EFIOPIYA
Maydoni - 12219000 kvadrat kilometr.
Aholisi - 58600000 kishi.
Efiopiya Afrikaning shimoli-sharqida joy
lashgan, deyarli barcha tomondan cho'l va
chala cho'llar bilan o'rab olingan tog'li mam-
lakatdir. Baland tog'larning cho'qqilariga
qishda qor yog'adi, kuzda esa uni sovuq tu
man qoplab oladi. Tog'ning salqin iqlimida
subtropik daraxt, buta va o'tlar o'sib yota-
di. Hayvonot dunyosi ham subtropikni esla-
tadi.
Quyiroqda keng maydonlarni unumdor
qora va qizil tuproqli sertepa yassi tog'liklar
egallagan. Bu yassi tog'liklar Efiopiyaning
g'alla yetishtiriladigan asosiy yerlaridir. Ham
ma joyda bug'doy, arpa, tariq va uning bir turi
bo'lm ish teffa ekilgan dalalarni ko'rish
mumkin, teffadan efioplar non yopadilar.
Qish va yozda musson shamollari yomg'ir
olib keladi. Shuning uchun mamlakatda deh-
qonchilik uchun sharoit juda qulay. Dehqonchi-
lik — ko 'p ch ilik e fioplarning asosiy
mashg'uloti. Yerni ho'kiz qo'shilgan omoch bi
lan haydaydilar. Dehqonlar ko'plab chorva
mollarini (qoramol, qo'y, echki, eshak, ot, to-
vuq) boqadilar. Aksariyat dehqonlarda asal-
ari uyasi bor.
Efiopiya janubida kofe daraxti o'stiriladi.
Efiopiya — kofening vatani. Kofe nomi
Efiopiyaning Kafa viloyati nomidan kelib
chiqqan bo'lib, u yerda hozirgacha tog'larda
y o w o y i kofe daraxtining katta-katta
o'rmonlari saqlangan.
Vodiylarda issiq tropik iqlim. Bu yerlarda
ma’danli buloqlar ko'p. Efiopiyada platina va
oltin, marganes va tosh tuzi qazib olinadi,
temir, rangli metall, qo'ng'ir ko'mir, neft va
boshqa foydali qazilma konlari mavjud.
Efiopiya — ko'llar mamlakati. Bulardan biri
— Tana ko'li. U Afrikaning azim daryosi — Nil-
ga suv beradi. Daryolar Efiopiya tog'ligidan
turli tomonga qarab oqadi, lekin ularning
ko'plari atrofdagi cho'llarda tugaydi.
10-asrda mustamlakachilar Efiopiyani biri
nchi bor bosib olishga urinib ko'rdilar, lekin ul
arning harakatlari muvaffaqiyatsizlik bilan tu-
gadi. 19-asr oxirida Efiopiyaga italyan bos-
qinchilari kirib keldi, lekin xalq yana o'zining
mustaqilligini saqlab qola oldi. 1936-yili
Efiopiyani italyan fashistlari bosib olishga
muvaffaq bo'lgan bo'lsalar ham, keyinchalik
efioplar ittifoqchilar bilan birgalikda bosqinchi-
larni tor-mor qildilar.
Mamlakat poytaxt Addis-Abebadir (uning
ma’nosi «yangi gul» demak). Shaharda uni-
versitet, kinoteatrlar, chiroyli binolar, gospital
bor.
Mamlakatni uzoq muddat imperatorlar
boshqarib keldi. 1974-yilgi inqilob natijasida
imperator ag'darib tashlandi. 1995-yilda say-
langan hukumat xalqning turmush darajasini
yaxshilaydigan qayta o'zgarishlarni amalga
oshirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |