22
absalyut monarxiyadan iborat edi. Kapitalistik ekspluatatsiya zulmining yarim feodal formalari
(yerni ijaraga olganlik evaziga ishlab berish rentasi, “Xizmatkorlar haqida yarim krepostnoylik
qonuni) bilan qo‘shilib ketgan edi.
Ishchilar sinfi mamlakat aholisining ko‘pchiligini tashkil etar edi. 1920 yilda Germaniyada
yollangan ishchi kuchlari soni 19,5 million kishi bo‘lib, shundan 13 million kishi sanoat, savdo va
transportda 3,8 million kishi qishloq xo‘jaligida ishlar edi. Birinchi jahon urushi mamlakatga katta
zarar, xalq ommasiga og‘ir kulfatlar keltirdi. Iqtisodiy va siyosiy zulm kuchaydi. Sanoat
korxonalarida harbiy katorga rejimi o‘rnatildi. Ish soatlari oshirilib ish haqi pasaytirildi. Qishloq
xo‘jaligi chuqur inqirozga uchradi. Ekin maydonlarining yarimidan ortig‘i qisqardi. Ko‘p sanoat
markazlari vayron bo‘ldi. Moliyaviy ahvoli yomonlashib davlat qarzi ko‘paydi. Ochlik va epidemiya
natijasida 900 mingdan ortiq kishi o‘ldi. Urushda 1 million 800 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi, 1
million 500 ming kishi mayib majrux bo‘lib qoldi.
1918 yil avgustida Antanta g‘arbiy frontda hujumga o‘tdi. Germaniya va uning ittifoqchilari
jiddiy mag‘lubiyatga uchradi. 1918 yil kuzida Turkiya, Bolgariya, Avstriya-Vengriya birin-ketin
Antantaga taslim bo‘ldi.
Frontlardagi harbiy holat siyosiy krizisni chuqurlashtirib yubordi. Germaniya imperializmini
qutqarib qolishga intilgan AQSH prezidenti Vilsonning maslahati bilan 1918 yil 3 oktabrda sotsial
partiya o‘ng qanotining vakillari (SHeydeman va Bauer) ishtirokida shaxzoda Maks Badenskiy
boshchiligida yangi, kaolitsion hukumat tuzildi. Lekin hukumat o‘zgarishi ichki siyosiy ahvolni
yengillashtira olmadi. Mehnatkashlar ommasini inqilobiy chiqishlari kuchayib, Vilgelm 11 ning
monarxiya hokimiyatini yo‘qotish qat’iy talab qilinmoqda edi.
1918 yil 3 noyabrda Kilda harbiy flot matroslarining qo‘zg‘oloni bo‘lib, Germaniyada
inqilob boshlanib ketdi. Kil shahri qo‘zg‘olonchilar qo‘liga o‘tdi. Inqilob bir hafta ichidayoq
mamlakatning shimoliy, markaziy va janubiy tomonlariga yoyildi. Ayniqsa, poytaxt Berlinda inqilob
avj oldi. Bu yerda spartakchilarning chaqirig‘i bilan 9 noyabrda umumiy ish tashlash boshlandi va
qurolli qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Soldatlarning bir qismi qo‘zg‘olonchilarni qo‘llab-quvvatladi.
Strategik punktlar ishg‘ol qilindi. Monarxiya hokimiyati ag‘darilib tashlandi. Imperator Vilgelm 11
Gollandiyaga qochdi.
10 noyabrda Berlin Sovetining birinchi plenumi yangi hukumatni “Xalq vakillari Soveti”ni
tuzdi. Plenumda ko‘pchilik sotsial-demokratlar va “Mustaqil” sotsial-demokratlar bo‘lganligidan,
bu hukumat sotsial-demokratik hukumat edi.
Ebert va SHeydemanlar hukumat boshliqlari bo‘lib oldilar va hukumatni “Sof sotsialistik
hukumat” deb atadilar. “Topilmas mutaxassislar” bahonasi bilan hukumatga burjua amaldorlari bir
qancha sobiq ministrlar ham kiritildi. Bu hukumat aslida burjua-yunkerlar manfaatlarini himoya
qiluvchi burjua hukumati edi.
1918 yil 12 noyabrda Germaniya bilan Antanta o‘rtasida Germaniyaning batamom taslim
bo‘lishi to‘g‘risida yarash bitimi imzolandi. 1918 yilning 16-21-dekabrida Sovetlarning birinchi
umumiy Germaniya syezdi bo‘lib o‘tdi. Syezdda o‘ng sotsial-demokratlar va “Mustaqil” sotsial-
demokratlar ko‘pchilikni (485 kishidan 375 kishi) tashkil etdi. Syezd butun hokimiyatni Ebert
hukumati qo‘lida qoldirish va Ta’sis majlisiga saylovlar o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
1919 yil 19 yanvarda Milliy ta’sis majlisiga saylovlar o‘tkazildi. Ko‘pchilik o‘rinni burjua
partiyalari (Xristian demokratik partiya”, “Katolik-Markaz” partiya, savdo-sanoat burjuaziya
partiyasi bo‘lgan “Demokratik partiya” sanoat va moliya magnatlari partiyasi bo‘lgan “Xalq
Do'stlaringiz bilan baham: