Miloddan avvalgi VIII–VII asrlarda Chjou davlatining markaziy hokimiyati zaiflasha boshladi. Ayrim viloyatlar noiblari podsho hokimiyatidan ozod bo‘lishga intilar edilar. Xitoyga ko‘chmanchi qabilalar hujum qila boshlaganidan foydalangan chekka viloyatlar aholisi ajralib chiqib, o‘z davlatilarini tashkil eta boshladi. Shu taxlit, miloddan avvalgi VII–V asrlardagi davr tarixda «ko‘p podsholiklar» davri nomini olgan. Xitoyda ayni mahalda «kurashayotgan podsholiklar» davri ham boshlanadi. «Zafaryor» – imperiyaning oliy hukmdorlari bilan ajralib chiqqan davlatlar hukmdorlari o‘rtasida boshlangan urushlar ikki yuz yildan uzoqroq davom etdi. Bu davr Sin davlati hukmdori o‘zining barcha raqiblarini yo‘q qilib yagona davlat tuzishi bilan yakunlandi.