Eng yangi tarix



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/48
Sana14.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#793768
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48
Bog'liq
Eng yangi tarix

3-
§
. Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida Angliya
Inqiroz Angliya iqtisodiyotini yanada orqaga surib yubordi. 1930 yildagi sanoat mahsuloti
1929 yildagi ko‘rsatkichning 92,4% ga, 1931 yilda 83,8% ga, 1932 yilda esa 82% ga tushib qoldi.
Ko‘mir, mashinasozlik, kemasozlik va boshqa ba’zi sanoat tarmoqlarining mahsuloti 40% ga
kamayib, 1897 yildagi darajaga tushib qoldi. Angliyaning jahon savdosidagi roli ham pasaydi.
Tashqi savdoning hajmi ikki hissa kamaydi. Angliyani an’anaviy bozorlardan siqib chiqarish jarayoni
avj oldi. Inqiroz natijasida juda ko‘p mamlakatlar kasodga uchrab, Angliya mahsulotlarini rad
etdilar. Bir vaqtning o‘zida xorijiy raqiblar Angliyani hatto uning ichki bozoridan ham siqib
chiqarishga urindilar. Yevropa va AQShda ro‘y bergan moliyaviy inqiroz, Markaziy Yevropadagi
banklarning kasodga uchrashi Angliya pulining qadrsizlanishiga olib keldi va uning oltin bilan
ta’minlanishiga barham berdi.
Angliya iqtisodiyotining eng zaif joyi ishsizlik bo‘ldi. 1929-1933 yillardagi inqiroz
ishsizlikning Angliya tarixida bo‘lmagan darajada o‘sishiga olib keldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra,
1930 yilda barcha ishchilarning 17% i ishsiz edi, 1931 yilda ishsizlik darajasi 23% ga, 1932 yilda esa
25% ga o‘sdi. 1932 yilda har to‘rtinchi ishchi ishsiz edi. Iqtisodiy inqirozning boshlanishi
leyboristlar partiyasining yana hukumat tepasiga kelish vaqtiga to‘g‘ri keldi. 1929 yil mayidagi
parlament saylovlarida konservatorlar hukumatining ichki va tashqi siyosatidan norozi bo‘lgan
ishchilar leyboristlarga ko‘p ovoz berdilar. 1929 yil iyunida R.Makdonald (1866-1937 yy)
boshchiligidagi leyboristlarning ikkinchi hukumati tuzildi.
R.Makdonald realist siyosatchi bo‘lib, Angliyaning sobiq buyukligini qaytarishni xomxayol
deb hisoblardi. Biroq u Angliyani bostirib kelayotgan halokatdan qutqarishga va mamlakatning
jahondagi mavqeini eng avvalo muvaffaqiyatli diplomatik kombinatsiyalar uyushtirish hamda
Millatlar Ligasidan foydalanish yo‘li bilan saqlab qolishga urindi.
Biroq R.Makdonald boshchiligidagi ikkinchi leyboristlar hukumati qiyin ahvolda qoldi. Bir
tomondan, ish berish va yashash sharoitlarini yaxshilashni talab qilgan mamlakat aholisiga berilgan
va’dalarni bajarish, ikkinchi tomondan esa, davlat ijroiya hokimiyati vazifalarini bajarish va
mamlakatni bosib kelayotgan iqtisodiy inqirozdan saqlab qolish lozim edi. Leyboristlar o‘z
majburiyatlarini qisman bajardilar. Ko‘mir konlarida 7 soatlik ish kuni joriy etildi. 1930 yilda
ishsizlik bo‘yicha sug‘urta to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilindi, ishsizlik bo‘yicha nafaqalar olish
muddati 3 oydan 12 oygacha uzaytirildi. Ishsizlikka qarshi kurash bo‘yicha maxsus vazirlik hamda
ishsizlar uchun ish qidirish bo‘yicha maxsus qo‘mita tashkil qilindi. Bu choralar ishsizlarning
ahvolini ma’lum darajada yaxshilashga xizmat qildi.
Biroq, umuman olganda, ikkinchi leyboristlar hukumati inqiroz og‘irligining katta qismini
mamlakat mehnatkashlari yelkasiga yuklashga urindi. 1930 yil bahorida Angliyani yana sinfiy kurash
to‘foni larzaga soldi. Butun mamlakat ishsizlarning harakatida ishtirok etdi. 1930 yil martdan
aprelgacha ishsizlar va ochlarning ommaviy yurishi bo‘lib o‘tdi va u Londonga Gayd-parkdagi
ulkan namoyish bilan yakunlandi. Angliyada vaziyat kundan-kunga keskinlashib borardi. Ishlab
chiqarishda ommaviy ish tashlashlar boshlandi, tadbirkorlar bunga javoban ommaviy ishdan
bo‘shatishlar bilan javob berdilar. Faqat to‘qimachilik sanoatida 250 ming ishchi, temir yo‘llar, junni
qayta ishlash sanoatining yuz minglab ishchilari ishdan bo‘shatildi.
Leyboristlar hukumati moliyaviy inqirozdan qutulish uchun 1931 yildan ijtimoiy extiyojlarga
oid xarajatlarni yanada qisqartirish va egri soliqlarni oshirishni mo‘ljalladi. Bu esa leyboristlar


11
partiyasining o‘zida ham norozilik tug‘dirdi, natijada partiya inqirozi, ixtilof va ajralish ro‘y berdi.
Leyboristlarning ikkinchi hukumati 1931 yil avgustida iste’fo berdi. Angliya hukmron doiralari yirik
siyosiy nayranglarni amalga oshirishga ahd qildilar. 1931 yil avgustida R.Makdonald hukumati
iste’foga chiqdi, biroq ertasi kuniyoq qirol Georg U (1865-1936, 1910-1936 yillarda hukmronlik
qilgan) unga hamkorlik asosida konservatorlar ishtirokida yangi hukumat tashkil qilish vazifasini
topshirdi. Hukumatdagi ko‘pchilik o‘rin konservatorlarga tegishli edi, biroq Bosh vazir kursisida
Makdonald qoldirildi. Bu yangi siyosiy xiyla-nayrang bo‘lib, unda leyboristlar rahbarlik,
konservatorlar esa hukmronlik qilardilar.
Yangi hukumat mehnatkashlarning ijtimoiy imtiyozlariga qarshi yoppasiga xujum boshladi.
Ishsizlik bo‘yicha nafaqa 10% ga pasaytirildi. O‘ng leyboristlar, konservatorlar va liberallar bilan
birlashib, Makdonald boshchiligidagi Reaksion “milliy hukumat” 1935 yil yozigacha hokimiyat
tepasida turdi.
Milliy koalitsiya hukumati Britaniya iqtisodiyotini oyoqqa turg‘izish bo‘yicha qizg‘in ishga
kirishdi. 1931-1932 yillarda parlament Angliyaga olib kiriluvchi barcha turdagi mahsulotlarga
narxining kamida 10% miqdorida bojxona solig‘i belgiladi. Angliya tarixda birinchi marta erkin
savdo tamoyillariga qarshi borib, milliy iqtisodiyotni himoya qilish (proteksionizm) yo‘lini tutdi.
Angliya “Milliy hukumati” tashqi siyosatida AQSH va Fransiya hukumatlari bilan birgalikda
Yaponiyaning Manchjuriyani bosib olishiga, Germaniyada hokimiyatning gitlerchilar qo‘liga
o‘tishiga, urush o‘choqlari va tugunlarining paydo bo‘lishiga, urush olovining kuchayib borishiga
yo‘l qo‘ydi va fashist agressorlarni rag‘batlantirdi. 1933 yilda Angliya, Fransiya, Germaniya va
Italiya o‘rtasida “To‘rtlar ahdnomasi” tuzildi va fashist agressorlar bilan til biriktirildi.
Ingliz mustamlakachilari o‘z mustamlakalarini, ayniqsa, Hindistonni tobora ko‘proq talashga
zo‘r e’tibor berib keldilar. Ular Hindistonga chiqariladigan ingliz sanoat tovarlarining narxini
pasaytirmaslikka, Hindiston qishloq xo‘jalik mahsulotlarini arzon bahoda olib turishga intildilar
(1929-1923 yillarda ingliz sanoat tovarlarining narxi faqat 20-25% pasaygan bo‘lsa, Hindiston oziq-
ovqat mahsulotlarining 2-3 baravar pasayib ketdi). Inqiroz yillarida Angliya kapitalining
Hindistonga chiqarilishi 3 marta ko‘paydi, og‘ir shartlar bilan zayomlar berildi. Hind aholisi haddan
tashqari talanib, Angliyaga ko‘plab oltinlar keltirildi. Shu bilan birga Angliya Hindiston milliy
kuchlarining jipslashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida hamda qonli terror va jazo-ta’qib siyosatini
kuchaytirdi. Unga ko‘ra Germaniyaga Angliya harbiy-dengiz flotining 1|3 ga teng harbiy-dengiz
floti tuzishga ruxsat etildi. Bunday flotni tuzib Germaniya butun Boltiq dengizida xo‘jayinga
aylanardi. Angliya-Germaniya bitimi Versal bitimini buzardi, biroq buzg‘unchi bu safar Angliya
bo‘lib, u Germaniyaning bunday buzg‘unchiliklariga qarshi norozilik bildirishga ma’naviy huquqni
yo‘qotardi. Fashistlar tomonidan Reyn hududining bosib olinishini Angliya jim turib kuzatdi. Bu
Germaniyaga qilingan tajovuzni davom ettirish haqida qilingan taklifdan boshqa narsa emasdi.
Angliya Ispaniya respublikasi taqdirida ham salbiy rol o‘ynadi. 1936 yil avgustida Londonda
Angliya hukumatining tashabbusi bilan Yevropa mamlakatlari Ispaniyaga qurol-yarog‘ (shu
jumladan samolyotlar)ni eksport va tranzit qilishni taqiqlovchi Ispaniya ishlariga aralashmaslik
to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar. Bu taqiqning bajarilishini kuzatish va nazorat qilish uchun ingliz
lord Plimut rahbarligida Aralashmaslik qo‘mitasi tuzildi. Bu qo‘mita fashist davlatlariga Ispaniya
respublikasini yo‘q qilishga ko‘maklashdi. U Ispaniyada respublika uchun kurashayotgan
respublikachi va demokratlar uchun qurol-yarog‘ va hatto oziq-ovqat keltirilishining yo‘lini to‘sdi
va fashist isyonchilarini ta’minlash uchun barcha yo‘llarni ochib berdi. Politsiya va qo‘shinlar bilan
to‘qnashuvlar bo‘lib, ularda yuzlab namoyishchilar o‘ldirildi. Mamlakatda kasaba uyushmalari
harakati faollarining ishi bo‘yicha jarayon o‘tkazildi. Ularga juda og‘ir jazolar belgilandi - ayrimlari
umrbod katorga ishlariga, boshqalar esa 12 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Shunday qilib Angliya
hukumati o‘z mustamlakalarini tark etish niyati yo‘qligini bildirdi.
Angliya hukmron doiralari dominionlardagi aholiga nisbatan bir qancha yon berishlarga
majbur bo‘ldi. 1931 yilda Angliya parlamenti uning biror-bir qonuni dominionlarga ularning rasmiy
roziligisiz tadbiq etilmasligini ko‘zda tutuvchi xujjatni qabul qildi. Dominionlar qabul qilgan qarorlar
endi. Angliya parlamenti tomonidan tasdiqlanmasdi. Angliya parlamentining bu xujjati Vestministr


12
nizomi nomini oldi. U Angliya parlamentining mustamlaka va dominionlarda qabul qilingan
qonunlarni bekor qilish huquqiga barham berdi. Vestministr nizomi dominionlarning mustaqilligini
jilovlovchi so‘nggi huquqiy cheklovlarni yo‘q qildi (Kanada, Yangi Zelandiya, Avstraliya). Shu
bilan birga, Britaniya hukumati mustamlaka va dominionlarning Angliyaga qaramligini
mustahkamlashga urindi. Ular Angliyaning sanoat ustaxonasi bo‘lib qolishlari lozim edi.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish