DARSNING TIPI: Yangi bilim beruvchi
DARS TURI : Yakkama-yakka raqobat
DARS USLUBI : Noan’anaviy integral-aralash
DARS JIHOZI : Musiqa asbobi,darslik,ko’rgazmalar,slaydlar,kompyuter,qo’shimcha adabiyotlar;
DARSNING BORISHI:
a)Tahkiliy qism
b)ovoz sozlash mashqi Lya-minor tonnaligi
v)o’tilgan mavzuni mustahkamlash
Jamoa bo’lib kuylash:
SAVTI KALON SOQIYNOMASI
Bobur g’azali “Rost” maqomidan
Keltursa yuz baloni o’shal bevafo menga,
Kelsun,agar yuzimni evursam balo menga.
Netgaymen ul rafiq bilakim qilur base,
Mehr-u vafo raqibg’a,javr-u jafo menga.
Begona bo’lsa aql meni telbadin ne tong,
Chun bo’ldi ul parisifatim oshno menga.
REJA:
1.Bastakorlar hayoti va ijodi
2.Musiqa asboblari
3.Musiqiy janrlar
4.Shashmaqom haqidagi bilimlar
5.Musiqiy uslublar
6.Topishmoqlar
7.Musiqali pauza
8.Slaydlar
9.Tezkor savollar
10.Bilimdonlik sinovi
11.Musiqiy atamalar
12.Ijodiy faoliyat
DARSNING BORISHI:
O’quvchilar davomati tekshiriladi va darsga tayyorgarlik ko’radi.
O’quvchilar bugungi darimiz “O’yla,izla,top!” o’yini tarzida o’tkaziladi.Darsni ikki guruhga bo’lingan holda olib boramiz.
O’quvchilar 2 guruhga bo’linib,ularga nom beriladi.Guruh nomini o’quvchilar tanlaydilar.
1.Bastakorlar hayoti va ijodi
Har ikkala o’quvchi mustaqil o’qish uchun berilgan 3 ta bastakor rasmlarini tanlab,ular haqida ma’lumotlar beradi.
2.Musiqa asboblari
Har ikkala o’quvchidan tanlangan 2 asbob haqida aniq ma’lumotlar berish talab qilinadi.
3. Musiqiy janrlar
1.QO”SHIQ
2.RAQS
3.LAPAR
O’quvchilar musiqiy janrlarni tavsiflay olishlari va haqida to’liq ma’lumot berishlari lozim
4.Shashmaqom haqidagi bilimlar
O’quvchilar Shashmaqom tarixi va uning bo’limlari,uni
kelib chiqishi va mashhur ijrochilari haqida ma’lumotlar berishlari kerak.
5.Musiqa uslublari
1.SURXANDARYO-QASHQADARYO MUSIQA USLUBI;
2.BUXORO-SAMARQAND MUSIQA USLUBI;
3.XORAZM MUSIQA USLUBI;
4.FARG’ONA – TOSHKENT MUSIQA USLUBI;
Respublikamizda mavjud 4 ta mahalliy uslublar haqida bilim va malakalarini sinovdan o’tkazish.
6.Topishmoqlar
Musiqaga oid belgilar,musiqa asboblari haqida ma’lumotlar beriladi.O’quvchilar qaysi belgi yoki asbob haqida gapirilayotganini bilishlari kerak.
U belgi kuyning ma’lum bir qismini 2 marta takrorlash uchun qo’yiladi.Ko’proq qo’shiq naqarotlarida uchraydi. (Repriza belgisi)
Tovushlarning boshida
Boshlovchi men har doim
Mensiz hech qanday tovush
Yangramaydi hech qachon ( Sol kaliti)
Do'stlaringiz bilan baham: |