; ekologiya masalalarini hal qilishda har tomonlama yondoshishga, yaъni tabiiy resurslardan foydalanishni tashkil etishda ushbu foydalanishning oqilonaligi va atrof tabiiy muhitni muhofaza etishda respublika xalq xo'jaligi va aholini tabiiy resurslarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishni taъminlash;
ekologiya sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda tabiiy resurslardan foydalanish va nazorat qilishni ajratish, yaъni ekologiya sohasida tabiiy resurslardan bevosita foydalanuvchilar nazorat qilish vakolatiga ega bo'lmasligida, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarini shakllantirish hamda ularni faoliyatlarini tashkil qilishda foydalanish va nazorat qilish vakolatlarini tartibga solishda ifodalanadi. Masalan, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi huzurida O'rmon xo'jaligi bosh boshqarmasi o'rmondan foydalanishni tashkil qiluvchi davlat organidir va uning korxona, tashkilotlari, o'rmon xo'jaliklari o'rmondan asosiy foydalanuvchilar bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun ushbu organ o'rmondan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib borish vakolatiga ega emas .
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi maъlum bir shakllarda va usullarda amalga oshiriladi. Ushbu boshqaruvning shakllari bo'lib, huquq ijod qilish, ijro etish va huquqni muhofaza qilish faoliyati hisoblanadi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi shakli sifatida huquq ijod qilish – atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ekologik xavfsizlikni taъminlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni huquq normalari orqali tartibga solishga qaratilgan faoliyat.Ijroiya organlari huquq ijod qilish yo'li bilan qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarida qonunlarda belgilangan qoidalarni yanada rivojlantirib, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni belgilaydilar.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi shakli sifatida ijro etish – davlat hokimiyati organlari tomonidan huquq ijod qilish orqali ishlab chiqilgan va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlardagi ekologik talablarni amalda tatbiq etish hamda davlat ekologik siyosatini taъminlashga qaratilgan faoliyat. Davlat boshqaruv organlarining ijroiya faoliyati qonun hujjatlarini amalga oshirish bo'yicha amaliy faoliyati hisoblanadi. Masalan, er uchastkalarini joyida ajratib berish, er uchastkasiga bo'lgan huquqni davlat ro'yxatiga olish, tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza qilish qoidalariga rioya etishni nazorat qilish va hakazo.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi shakli sifatida huquqni muhofaza qilish – huquqni muhofaza qilish sohasida maxsus vakolatli davlat organlarining mamlakatda ekologik huquq-tartibotni taminlashga qaratilgan faoliyati. Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari huquqni muhofaza qilish faoliyati orqali tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qoidalari buzilgan taqdirda aybdor shaxslarni jinoiy, maъmuriy va imtizomiy javobgarlikka tortish masalasi huquqni muhofaza qilish organlari yoki u ishlaydigan tashkilotning maъmuriyati oldiga qo'yiladi, agar ekologik nazorat organlari maъmuriy javobgarlikka tortish huquqiga ega bo'lsalar, ushbu masalani hal qiladilar, sud organlarida atrof tabiiy muhitga etkazilgan zararni undirish bo'yicha davo arizalarini qo'zg'atadilar, tabiiy resurslardan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlarini tiklashga qaratilgan chora tadbirlarni amalga oshiradilar.
Ekologik munosabatlarni tartibga solishda davlat boshqaruv organlari boshqarish usullarini, yaъni ijtimoiy munosabatlar subъektlariga davlat taъsir ko'rsatish usullarini qo'llaydilar. Ular tarkibiga ruxsat berish, man qilish, rozilik berish, majburiy ko'rsatmalar berish kabilar kiradi.
Davlat boshqaruvining ruxsat berish usuli asosan tabiiy resurslardan foydalanishni tashkil etishda qo'llaniladi. Tabiiy resurslardan maxsus foydalanish faqat vakolatli davlat organlarining ruxsati asosida vujudga keladi.
Rozilik berish (sankiyalash) usuli deb, davlat organlarining foydalanuvchilar tomonidan tayyorlagan meъyorlarni hamda foydalanishga oid boshqa qoida va tartiblarni tasdiqlashi va rozilik berishi tushuniladi. Masalan, atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni tashlash bo'yicha yo'l qo'yiladigan doiradagi normativlari tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan tasdiqlangandan so'ng, mazkur zararli moddalarni atmosferaga chiqarib tashlash mumkin (“Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida”gi Qonunning 8-moddasi), yoki qishloq xo'jalik korxonalari tuman hokimi tomonidan tasdiqlangan ichki er tuzilish sxemalariga muvofiq erdan foydalanishni amalga oshiradilar (Er kodeksining 13-moddasi).
Ekologiya sohasida boshqaruvni taqiqlash usuli atrof muhitni muhofaza qilishni tashkil etishda keng qo'llaniladi va tabiiy resursdan foydalanish yoki tabiiy hududlarda maъlum bir faoliyatni amalga oshirishni taqiqlash orqali man etishda ifodalanadi. Masalan, suvdan umumiy foydalanishning turi bo'lgan cho'milish aholini xavfsizligini taъminlash maqsadida maъlum suv obъektlarida man etilishi mumkin yoki suv muhofaza zonalarida daraxt va butazorlarni kesish, yoqilg'i va moy quyish shaxobchalarini joylashtirish va ishlatish, zaxarli ximikatlarni ko'llash, chorvachilik fermalarini joylashtirish va boshqalar taqiqlanadi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlarining vakolat doirasida qabul qilgan qarorlari ekologik munosabatlar subъektlariga nisbatan majburiy hisoblanadi. Ammo majburiy ko'rsatmalar berish usuli ushbu davlat organlarining faoliyatida asosan ekologik nazoratni amalga oshirish jarayonida qo'llaniladi. Masalan, ekologik nazoratni amalga oshiruvchi organlar ekologik huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga ushbu huquqbuzarlik oqibatlarini, ularni sodir etish sabablarini va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo'yicha majburiy ko'rsatmalar berishga haqlidirlar.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradigan organlarning doirasi kengdir. O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, ekologiya sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradigan organlar umumiy va maxsus vakolatga ega bo'lgan davlat organlariga bo'linadi. Maxsus vakolatga ega bo'lgan organlar o'z navbatida tarmoqlararo va bir tarmoqqa oid turlarga bo'linadi.
Umumiy vakolatga ega bo'lgan organlar qatoriga O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlari kiradi. Ular iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda davlat boshqaruvini amalga oshirish bilan bir vaqtda ekologiyaga oid baъzi bir masalalarni hal qiladilar. Shuning uchun ham, ular umumiy vakolatga ega bo'lgan organlar deb nomlanadilar.Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslaridan foydalanish va ekologik xavfsizlikni taъminlashning davlat boshqaruvini O'zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ hujjatlariga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, davlat boshqaruvi mahalliy idoralari amalga oshiradilar“Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida”gi qonunning 2-qismida davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining tabiatni muhofaza etishga taalluqli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari o'rnatilgan bo'lib, unda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatining tabiatni muhofaza qilishga oid huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari; davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari; O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining vakolatlari belgilangan.

Download 30,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish