Eng yangi tarix


II-bob. 1918-1939 YILLARDA FRANSIYA



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/48
Sana14.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#793768
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48
Bog'liq
Eng yangi tarix

II-bob. 1918-1939 YILLARDA FRANSIYA
1-
§
. Urushdan keyingi iqtisodiy va siyosiy inqiroz
yillarida Fransiya


14
Urush 10 ta sanoat departamentini va ko‘pgina qishloq rayonlarni butunlay vayron qildi.
Urushda 1 million 400 ming kishi halok bo‘ldi. Urush xarajatlari natijasida ko‘rilgan zararning
umumiy summasi 200 milliard frankka yetdi. Urush sutxo‘r imperializm mamlakati bo‘lgan
Fransiyaning moliyaviy quvvatiga katta zarba berdi. Fransiya AQSH dan 4 milliard dollar va
Angliyadan 650 million funt sterling qarzdor bo‘lib qoldi. Fransiya shunday katta zarar evaziga o‘z
ittifoqchilari bilan birgalikda Germaniya va uning ittifoqchilari ustidan g‘alaba qozondi. U
Germaniyadan Elzas-Lotaringiyani qaytarib oldi, Marokash ustidan protektoratini mustahkamladi,
Turkiya mustamlakalari bo‘lgan Suriya va Livanni idora qilish mandatini oldi. Germaniyaning
Afrikadagi mustamlakalari Togo va Kamerunni Angliya bilan bo‘lishib oldi. Fransiya Yevropada o‘z
gegemonligini o‘rnatishga zo‘r berib urindi. U 1919 yilgi Parij konferensiyasida Saar oblastining
o‘ziga berilishini, Fransiya “himoyasida” Reyn avtonom davlatini tuzishni, Bavariyaga mustaqillik
berishni, Polsha territoriyasini kengaytirishni talab qildi. Fransiyaning bundan ko‘zlagan maqsadi
Germaniyani ancha zaiflashtirish, Bavariyani o‘ziga bo‘ysundirish va Polshani kuchaytirib, undan
o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanish edi. Biroq, bunga Angliya va AQSH davlatlari rozi bo‘lishmadi.
Konferensiya qaroriga binoan, urushda ko‘p zarar ko‘rgan Fransiyaga Saar oblasti toshko‘mirini
olib turishga ijozat berildi, lekin uning Germaniyadan oladigan reparatsiya hissasi tezda
aniqlanmadi, ko‘p tortishuvlardan keyin, 1920 yilga kelib u reparatsiyaning 52%ini (8 mlyard oltin
marka) olish huquqiga ega bo‘ldi. Ammo Fransiya oladigan summasi uning AQShdan olgan
qarzlaridan oz edi. Shunga qaramasdan, urushdan keyingi yillarda Fransiyaning janubiy va g‘arbiy-
janubiy tomonlarida yangi sanoat rayonlari paydo bo‘ldi. Vayron bo‘lgan joylar tiklana boshladi.
Ichki bozor kengaydi. Elzas-Lotaringiyaning Fransiyaga qaytarilishi va Saar ko‘mirining Fransiyaga
berilishi bilan unda muhim xom ashyo manbalari vujudga keldi. Metallurgiya, avtomobil, aviatsiya,
to‘qimachilik va ximiya sanoatlari rivojlandi. Elzas va Lotaringiyaning qo‘shib olinishi natijasida
fransuz metallurgiya sanoatining quvvati 1,5 marta oshdi. Temir rudasi qazib olish bo‘yicha
Fransiya Yevropada birinchi o‘ringa chiqdi. Saar ko‘mir havzasidan foydalanish huquqi uni 15 yil
davomida ko‘mir bilan ta’minlar edi. Nihoyat, Germaniyadan olingan 8 milliard marka tovon puli
sanoatni texnologiya jihatidan to‘la qayta qurish imkonini berdi. Ayniqsa, og‘ir sanoat, harbiy
sanoat taraqqiy qildi. Ishlab chiqarish va kapital konsentratsiyasi kuchaydi. Bank va davlat apparati
bilan bog‘liq bo‘lgan gigant monopolistik birlashmalar (“200 oila”) kuchayib ketdi. Fransuz
bankining roli g‘oyat oshdi. Qudratli banklar paydo bo‘ldi, “Mirabo”, Rotshildlar oilasi, aka-uka
Lazarlar, Vorms, Malle va boshqalarga qarashli eng yirik banklar o‘z sarmoyalarini ko‘paytirdilar,
natijada ularning mamlakat hayotiga ta’siri kuchaydi. Sanoatning yetakchi tarmoqlarida “Reno”,
“Sitroyen”, “Pejo”, “Simka” kabi ulkan kompaniyalar tashkil topdi. Lekin boshqa sanoat
tarmoqlari, ayniqsa, yengil sanoat orqada qoldi va 1939 yilgacha urushdan oldingi darajaga
yetolmadi, mayda sanoat korxonalari esa avvalgidek ko‘p edi. Jahon miqyosida Fransiya sanoat
mahsuloti ishlab chiqarish jihatidan boshqa bir qator yirik kapitalistik mamlakatlardan orqada qoldi.
Barcha kapitalistik mamlakatlarning birgalikda olgan umumiy sanoat mahsulotida Fransiyaning
hissasi 1913 yilda 7,2% bo‘lsa, 1937 yilda 5,1% ni tashkil qildi, xolos. Urush Fransiya qishloq
xo‘jaligiga og‘ir ta’sir qildi. Aholining anchagina qismi (1936 yilgi ma’lumotiga ko‘ra 47,6%i)
qishloq aholisi edi. Urush dehqonlar o‘rtasida tabaqalanishni kuchaytirdi, vayron bo‘lgan mayda
xo‘jaliklar hisobiga katta yer egaligi o‘sdi, yer maydonining ko‘p qismi yer egalari qo‘lida to‘plandi.
1917 yil noyabridan beri mamlakatni Klemanso boshliq radikallar hukumati boshqarib keldi.
Radikallar partiyasi mayda va o‘rta burjuaziyaga tayanuvchi partiya bo‘lib, uning lideri Klemanso
monopoliyalarning odami edi. U mamlakatda yarim harbiy-diktatorlik rejimini o‘rnatdi. Keyinchalik,
sharoitga qarab Fransiyada turli burjua partiyalaridan iborat “milliy blok” va “so‘l blok”lar tuzildi.
“Milliy blok” 1919 yilda inqilobiy harakat yuksalib borayotgan sharoitda tashkil topdi. Eng reaksion
burjua partiyalari Respublikachilar federatsiyasi, Respublikachi-demokratik ittifoq va boshqa
partiyalar 1919 yil noyabrida navbatdagi parlament saylovlarida o‘ta ketgan reaksioner Puankare va
Milyeran boshchiligida “Milliy blok” tuzdilar, hamda bunga radikallar radikal-sotsialistlar partiyasini
ham jalb qildilar. “Milliy blok”ning maqsadi inqilobiy harakatni bostirish, Germaniyaning urushda
mag‘lubiyatga uchraganligidan ko‘proq foydalanib, Yevropada Fransiya gegemonligini o‘rnatish,


15
mustamlakalarni yanada kengaytirish va ularni talash edi. “Milliy blok” mayda va o‘rta burjuaziya
saylovchilarini inqilob xavfi bilan qo‘rqitib va shovinistik kayfiyatni kuchaytirib, ularni ancha
chalg‘itdi; Germaniya bilan tuzilgan Versal sulhi Fransuz aholisi uchun juda manfaatli bo‘ladi deb
avradi. “Milliy blok” saylovlarda ko‘p ovozga va deputatlar palatasi mandatlarining 2|3 qismiga ega
bo‘lib, katta g‘alabaga erishdi. 1920 yil yanvaridan 1924 yil mayigacha mamlakatni “Milliy blok”
hukumati (Milyeran, Ley, Brian, Puankare hukumatlari) boshqardi. Ko‘p o‘tmay Milyeran
prezidentlik lavozimini egalladi.
Antanta bilan Germaniya va uning sobiq ittifoqchilari bo‘lgan Avstriya, Bolgariya, Vengriya
va Turkiya o‘rtasidagi sulh shartnomalarining hammasi 1919-1920 yillarda Fransiyada Parij
yonidagi joylar va saroylarda (Versal, Sen-Jermen, Neyi, Trianon, Sevr)da imzolandi. Ushbu
shartnomalarda rasmiylashtirilgan xalqaro munosabatlar tizimi Versal sistemasi nomini oldi.
Fransiya Angliya bilan birgalikda 1919 yilgi Parij konferensiyasida tashkil topgan xalqaro tashkilot
Millatlar ittifoqida yetakchi rol o‘ynadi. Germaniya bilan Versal sulh shartnomasini tuzishda
Fransiya Yevropada gegemonlik pozitsiyasini egallashni va Germaniyani ancha zaiflashtirishni
mo‘ljallagan edi. Ammo yuqorida aytilganidek, Angliya va AQSH bunga yo‘l qo‘ymadi. Shunga
qaramay, Fransiya Elzas-Lotaringiyani Germaniyadan qaytarib olishdan tashqari, Germaniya va
Turkiya mustamlakalari hisobiga o‘z mustamlakalarini kengaytirdi, yaqin Sharqda Turkiya
mustamlakalaridan Suriya va Livanni egalladi. U Turkiyaning O‘rta Yer dengizi sohilidagi
Aleksandrettani, Klikiyani, Suriya chegarasi yaqinidagi bir qator rayonlarni bosib oldi. Fransuz
harbiy kemalari boshqa davlatlarning harbiy kemalari bilan birga Istambul yonida, Dardanel va
Bosfor bo‘g‘ozlarida suzib yurdi, Fransiya ham Turkiyada o‘z ta’sir doirasini kengaytirishni
mo‘ljalladi. Lekin fransuzlar turk xalqining jiddiy qarshiligiga uchradi. 1919 yildayoq Klikiyada turk
partizanlari fransuz bosqinchilariga qarshi chiqdi. 1921 yil yozida turk qo‘shinlarining ingliz-grek
bosqinchilari ustidan qozongan g‘alabasi Fransuz agressorlarini shoshirib qo‘ydi va o‘sha yilning
oktabrida Turkiya hukumati bilan separat sulh shartnomasi tuzishga majbur qildi. Klikiyadan
Fransuz qo‘shinlari olib chiqib ketildi. Klikiya Turkiya tarkibiga kirdi. Aleksandrettada Fransiya
imtiyozlari cheklab qo‘yildi. Turkiya hukumati Suriyaga yaqin chegara rayonlariga yaqin ayrim
yerlarni Fransuz kompaniyasiga konsepsiyaga berishga rozi bo‘ldi. 1921 yilda Fransiya Polsha bilan,
1921-1922 yillarda Chexoslovakiya, Yugoslaviya va Ruminiya bilan ittifoqchilik bitimlarini va
Fransiya ta’siri ostida keyingi uch davlatdan iborat bo‘lgan ittifoq tuzdi. Bu bitimlar va uch davlat
ittifoqidan iborat bo‘lgan Kichik Antantaning tuzilishi avvalo Sovet Rossiyasiga, so‘ngra
Germaniyaga qarshi qaratilgan va Fransiyaning Yevropada gegemonlik maqsadlariga qaratilgan edi.
Bunga javoban Germaniya bilan Rossiya 1922 yilda, Genuya konferensiyasi paytida diplomatik
munosabatlar o‘rnatish haqida shartnoma tuzdi. Bu ahdlashuv keng miqyosli iqtisodiy munosabatlar
o‘rnatish yo‘lini ochar edi. Shunday qilib, Germaniya birinchi bo‘lib Rossiyani iqtisodiy jihatdan
qamal qilish haqidagi kelishuvni buzdi. Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi shartnoma Genuya
yaqinidagi Ropallo degan joyda imzolangani uchun shu nom bilan ataldi. U ikkala mamlakatning
ham xalqaro mavqeini mustahkamladi. O‘z navbatida Yevropada, shu jumladan Bolqonda
gegemonlik qilish uchun urinayotgan AQSH, Angliya va Italiya davlatlari bilan Fransiya o‘rtasidagi
ziddiyatlar ham kuchayib bordi. Tinch okean va uzoq Sharq rayonlarida Fransiya bilan AQSH va
Angliya o‘rtasidagi ziddiyat kuchaydi. 1923 yili Fransiyaning ichki va tashqi siyosiy hayotida muhim
voqealar bo‘lib o‘tdi.
1922 yil yozida Buyuk Britaniya va AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hamda Rapollo
shartnomasidan ruhlangan Germaniya har yilgi tovonni to‘lashdan bosh tortdi. Bunga javoban
Fransiya, Belgiya va Italiyaning qo‘llab-quvvatlashi bilan 1923 yil yanvarida o‘z qo‘shinlarini
Germaniyaning og‘ir sanoat markazi bo‘lgan Rur oblastiga va Reyn viloyatining bir qismiga kiritib,
bu yerlarni bosib oldi. Ammo Fransiya hukmron doiralarining rejasi amalga oshmadi. Germaniya
hukumati da’vati bilan Rur aholisi ishdan bosh tortdi. Fransiyaga Rur ko‘miri butunlay bormay
qoldi. Natijada cho‘yan va po‘lat quyish keskin qisqardi. Fransuz franki kursi tushib ketdi. Rurning
bosib olinishi ichki siyosiy inqiroz va xalqaro munosabatlardagi chigalliklar bilan yakunlandi.
Rurning okkupatsiya qilinishi va Germaniyada inqilobiy vaziyatning yetilishi AQSH va Angliya


16
davlatlarini bezovta qildi. Ular Yevropada o‘z rolini oshirish uchun urinayotgan edilar. AQSH va
uning himoyasidagi nemis burjuaziyasi va hukmron doiralari Fransiya oldida taslim bo‘lmadi.
Moliya qiyinchiliklari natijasida Fransiya AQShdan qarz so‘rashga majbur bo‘ldi. AQSH qarz
berishdan oldin Rurni bo‘shatib chiqishni talab qildi. Fransiyaning imperialistik agressiyasi siyosati
va Rur avantyurasi shu tariqa mag‘lubiyat bilan tugadi.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish