Mil. avv. V-IV asrlarda O‘rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan. Zargarlik san’atining yuksak darajada rivoj topganiga bugungi kunda Britaniya muzeyida saqlanayotgan, 1877-yilda Amudaryo xazinasidan topilgan oltin va kumush buyumlar yorqin misol bo‘la oladi.
Har bir shaharda ichki qal’a bo‘lgan. Shaharlarning atrofini egallagan dehqon xo‘jaliklarida ota urug‘iga mansub katta-katta oilalar kun kechirishgan. Dehqonlar qo‘rg‘onlari uy-joy va xo‘jalik xonalaridan iborat bo‘lgan. Arxeologlar shahar va uy – qo‘rg‘onlar atrofida dalalarga suv olib kelgan anhorlar va ariqlar izlarini topganlar.
Oltindan yasalgan ot-arava nusxasi.Mil. avv. V-IV asrlar _________________________________________________________________
32-§. O‘rta Osiyo xalqlarining yunon-makedon istilochilariga qarshi kurashi