Epigrafika, tangalarni o‘rganish bilan esa numizmatika



Download 0,98 Mb.
bet25/86
Sana08.02.2022
Hajmi0,98 Mb.
#437827
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   86
Bog'liq
6-SINF TARIX QO\'LLANMA KITOB

Moxenjodaro va Xarappa shaharlari Hind daryosi havzasining eng yirik shaharlari edi. Ikkala shahar ham mustahkam mudofaa devorlari bilan himoyalangan. Ko‘chalar bilan biri-biridan ajratilgan mavzelardan pishiq va xom g‘ishtdan qurilgan binolar (turar joylar, omborxonalar, saroy va ibodatxonalar) topilgan. Katta va chiroyli shahar – Moxenjodaroda mohir hunarmandlar ko‘p bo‘lgan.
Aholisining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik edi. Dehqonlar shakarqamish, paxta o‘simliklarini yetishtirganlar, fillarni qo‘lga o‘rgatganlar. Biroq miloddan avvalgi XVIII asrdan Hind daryosi vodiysi shaharlari tez-tez ro‘y beruvchi toshqinlar, o‘rmonlar va changalzorlar kengayishi natijasida zavolga yuz tutib, butunlay vayronaga aylanadi.

Qadimgi hindlar xuddi misrliklar va bobilliklar singari tabiatning ko‘pdan ko‘p hodisalari qarshisida ojiz edilar: tropik jalalar, suv toshqinlari qurg‘oqchilikdan qo‘rqardilar. Qadimgi hind rivoyatlarida aytilishicha, Quyosh xudosi har tongda oltin aravada osmon bo‘ylab yo‘lga tushadi. Quyosh tungi zulmatni parokanda qilib tashlab, odamlarga harorat va yorug‘lik ulashish niyatida ufqdan bosh ko‘taradi. Momaqaldiroq xudosi Indra osmondagi suvni tutqunlikdan xalos etgach, Yer yuzida qurg‘oqchilik poyoniga yetibdi.


Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur etishgan. Masalan, ular sig‘ingan xudolardan biri, boshi filnikiga o‘xshagan donishmandlik xudosi Ganesha bo‘lgan. Sigir hindlar orasida muqaddas hayvon hisoblanib, sigirni o‘ldirish taqiqlangan. Hindlar jon bir tanadan boshqasiga ko‘chib o‘tishiga e’tiqod qilishgan. Ular vafot etganidan keyin odam butunlay o‘lmaydi, balki boshqa bir mavjudotga aylanib, o‘z tashqi qiyofasini o‘zgartiradi, hayvonga, qumursqaga va o‘simlikka aylanadi, deb hisoblashgan.


Qadimgi hindlar qanday yumushlar bilan shug‘ullanishiga qarab to‘rt guruhga ajratilgan edi. Bu tabaqalar kasta yoki varna deb atalgan, jumladan: kohinlarbraxmanlar (hind ruhoniylari), jangchilarkshatriylar, dehqon, hunarmand va savdogarlarvayshilar, xizmatkorlar va qullarshudralardan iborat bo‘lgan.
Hindlarning e’tiqodicha, tabaqalardan har birini oliy xudo Braxma o‘z jismining qaysidir bir qismidan dunyoga keltirgan ekan. Masalan, kohinlar uning og‘zidan chiqqan, jangchilar qo‘llaridan, dehqonlar qovurg‘asidan, xizmatkorlar esa Braxmaning tovonidan yaratilgan, deb hisoblangan. Bolalar hamisha ota-onalari tabaqasiga mansub deb topilgan. Bir tabaqadan boshqasiga o‘tishning ham iloji bo‘lmagan. Turli kastalarga mansub odamlar o‘rtasida nikohga ham yo‘l qo‘yilmagan.
Tabaqalardan birortasiga ham mansub bo‘lmaganlarni esa «chandal», ya’ni «hazar qilinadiganlar» deyishgan. «Chandallar» kastalarga mansub odamlar bilan birga bir uyda yashay olmasdi, ular bilan bir dasturxonga o‘tirish taqiqlangan.



16-§. Miloddan avvalgi I ming yillikda Hindiston



Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish