Ensiklopediyasi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

EHT1MOLLIK
Mana, nihoyat, birinchi qor ham 
yog'm oqda. «Ana, qish kirdi», — deb 
o'yladim men yoqamni ko'tarayotib. Shu payt 
to'satdan... qars-qurs etgan tovush eshitildi. 
Momaqaldiroq! Ikki o'quvchi hayron bo'lib 
to'xtab qolishdi. «Qor yog'ayotgan paytda 
momaqaldiroq gulduradimi? Ehtimoldan 
uzoq», — dedi ulardan kattarog'i. «Ehti­
moldan uzoq, deganing nimasi? — deb 
so'radi ikkinchisi. «Ehtimoldan uzoq, de- 
ganim — mumkin emas, deganim bo'ladi».
— «Qanaqasiga mumkin bo'lmasin, — hay­
ron bo'ldi kichigi. — Axir momaqaldiroq gul- 
duraganini o'z qulog'imiz bilan eshitdik-ku?»
— «Е, bu bir bo'lib qoldi-da, tasodifan, — 
dedi kattasi, — lekin umuman bunday 
bo'lmaydi».
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shunda men ham ularning gapiga aralash- 
dim: «Sen noto‘g ‘ri gapiryapsan. Hatto 
tasodifan yuz berishi mumkin bolgan narsa­
larning hammasi ehtimoldan uzoq emas. Le­
kin bunday tasodifni ba’zan uzoqroq kutishga 
to'g'ri keladi. Olimlar, bu holning yuz berish 
ehtimoli kam, deyishadi». Ularning kichigi 
hayron bo'ldi: «Bundan chiqdiki, ehtimollikni 
olchab bolar ekan-da».— «Albatta, shuning 
uchun ham matematikada ehtimollik nazariya- 
si bor-da», — dedim. Men cho'ntagimdan har 
yog'iga bittadan oltitagacha nuqtalar o'yilgan 
o ltiy o q li shashqol (kubik)ni chiqarib 
ko'rsatdim.
«Aytinglar-chi, men hozir shu shashqolni 
tashlasam, qaysi son chiqadi?» — deb, uni 
yerga dumalatib yubordim. Shashqol duma- 
lab ulgurmasdan «To'rt», — deyishdi bolalar 
shosha-pisha. Aslida besh soni chiqdi. «Biz­
ning aytganimiz chiqmadi-ku, — kulishdi ular.
— Demak, ehtim oldan uzoq». Men 
shashqolni yana tashladim, bu gal to'rt soni 
chiqdi. «Ana, ehtimoldan uzoq emas ekan-ku,
— kuldim men ham. Keling, hisoblab 
ko'raylik, bizning xato qilmasligimiz ehtimoli 
qancha ekan? Shashqol tashlaganimizda 
necha xil holat yuz berishi mumkin ekan?» — 
«Oltita!» — «To'ppa-to'g'ri. Lekin bizga shu 
olti holatdan faqat bittasi kerak, chunki biz 
faqat bitta sonni o'ylaymiz. Shuning uchun bu 
o'yinda ehtimollik 1/6 ga teng, deb aytiladi. 
Agar, biz to'rt yoki ikki soni tushadi, desak, 
ehtim o llik ikki m arta oshadi, ya ’ni 2/6 
bo'ladi». — «Tushunarli», — dedi bolalardan 
biri. — «Agar men olti xil sonlardan istalgani 
chiqadi desam, ehtimollik 6/6 ga, ya’ni 1 ga 
teng boladi, shundaymi?» — f«Xuddi shun­
day. Bu eng katta ehtimollik. Bu holda sen al­
batta yutib chiqasan». - «Eng kichik ehtimol­
lik qanaqa bo'ladi?» - so'radi ikkinchisi. 
«Turgan gapki, nol, - dedim men. - Bu hech 
qanday ehtimollik yo'q, degani bo'ladi. Sen 
o'yinni yutqizdim deyaver». - «Qanaqasiga 
yutqizgan bo'laman? - «Bu juda ham oddiy. 
Shashqol tashlansa, yetti soni chiqadi, deb 
xayolingga keltirgin-chi». - «Bu mumkin 
emas, ehtimoldan uzoq». - «Ha, balli, endi 
o'zingga kelding».
Bolalarning kichigi quvonib: «Bu o'yin — 
ehtimollik nazariyasi o'yini juda qiziq ekan- 
ku», dedi.
«Bu o'yin emas, fan, — dedim men. — Le­
kin uning o'yindan kelib chiqqanligi rost. —
Ba’zan shunday ham boladi. Ehtimollik na­
zariyasi olimlarga ham, muhandislarga ham, 
iqtisodchilarga ham — butun xalq xo'jaligiga 
juda katta yordam beradi». — «Sizning ga- 
pingizga qaraganda botinkani ham fansiz tikib 
bo'lmas ekan-da», — dedi kattasi. «Faqat 
botinkani emas, — dedim men, — bir amal- 
lab o'qib, kosmonavt, muhandis yoki mashinist 
bo'laman, degan o'quvchi katta xatto qiladi».
— «Siz aytmoqchisizki, bunday ehtimollik juda 
kichik, shundaymi?» — so'radi bolalarning kat­
tasi. «Ha, albatta, aytish mumkinki, u nolga ya­
qin. Endi, bolalar, bilib qo'ysanglar yomon 
bo'lmaydi. Ehtimollik nazariyasi degan fan 
matematikaning bir bo'lagi, lekin u boshqa so- 
halarda ham asqotadi, hali buni maktabda yax- 
shilab o'qitishadi».
ELEKTR
Ko'zni qamashtiradigan chaqnash, chaq- 
moqlarning osmondagi olovli ilon izi yollari, 
momaqaldiroqning guldirashi... Kishilar tabi- 
atning bu dahshatli hodisalarini bir necha 
ming yillab kuzatishgan, lekin sabablarini 
bilisholm agan, shuning uchun ulardan 
qo'rqishgan. Chaqmoqni o'rganish yo'lidagi 
urinishlar ko'pincha fojia bilan tugagan. 
Masalan, 1753-yili tajriba vaqtida rus fizigi G. 
V. Rixman yashin urib halok bolgan.
Bundan yuz yildan ko'proq vaqt ilgari 
odamlar tabiatning elektr kuchidan foydalani- 
shni 
o 'rg a n d ila r, 
e le ktrn i 
o 'zla rig a
bo'ysundirdilar. Xo'sh, odamlar elektr haqida 
nimalarni bildilar?
Jismlarning bir-biriga ishqalanishi natijasi­
da ularning tortishish xususiyatini kasb etishi 
qadimgi olimlarga ma’lum edi. Yunon olimlari 
ebonit tayoqchasini ishqalaganda u o'ziga 
yengil jismlarni tortishini aniqlaganlar. 1600- 
yilda ingliz fizigi U. Gilbert ebonitdan tashqari 
olmos, billur va boshqa jismlar elektr xususi­
yatiga ega ekanligini aniqlagan. 1729-yilda
www.ziyouz.com kutubxonasi


ingliz olimi S. Grey ayrim jismlarning elektr 
o'tkazuvchanlik xususiyatini ochib, tabiatdagi 
jismlarni o‘tkazgich va izolyatorlarga ajratdi. 
1734-yilda fransuz fizigi Sh. Dyufe, amerikalik 
olim B. Franklin ikki turdagi elektr 
zaryadlarning mavjudligini aniqlab, ulardan bir 
turi shisha, tog‘ billuri, qimmatbaho toshlar, jun 
va boshqa jismlarda, ikkinchisi esa ebonit, 
shoyi, qog'oz va shu kabi jismlarda hosil 
bo'lishini, bu ikki tur zaryadlar tortishish yoki ita- 
rishish xususiyatiga ega ekanligini ham 
aniqladilar. Bir xil ishorali elektr zaryadlar 
o'zaro itarishishadi, turli ishoralilari esa o'zaro 
tortishishadi. Bu zaryad turlarining ebonitda 
hosil bo'lgani manfiy, shishada hosil bo'lgani 
esa musbat ishorali deb olingan.
19-asr oxirlarida elektr ta’limoti rivojlanishi- 
ning yangi davri boshlandi. Atomlar tarkibida 
elektrlangan zarralar mavjudligi haqidagi fikrga 
asoslangan modda tuzilishining elektr ta’limoti
— elektronlar nazariyasi rivoj topdi. Bu ta’limot
golland fizigi X. A. Lorens, ingliz fizigi J. J. 
Tomson, fransuz fizigi va matematigi J. A. 
Puankare, nemis fizigi G. Gelmgols nomi bi­
lan uzviy bog'liq.
Tabiatda zaryadlangan juda mayda zarralar 
mavjud. Zarralarning ba’zilari musbat, ba’zilari 
manfiy zaryadlangan. Manfiy zaryadli eng 
kichik zarralar elektronlardir. Elektronlar (yunon- 
cha elektron — ebonit) metall o'tkazgichlaming 
ichida harakatlana oladi. Zaryadlangan 
zarralarning bir tomonga yo'nalgan oqimini 
olimlar elektr toki deb atadilar.
Siz uyga kelib, yoqib-o'chirgich tugmasini 
bossangiz, elektr lampochka charaqlab yona­
di. Nima uchun? Tugmani bosganingizda siz 
o'tkazgichlarni ulaysiz, o'tkazgichlar orqali esa 
lampochka tomon shitob bilan elektronlar oqi­
mi yo'naladi. Lampochkaning ichida ingichka 
simoyoqlarga maxsus metall — volframdan 
tayyorlangan spiral osilgan. Bu spiral (lampoch­
ka tolasi) alohida xususiyatga ega: elektron- 
larning undan o'tishi juda qiyin. Spiral orqali 
elektronlar oqimi o'tkazilganida, ular tola me- 
tallning atomlarini u yon-bu yon «turtib» bora­
di, natijada tola bir zumda qizib, nurlana 
boshlaydi. Elektronlar oqimi qancha kuchli 
bo'lsa, lampochkaning tolasi ham shuncha 
kuchli qizib, ravshanroq yonadi. Yo'g'onroq 
simlardan tayyorlangan xuddi shunday spiral­
lar elektr dazmol va plitkalarni qizdiradi. Bu 
hodisa (elektr tokidan qizish hodisasi) dan, 
masalan, zavodlarning elektr pechlarida me- 
tallarni eritish uchun foydalaniladi. Faqat bun­
day pechlardagi spirallar barm oqlar 
yo'g'onligidagi simlardan ishlanadi.
Kishilar elektrni yana bir «kasbga» — 
m ashinalarni 
harakatga 
keltirishga 
o'rgatdilar. Mashinist maxsus ulab-uzgich 
dastasini buraydi. Quwatli elektr dvigatellar 
elektrovoz g'ildiraklarini harakatga keltiradi va 
poyezd asta-sekin relslarda yura boshlaydi.
Bunday quwatni dvigatel qayerdan oladi? 
Olimlar ikkita parallel joylashgan sim orqali 
tok bir yo'nalishda o'tsa, simlar bir-birini tor- 
tishini, qarama-qarshi yo'nalishda o'tganda 
esa bir-birini itarishini payqadilar. Tok
www.ziyouz.com kutubxonasi


o'tayotgan simlarning ana shunday o‘zaro 
ta’sir kuchi elektr dvigatellarni aylantiradi.
Siz elektr o'yinchoqlardagi jajji motorlarni 
ko'rgansiz, albatta. Bunday motorlarning 
ishlashi uchun bitta elektr batareya toki yetarli. 
Lekin million-million elektr lampochkalarni 
elektr bilan ta’minlash, stanok va mashinalar- 
ni harakatga keltiruvchi, tramvay va elektr 
poyezdlar g'ildiraklarini aylantiruvchi dvigatel- 
larga tok yetkazib berib turish uchun juda ko'p 
elektr energiyasi kerak. Bunday energiya 
elektr stansiyalarida hosil qilinadi hamda 
elektr uzatish liniyalari orqali shahar va 
qishloqlarga yetkazib beriladi.
O'tgan asrda qaysi kashfiyot olimlarni 
ko'proq hayratga solganligini bilasizmi? Bu
— elektr energiyasining bo'shliqda tarqali- 
shini isbotlagan kashfiyot. Elektr energiyasi 
hech narsa, hatto hech qanday zarra 
bo'lmagan mutlaqo bo'sh joyda ham uzatilar 
ekan. Bunday bo'shliqda elektromagnit may- 
don — energiya eltuvchi elektrom agnit 
to'lqinlari bo'larkan. Radio ham, telefon ham, 
telegraf ham elektr bilan ishlaydi.
Elektr yordamida metall buyumlar sirtiga 
yupqa himoya qatlami yugurtiriladi, masalan, 
konkilarning sirti yupqa xrom qatlami bilan 
qoplanadi. Texnikaning elektrdan foydalanila- 
digan barcha tarmoqlarini sanab chiqish 
qiyin. Bu tarmoqlar esa tobora ko'payib bor- 
moqda.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish