gan olamni elektron qurilmalar (EQ) siz tasawur
qilish qiyin. EQ poyezdlar harakati jadvallarini va
ilmiy tadqiqotlar natijalarini hisoblaydi, avtomat
stanoklami va avtomobillami yig'ishni boshqara
di, axborotlami to'playdi va ularni inson qabul qili-
shi uchun qulay shaklga aylantiradi.
Insonlaming yerga yaqin kosmik fazoga chi
qishi ham elektronika bilan chambanchas bog'liq.
EQ kosmik kemalarning
uchishga tayyorgar-
liklarini va ularning uchishini nazorat qiladi, kos
mik kemalarni orbitada bir-biriga tutashishini,
tushiriladigan apparatlami yerga tushirishni va
apparatni qidirishni ta’minlaydi. Tushgan appa
ratni qidirishda maxsus EQ — radiolokatorlardan
foydalaniladi.
Keyingi yillarda kvant elektronikasi deb ata
luvchi qonunlarga asoslangan yangi tur EQ pay
do bo'ldi. Bu bizga ma’lum bo'lgan lazeriar bo'lib,
ular kogerent yorug'lik va radioto'lqinlar genera-
torlari hisoblanadi. Lazerlami qo'llash sohasi
juda keng —
Oy sirtini tadqiqot qilishdan, to
sanoatda metallami juda aniq payvandlashgacha
yoki tibbiyotda ko'z to'qimasida haddan tashqari
aniq operatsiyalar qilishgacha ishlatiladi.
Elektronikada elektron hisoblash mashinalar
(EHM) ning roli muhimligi haqida gapirmay
bo'lmaydi. EHM inson faoliyatining barcha so-
halariga kirib bormoqda, ularda axborotlarga yu
qori aniqlikda ishlov berishi tufayli
haqiqiy inqi-
lobni amalga oshirmoqda.
Elektronika insoniyat faoliyatidagi eng tez
rivojlanuvchi soha hisoblanadi va ilmiy-texnika
taraqqiyotidagi muvaffaqiyatlar hozirgi sharoitlar-
da uning rivojlanish darajasiga keng miqyosda
bog'liq.
EMAN
Tanasi uch-to‘rt qulochli yolg'iz o'sgan eman-
ni haybatli daraxt desa bo'ladi.
Bunday ulkan
daraxtning tagida qor-yomg'ir hamda quyosh nu-
ridan bemalol saqlansa bo'ladi. Eman daraxti
boshqa daraxtlardan kechroq gullaydi.
Eman 1000 yilgacha yashaydi. Dastlabki 80
yil ichida u ko'proq bo'yiga, keyin esa eniga
o'sadi. Uning bo'yi 50 metrgacha yetadi.
Eman daraxtining
tanasi baquwatlashib,
shox-shabbalari keng yoyilganda ulkan bo'lib
ko'rinadi. Yong'og'idan endigina ko'karib
chiqqan kichkina eman ko'chati esa boshqa
butalaming tayanchiga muhtoj bo'ladi. Shuning
uchun ham o'rmonchilaming «Eman parvarish-
talab, yorug'sevar daraxt» deyishlari bejiz emas.
Haqiqatan ham eman yorug'likni yaxshi ko'radi,
yuqori qismi soyani yoqtirmaydi. Uning atrofida
yosh eman, qayin, archa daraxtchalari bo'lsa, ay
niqsa, yaxshi o'sadi.
Eman ulkan bo'lgani bilan qattiq sovuqqa chi-
day olmaydi. Kuchli issiqni ham xohlamaydi.
O'zbekistonda eman manzarali o'simlik sifati-
da o'stiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: