Mil. avv. X asrda Finikiyada 22 undosh harfdan iborat bo‘lgan alifbo yaratildi. Yunonlar ana shu alifboni o‘zlashtirib oldilar va ularga unli harflarni ham qo‘shib qo‘ydilar.
Mil. avv. XI asrda Falastin hududida Isroil podsholigi vujudga keldi, keyinchalik u Yahudiy podsholigi bilan birlashdi. Ko‘p o‘tmay Yahudiya Bobil podsholigi tomonidan bosib olindi.
Qadimiy yahudiylarning afsonalari diniy kitoblarga yozib borilgan. Bu kitoblar to‘plami «Bibliya»ga jamlangan, bu so‘z yunonchada «kitob» degan ma’noni anglatadi. «Bibliya»da Olam, Yer yuzidagi ilk odamlar – Odam ato va Momo havoning yaratilishi, Yer yuzini To‘fon bosishi haqida va boshqa rivoyatlar mavjud.
Bobil, Bibl, Tir, Sidon, Karxamish, Nineviya, Oshshur kabi hududlar Ossuriya davlati tarkibida bo’lgan?
_________________________________________________________________
14-§. Ahamoniylar davlati
Do'stlaringiz bilan baham: |