31
qondirishdan bosh tortdi. Berlindan berilgan buyruqqa muvofiq butun Chexoslovakiyada nemis
aholisi bosh ko‘tardi, politsiya bilan qurolli to‘qnashuvlar ro‘y berdi. 1938 yil 29 sentabrda
Myunxenda AQSH ning maslahatiga ko‘ra Germaniya, Italiya, Angliya va Fransiya hukumat
boshliqlarining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, sharmandali va jinoiy bitim imzolandi. 10 oktabrda
konferensiya qaroriga ko‘ra Chexoslovakiya Teshen viloyatini Polshaga berdi, 2 noyabrda esa
Germaniya tashqi ishlar vaziri Ribbentrop va Italiya tashqi ishlar vaziri graf Chiano Vengriyaga
Slovakiyaning bir qismini berish to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar. Shu taxlit Chexoslovakiyani bo‘lib
tashlash amalga oshirildi. Myunxen bitimiga muvofiq - 1938 yil kuzida Gitler qo‘shinlari
Chexoslovakiyaning Sudet viloyatini, 1939 yil martida Chexoslovakiyani butun viloyatini bosib oldi.
Chexoslovakiya parchalab yuborildi. Slovakiya rasman mustaqil, amalda Germaniyaga tobe
davlatga aylandi. Chexoslovakiyaning asosiy qismi Bogamaya va Moraviya “Protektorati” nomi
bilan Germaniya tarkibiga qo‘shib olindi.
Gitlerchilar o‘sha yilning 1939 yil martida Litvaning Klaypet viloyatini ishg‘ol qildilar.
Fashistlar Yevropaning Sharqi va Sharqi-Janubida o‘z pozitsiyalarini tobora kuchaytirdi. 1939 yil
boshlarida Vengriya va Ispaniya “Antikomminterin pakti”ga jalb qilindi. 1938 yil oktabr va 1939 yil
martida Gitler Germaniyasi Dansigni Germaniyaga qo‘shish, Germaniyaning asosiy tumanlari
hududini sharqiy Prussiya bilan bog‘lash uchun Polsha hududidan avtomashinalar qatnaydigan
maxsus uskunalangan yo‘l va tor izli temir yo‘l qurish to‘g‘risida Polshaga talablar topshirildi.
Germaniya bilan Polsha o‘rtasida jiddiy nizo boshlandi. Gitlerning topshirig‘i bilan 1938 yil
noyabrida Polshani bosib olish “Veys” rejasi ishlab chiqildi.
Germaniya haddan tashqari tezkor usulda harbiylashtirildi. 1933 yildan 1939 yilgacha
qurollanishga juda katta pul 90 milliard reyx marka sarflandi. Urushga tayyorlanishga har yili davlat
budjetini 2|3 qismi ajratildi. 1938 yilga kelib Germaniya xo‘jaligi va armiyasining “katta urush”ga
tayyorligi asosan tugallandi. Revanshist German armiyasi qayta tiklandi, soldat va ofitser soni 1,5
million kishidan oshdi. Diviziyalar soni 1939 yilda 51 taga yetdi. Harbiy havo floti tez rivojlandi.
1939 yilda chegara istehkomlari qurilishi tamomlandi.
Angliya 1938 yil sentabrida, Fransiya 1938 yil dekabrida Germaniya bilan hujum qilmaslik
to‘g‘risida bitimlar tuzdilar. Gitler Germaniyasi oldin g‘arbiy davlatlarga hujum qilishni, shu bilan
butun Yevropani kuch qudratini o‘ziga bo‘ysundirishni rejalashtirdi.
Biroq, Chexoslovakiya bosib olinganidan so‘ng G‘arb mamlakatlari tashvishga tushib
qoldilar. 1939 yil 31 martda Angliya hukumati Polshani chetdan unga qarshi agressiya uyushtirilgan
taqdirda, «har tomonlama yordam» berishiga ishontirdi. Fransiya hukumati ham xuddi shu gapni
takrorladi. Biroq, Gitler Angliya ham, Fransiya ham Polsha uchun urushmasliklari, buning ustiga
ular urushga tayyor emasliklarini yaxshi tushunardi. 1939 yil 11 aprelda «Veys» rejasining uzil-kesil
varianti tuzilib, unda Gitler «Polshani nihoyat bir yoqli qilish», «Polshaning harbiy qudratini yakson
qilish» va Polshani davlat sifatida tugatish zarurligini uqtirdi. Polshaga hujum 1939 yil 1 sentabrga
belgilandi.
1939 yilning yozida Germaniya SSSRga murojaat qilib xujum qilmaslik to‘g‘risida
shartnoma tuzishni taklif qildi. 1939 yil 23 avgustda Germaniya bilan SSSR o‘rtasida hujum
qilmaslik ahdnomasi imzolandi. Endi Polshaga hujum qilish uchun yo‘l ochiq edi. 1939 yil 1-
sentabrda Gitler Germaniyasi Polshaga hujum qildi va ikkinchi jahon urushini boshlab berdi. Bundan
tashvishga tushgan Angliya va Fransiya 3 sentabrdan Germaniyaga urush e’lon qilishga majbur
bo‘ldilar shunday qilib, ikkinchi jahon urushi boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: