Eng yangi tarix” fani bo`yicha II qism (1945-2010-yillar) Bakalavriat yo`nalishi: 5220200-Tarix mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha



Download 1.37 Mb.
bet21/23
Sana11.01.2017
Hajmi1.37 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23

5. Yaponiya — O'zbekiston Munosabatlari

Yaponiya dunyo davlatlari ichida birinchilardan bo'lib O'zbekiston mustaqilligini tan olgan davlatlardan biri. 1992-yilning 28-avgustida Yaponiyaning O'zbekistonda faoliyat boshlagan birinchi elchisi Sulilo Edammura O'zbekiston Prezidenti I. Karimovga ishonch yorlig'ini topshirdi. Har ikki davlat o'rtasida o'zaro manfaatli hamkorlik yildan-yilga kengayib bordi. 1994-yilning 16—19-may kunlari O'zbekiston rahbarining Yaponiyaga rasmiy tashrifi bu ikki davlat aloqalarini yanada rivojlantirishda muhim rol o'ynadi.

Yaponiya — O'zbekiston munosabatlari rivojining XXI asr boshlarida yangi bosqichga ko'tarilishida I. Karimovning 2002-yilning 28—31-iyul kunlarida rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo'lishi katta ahamiyatga egadir. Bu tashrif davomida I. Karimov va Yaponiya Bosh vaziri J. Koidzumi muhim siyosiy hujjatni — «Do'stlik, strategik sheriklik va xalqaro hamkorlik to'g'risida»gi bayonotni imzoladilar. Bundan tashqari «O'zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish to'g'risida», «O'zbekistondagi islohotlarni qo'llab-quvvatlash to'g'risida» va yana boshqa qator hujjatlar imzolandi. Bu hujjatlar Yaponiya — O'zbekiston aloqalarini yangi bosqichga ko'tarishga xizmat qiladi.

Yaponiya O'zbekiston bilan har tomonlama yaqin hamkorlik qilib kelayotgan davlatlardan biri. Shu vaqtgacha Yaponiyaning O'zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasining hajmi 1,6 mlrd AQSH dollaridan oshganligi buning yorqin dalilidir. Ayni paytda O'zbekistonda 18 ta yapon kompaniyasining vakolatxonasi, 10 ga yaqin qo'shma korxona faoliyat ko'rsatmoqda.

Bundan tashqari Yaponiyaning «Taraqqiyotga rasmiy yordam» dasturi doirasidagi 100 min dollardan ziyod mablag'i O'zbekistonga ajratilgan. Shuningdek, Yaponiyaning turli oliy o'quv yurtlarida 70 ga yaqin o'zbekistonlik talaba ta'lim olmoqda. Rasmiy tashrif chog'ida Yaponiyaning yana 348 min iyen miqdorida grant ajratishi haqida bitim imzolandi.

Siyosiy sohada tomonlarning fikrlari bir-biriga yaqin va xalqaro terrorizmga qarshi kurash borasida o'zaro kelishib olindi. Ayni paytda O'zbekiston Yaponiyaning BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zosi bo'lishini yoqlab kelmoqda.

Shunday qilib, Yaponiya XX asrning ikkinchi yarmida vayronalikdan chiqib, qudratli rivojlangan davlatga aylandi. Bunga amerika omilining ta'siri, harbiy xarajatlarning kamligi, eng muhimi, yapon millatining ma'naviy yuksakligi sabab bo'ldi. Xalqning yagona musht bo'lib birlashuvi, o'z manfaatlarini xalq, yurt manfaatlari bilan muvofiqlashtirgan holda suiste'mol

qilmay olib borishi g'alabaning asosiy tayanchi bo'ldi. Yapon millati o'zining buyuk millat ekanligini dunyoga ko'rsatdi. Dunyo bugun «yapon mo'jizasi»dan hayratlanmoqda va tajriba sifatida foydalanmoqda.


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Ikkinchi jahon urushining Yaponiya uchun oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

2. 1951-yilda o'tkazilgan San-Fransisko xalqaro konferensiyasi qanday masalaga bag'ishlangan edi?

3. Yaponiyaning Sovet davlati bilan munosabati haqida gapirib bering.

4. Yaponiyada iqtisodiy islohotlar qachon boshlandi va nimalarga asoslandi?

5. «Yapon mo'jizasi»ning siri nimada?

6. Yaponiya tashqi siyosatidagi asosiy yo'nalishlar nimalardan iborat?

7. Yaponiya — O'zbekiston munosabatlari qanday rivojlanib bormoqda?
Yaponiya ishlab chiqarishida inson omili qanday rol o'ynaydi? Bu haqda referat yozing. O'zbekistonda Yaponiya tajribasidan nimalarni qo'llashni istar edingiz? Bu haqda yozma ma'lumot tayyorlang. Xomashyo kam bo'lgan Yaponiya qanday qilib taraqqiyotda dunyoda oldingi o'ringa chiqib oldi? Yapon ma'naviyati qanday? Bu haqda erkin fikr asosida bahs yuriting.

Mavzu: Hindiston XX asr ikkinchi yarmida.
Ko`rib chiqiladigan masalalar
1. Hindiston Respublikasining tashkil topishi

2. Iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot

3. Taraqqiyot yo'lidagi ijtimoiy-siyosiy muammolar

4. Tashqi siyosat

5. Hindiston - O'zbekiston munosabatiari

Darsning maqsadi.

1947 yil "Hindiston ittifoqi" va "Pokiston". Mustakillikni qo`lga kiritgandan keyin Hindiston. Mamlakatning ikkiga bo`lib yuborilganidan keyingi ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli. Hindistonning respublika deb e’lon qilinishi. J.Neruning ichki va tashqi siyosati. Hozirgi davrda Hindiston taraqqiyoti. 60-70 yillarda Hindnstondagi ichki siyosiy vaziyat. Hozirgi davrda Hindistondagi madaniy va ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyot. 80-90 yillarda Afg`oniston. II-jahon urushidan keyin Afg`onistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. Sovet-Afg`on munosabatlari. 1973 yildagi to`ntarish va Respublika e’lon qilinishi. M.Dovud siyosati. 1978 yildagi aprel inqilobi. H.Amin faoliyati. B.Karmal hukumatining ichki va tashqi siyosati. 80-90 yillarda Afg`onistondagi ichki va tashqi vaziyat.

1. Hindiston Respublikasining tashkil topishi

Ikkinchi jahon urushidan so'ng Hindiston xalqining milliy-ozodlik kurashi yanada kuchaydi. Bu harakatga, hatto, Buyuk Britaniya armiyasida xizmat qilayotgan hindistonlik soldat va matroslar ham qo'shilishdi. 1946-yilning fevralida Bombey harbiy-dengiz bazasi matroslarining bosh ko'tarishini deyarli butun Hindiston qo'llab-quwatladi. Shunday sharoitda Buyuk Britaniya hukumati Hindistonga mustaqillik berilishini e'ion qilishga majbur bo'ldi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri K. Ettli 1947-yil 20-fevralda Hindiston haqida yangi deklaratsiya bilan chiqdi va hokimiyatni «hindlar qo`liga» topshirishini bayon qildi.

1947-yilning 15-avgustida Hindiston mustaqilligi to'g'risida qonun qabul qilindi. Bunga ko'ra, Buyuk Britaniya hukmron doiralari Hindistonni ikki dominionga (Hindiston Ittifoqi va Pokistonga) bo'lib yubordi. Shu tariqa Buyuk Britaniya yana bir marta o'zining « Bolib tashla, hukmronlik qil!» shioriga sodiqligini namoyon qildi. Bu bo'linishni eng nozik belgi — diniy belgi asosida amalga oshirdi.

Hindiston Ittifoqi hududida aholining katta qismi (musulmonlar ham kam emas edi) hinduiylik diniga e'tiqod qilishardi. Pokiston aholisining katta qismi esa (hinduiylik diniga e'tiqod qiluvchilar ham kam emasdi) islom diniga e'tiqod qilardi.

Bir davlatning ikkiga bo'linishi jarayoni katta diniy to'qnashuvlar, qirg'inlar sharoitida amalga oshirildi. Ikki tomondan qochoqlar soni 8 min dan ortiqni tashkil etdi. Ayniqsa, Kashmir viloyatining Hindistonda qoldirilishi (bu viloyat aholisi asosan musulmonlardan iborat edi) Hindiston va Pokiston o'rtasida urush harakatlarini keltirib chiqardi. 1947-yil kuzida Pokiston qo'shinlari Kashmirga kirdi. Hindiston armiyasi bilan janglar bo'ldi.

M. K. Gandi bu diniy to'qnashuvga qarshi chiqdi. Hindistonda musulmonlarning hayot kechirishi uchun zarur sharoit yaratishni talab qildi. Bunga shovinist hind burjuaziyasi qarshi chiqdi. 1948-yil 30-yanvarda 70 yoshli M. K. Gandi o'idirildi. 1949-yilning 1-yanvarida bu ikki dominion o'rtasida urushni to'xtatish haqida bitim imzolanishiga erishildi. 1949-yilda Hindiston Ta'sis majlisi mamlakat institutsiyasini qabul qildi va u 1950- yilning yanvaridan kuchga kirdi. 1950-yilning 26-yanvarida Hindiston Respublika deb e'ion qilindi. Shunday qilib, hind xalqining Buyuk Britaniya mustamlakachiligiga qarshi salkam 100 yil davomida olib borgan milliy- ozodlik kurashi mustaqil davlatga ega boiish bilan yakunlandi.

Bu kurashga Hindiston Milliy Kongressi (HMK) rahbarlik qildi. Mustaqillikdan so'ng tuzilgan birinchi hukumatni HMK rahbari J. Neru (1889— 1964) boshqardi. Ayni paytda Hindiston Britaniya Millatlar Hamdo'stligi tarkibida qoldi.


2. Iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot

Yangi hukumat o'tkazgan dastlabki muhim islohot agrar islohot bo'ldi. Unga ko'ra, yer bevosita unda ishlayotganlarga berilishi ko'zda tutildi. Biroq zamindorlarning qattiq qarshilik ko'rsatishi oqibatida hamma dehqonlar ham yerli bo'la olmadi. Shunga qaramay, yerni zamindorlardan ijaraga olib shlayotganlarning katta qismi yerli bo'lib qoldi. Mustaqillik yillarida qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish hajmi ikki baravardan ortiq ko'paydi. Hindiston 1966-yilgacha uchta besh yillikni amalga oshirdi. To'g'ri, aholining barchasi ham to'q yashamayotgan yoki ma'lum qismi och holatda yashayotgan bo'lsa-da, islohot tufayli Hindiston o'z aholisini oziq-ovqat bilan asosan o'zi ta'minlash imkoniga ega bo'ldi.


3. Taraqqiyot yo'lidagi ijtimoiy-siyosiy muammolar

Hindiston hukumati milliy sanoatni rivojlantirishga ham alohida e'tibor berdi. Natijada sanoat ishlab chiqarishi deyarli to'rt baravar ko'paydi. Hindiston agrar davlatdan agrar-industrial davlatga aylandi. 1990-yilda Hindiston 170 min kv/s elektr energiya, 12 min tonna po'lat, 30 min tonna neft ishlab chiqardi. Avtomobil, avtobus, radio, televizor ishlab chiqarish yuksak sur'atlarda rivojlanmoqda. Traktor ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda yetakchi davlatlardan biriga aylandi.

Hindiston iqtisodiyotida davlat sektori yildan-yilga kamayib bormoqda. Bugungi kunda u jami milliy mahsulotning 20 foizini ishlab chiqaradi, xolos. Hindiston siyosiy hayotida parlamentarizm mustahkam qaror topdi. Hindiston Respublikasi butun taraqqiyoti yillarida katta ijtimoiy-siyosiy muammolarga duch keldi va hozirgacha ular o'z yechimini topgani yo'q. Bular: hinduiylar bilan musulmonlar o'rtasidagi diniy qirg'inlar; musulmonlarning Kashmirni Pokiston bilan birlashtirish uchun kurashi; sikxlarning siyosiy muxtoriyat uchun kurashi; Panjobning Hindiston tarkibidan ajralib chiqish uchun kurashi bilan bog'liq muammolardir. Bunga yana mamlakat 20 foiz aholisining yersizligi, 30 min ga yaqin aholining ishsizligi; 60 foiz aholining hamon savodsizligi kabi muammolar ham qo'shiladi.

1957-yil martida bo'lib o'tgan saylovlarda J. Neru yana Bosh vazirlikka saylandi, R. Prasad esa Prezidentlik lavozimini egalladi. J. Neru vafotidan so'ng 1964-yil 2-iyunda L. B. Shastri Hindiston Bosh vaziri bo'ldi. Lekin 1966-yil 11-yanvarda Pokiston bilan urushni to'xtatish haqida Ayubxon bilan bitimni imzolagach, Toshkentda vafot etdi.

L. B. Shastri vafot etgach, Indira Gandi 1966—1977-yillarda bosh vazir bo'lib turdi. I. Gandi o'z mavqeyini mustahkamlash uchun 1970-yilda 4- beshyillik rejani qayta ko'rib chiqdi va davlat sektorini mustahkamlash choralarini ko'rdi. 14 ta bank, ulgurji savdoning bir qismi milliylashtirildi, monopoliyalarning roli cheklandi. Mayda ishlab chiqarish (kichik biznes)ni rivojlantirish choralari ko'rildi. Ba'zi shtatlarda mayda yer uchastkalariga soliq bekor qilindi, katta yer egalari yerlarining maksimal darajasini pasaytirish, sobiq knyazlarning pensiya va imtiyozlarini bekor qilish choralari ko'rildi. Bu narsa parlamentda oppozitsiyani kuchaytirdi. 1971-yilda sug'urta ustidan nazorat o'rnatildi, yengil sanoatda davlat korxonalari paydo bo'ldi, xususiy mulkni milliylashtirish haqida konstitutsiyaga tuzatish kiritildi.

Bu tadbirlar yirik burjuaziya va monopolistik unsurlarning noroziligini kuchaytirdi. HMKda ham bo'linish yuz berdi. 1975-yilda hukumat yangi dastur e'ion qildi. Unda xalqni g'alla va boshqa tovarlar bilan ta'minlash uchun davlat ta'minot tizimini joriy qilish, yer uchastkalarining maksimal darajasini cheklash va ortiqcha yerni yersiz dehqonlarga berish haqidagi qonunni barcha shtatlarda joriy qilish, qishloq xo'jalik ishchilarining minimum ish haqini belgilash, uy qurish uchun bepul yer ajratish, qaram mehnatni bekor qilish, eng kambag'al dehqonlar qarzini bekor qilish, shaharda yer uchastkasining maksimal darajasini belgilash, olibsotarlikka yo'l qo'ymaslik aytilgan edi. Shuningdek, iqtisodiy jinoyatlar; oziq-ovqatni noqonuniy to'plab qo'yganlik, kontrabanda, soliqlarni to'lamaganlik uchun jazolash ham o'z ifodasini topdi. Lekin bular chala qoldi.

Oppozitsiyachilar Janata parti (Xalq partiyasi) ni tuzdilar va 1977-yil martida parlamentga o'tkazilgan saylovlarda Morarji Desai boshliq hukumat tuzdilar. Janata partidan ajralib chiqqan va 1980-yilda tashkil topgan Bxaratiya Janata parti (BJP) mamlakatda diniy o'ziga xoslikni shior qilib olgan partiyadir.

Bu partiya Hindistonni faqat hinduiylik diniga e'tiqod qiluvchilar davlatiga aylantirish maqsadini ilgari surdi. Ayni paytda musulmonlarni siyosat va iqtisoddan chetlatishni targ'ib etdi. Aholisining 11 foizi musulmonlardan iborat bo'lgan davlatda bunday g'oyaning ilgari surilishi mamlakat siyosiy birligini katta xavf ostiga qo'yadi. Mamlakat birligiga sikxlar harakati ham jiddiy xavf solmoqda. Ular sikxiylik diniga e'tiqod qiladilar. Bugungi Hindistonda 17 min sikxiy yashaydi. Oz sonli bo'lsa-da, davlat hayotida katta mavqega ega. 1980-yil yanvardagi saylovlarda Bosh vazirlikka qaytgan HMK vakili Indira Gandi (1966—1977; 1980— 1984-yillarda) davrida ba'zi siyosiy xatoliklarga ham yo'l qo'yildi. Chunonchi, u hindi tilini davlat tiliga aylantirishga harakat qildi. Buni boshqa millatlar vakillari milliy kamsitish sifatida qabul qildilar. Panjob shtatida yashovchi sikxlar bunga qarshi ajralib chiqish harakatini boshladilar. Ular o'z oldilariga Panjobni Hindistondan ajratib olib, Xoliston deb ataluvchi davlat tuzish maqsadini qo'ydilar. Ayni paytda ular terrorni kuchaytirdilar. Tabiiyki, markaziy hukumat Hindistonning bo'linib ketishiga toqat qila olmasdi.

Fuqarolar urushi kelib chiqishining oldini olish maqsadida 1984-yilning 5-iyunida I. Gandi sikxlarning muqaddas joyi — Oltin ibodatxonani shturm bilan olishga buyruq berdi. Sikxlar qattiq qarshilik ko'rsatdilar. Natijada 300 kishi o'idirildi. Ayni paytda hukumat armiyasi sikxlarning yana 37 ibodatxonasini egalladi. Sikxlar harakati bostirilgan bo'lsa-da, ular I. Gandidan suiqasd yo'li bilan o'ch oldilar.

1984-yilning 31-oktabrida I. Gandining sikxlardan bo'lgan shaxsiy soqchisi uni otib o`ldirdi. Onasining o'rnini egallagan Rajiv Gandi (1944— 1991) sikx terrorchiligiga chek qo'yishga qaror qildi. 1987-yilning may oyida Panjob to'g'ridan to'g'ri markaziy hukumatga bo'ysundirildi. Bu esa shtatni muxtor vakolatdan mahrum etishni anglatar edi. Sikxlar bunga qattiq qarshilik ko'rsatdilar. Hukumat armiyasi bunga javoban 1988-yilning may oyida yana Oltin ibodatxonani egalladi. Oqibatda minglab kishilar halok bo'ldi. Bu esa 1989-yilda R. Gandini bosh vazirlik lavozimidan ketishga majbur etdi. 1989-yil noyabrdagi saylovda Milliy front rahbari Rajendra Pratap Singx Bosh vazir qilib saylandi. 1991-yilgi parlament saylov oldi uchrashuvlarining birida R. Gandi ham o`ldirildi (1991-yil 21-may kuni). Diniy, etnik to'qnashuvlar keyingi yillarda ham davom etdi.

1992-yilning dekabr oyida hinduiy fanatiklar (mutaassiblar) XVI asrda qurilgan musulmonlar masjidini buzib tashladilar. Bu esa Bombey va Kalkutta shaharlarida hinduiylar va musulmonlar o'rtasida qirg'in keltirib chiqardi. Oqibatda 300 kishi halok bo'ldi va 1200 dan ortiq kishi yaralandi. Kashmirda asosan musulmonlar yashaydi. Markaziy hokimiyat bu shtatda ham to'g'ridan to'g'ri boshqaruv joriy etishga uringan edi. Bu esa separtchilik harakatini kuchaytirdi, Hindiston va Pokiston munosabatlarini keskinlashtirdi.

Bu kabi o'ta murakkab muammolarni bartaraf etish yoiida jiddiy harakatlar qilindi. Ayni paytda Hindiston, bu muammolarga qaramay, ildam taraqqiy qilib bordi.

1991-yil mayida bo'lib o'tgan saylovlarda HMK g'alaba qozonib, Narasimxa Rao boshliq hukumat tuzildi va mamlakatni 8 yil boshqardi. Iqtisodiyotda milliylashtirishdan chiqarish davom ettirilib, zarar ko'rib ishlayotgan fabrika va zavodlar yopildi. Investitsiya ko'paytirildi, mehnat intizomi yaxshilandi, moddiy manfaatdorlik kuchaydi. Natijada inflatsiya pasaydi, sanoatga katta miqdorda sarmoya qo'yildi, qishloq xo'jaligida mayda dehqonlarning ulushi ko'paydi. 1994—1995-yillarda sanoatning yillik o'sishi 10 foizga, yalpi milliy mahsulotning yillik o'sishi 5 foizga chiqdi. Bu Hindiston uchun katta ahamiyatga ega edi.

Hindiston Milliy Kongressi rahbariyatida korrupsiya, poraxo'rlik vaboshqa jinoyat holatlari yuz berdi. 1996-yilda 30 dan ortiq yuqori tabaqa rahbarlari sudlanib, jazo oldilar. Bu davrga kelib jangovar induizm millatchiligi kuchaydi. Bu qaysi partiyaning ideologiyasi ekanligini yuqorida ko'rdik. 72 foiz aholisi hindoriylardan iborat boigan aholining shovinistik qatlamlari kayfiyatini o'zida mujassamlashtirgan BJP 1998-yil fevraldan parlament saylovlarida g'alaba qildi va uning yetakchisi Atal Bexari Vajpai 19-martda Bosh vazir qilib saylandi. Navbatdagi saylovlarda ham Vajpai o'z o'rnida qoldi.

Lekin 2004-yil mayda hokimiyatda o'zgarish bo'lib, Bosh vazirlik lavozimini Manmoxan Singx egalladi.
4. Tashqi siyosat

Hindiston tashqi siyosatida muhim muammolardan biri Pokiston bilan munosabatlardir. 1947-yildan beri Kashmir masalasida ikki mamlakat janjal qilib keladi. Deyarli har 10 yilda qurolli to'qnashuvlar bo'lib turadi. Hindiston tashqi siyosatida tinch-totuv yashashning o'zi tashabbuskor bo`lgan besh tamoyiliga (panchachila — 1955-yilgi Bandung konferensiyasida Osiyo xalqlari o'rtasida xalqaro munosabatlarga asos qilib olingan) amal qiladi. (qarang: Xitoy mavzusi). J. Neru SEATO va SENTO bloklarining tuzilishini qoraladi. U bir qancha mahalliy janjallarni tinchitishda o'z hissasini qo'shdi.

Sovet davlati Hindistonga 60 dan ortiq sanoat korxonalarini qurishda yordam berdi. Harbiy texnika bilan ta'minladi.

Qo'shilmaslik harakatining rahbarlaridan biri va «olti mamlakat guruhi» a'zosi bo'lmish Hindiston qurollanish poygasini to'xtatishga, qurolsizlanishga, yadro urushi xavfini yo'q qilishga, kosmosni harbiylashtirishga yo'l qo'ymaslikka, yangi xalqaro iqtisodiy tartib o'rnatishga qaratilgan muhim takliflar bilan bir necha bor xalqaro maydonga chiqdi.

Hindiston Hind okeanini tinchlik zonasiga aylantirish yo'lidagi kurashga salmoqli hissa qo'shdi. AQSHning Diyego-Garsiya harbiy oroliga bazasini joylashtirishiga qarshi chiqdi. Yangi mustamlakachilikka, irqiy kamsitish va aparteidga qarshi faol kurashib keldi. Hindiston Janubiy Osiyo mahalliy hamkorligi uyushmasi (SAARK) faoliyatida ishtirok etmoqda. Shri Lanka va Janubiy Osiyodagi ahvolni yaxshilashga muhim hissa qo'shmoqda.
5. Hindiston — O'zbekiston munosabatiari

O'zbekiston bilan Hindiston o'rtasidagi aloqalar mustaqillikdan oldin ham ancha rivojlangan edi. O'zbekiston mustaqilligidan keyin bu aloqalar yangi bosqichga ko'tarildi. Ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarning rivojlanishida O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mustaqillik arafasidagi Hindistonga tashrifi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Sho'rolar zamonidagi mavjud tamoyillarni buzib, Hindiston bilan mustaqil hamkorlikni kengaytirishga birinchi bo'lib kirishdi.

Natijada Hindiston bilan O'zbekiston o'rtasida birinchi marta teng huquqli mamlakatlar kabi iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniyat, sog'liqni saqlash, fan, texnika, turizm, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to'g'risida bitimlar tuzildi.

Hindiston yordami bilan Toshkent, Buxoro va Samarqandda zamonaviy mehmonxonalar qurildi. Respublikamizga uskunalar va boshqa xil tovarlar xarid qilish uchun 1993-yilda Hindiston 10 ming dollar mablag' ajratdi.

1993-yil may oyida Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao O'zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi. Oziq-ovqat, yengil sanoat, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, havo yoilarini ochish, yangi zamonaviy mehmonxonalar qurish bilan shug'ullanuvchi hind — o'zbek qo'shma korxonalarini ochish haqida 10 ta bitim tuzildi. Undan tashqari hind firmalari respublikamizdagi sheriklari bilan jami 100 min dollarlik mahsulot yetkazib berish bo'yicha 15 ta savdo shartnomasiga imzo chekishdi.

O'zbekistonda dori-darmon ishlab chiqarishda hindlar katta yordam ko'rsatmoqda. Buning uchun Surxondaryoda maxsus qo'shma korxona tashkil etildi. O'zbekiston FAning yigirmadan ortiq ilmiy-tadqiqot instituti Hindistondagi sheriklari bilan hamkorlik qilmoqda.

«O'zbeksanoat» davlat assotsiatsiyasi Hindistonning «Xabar grup» firmasi bilan yiliga 4000 tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan korxona qurdi. Hindistonning «Modi», «Rotan», «Shri eksport» va boshqa firmalari O'zbekistonda katta obro' qozondi.

2005-yil aprel oyida Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Hindistonda bo'ldi. 2004-yilda Hindiston bilan O'zbekiston o'rtasida tovar ayirboshlash 150 min dollarga yetdi. 1993-yildan beri 800 ga yaqin o'zbek mutaxassislari axborot texnologiyalari, bank ishi, kichik biznes yo'nalishlari bo'yicha Hindistonda ta'lim olishdi. Ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish uchun 45 ta shartnoma imzolangan.

Shunday qilib, Hindiston — hozirgi kunda metall quyish, to'qimachilik, mashinasozlik, tog'-kon ishlari, neftni qayta ishlash, elektronika, kimyo sanoati tez rivojlanayotgan mamlakat. U 2004-yilda 12,5 mlrd dollarlik axborot texnologiyalarini xorijga eksport qildi.

Yalpi ichki mahsulotning 30 foizi qishloq xo'jaligiga to'g'ri keladi. Hindiston g'alla bilan o'zini o'zi to'la ta'minlaydi. Sholi yetishtirishda dunyoda ikkinchi o'rinda turadi. Turli texnik ekinlarini katta miqdorda yetishtiradi. Lekin mamlakat janubida millionlab odamlar qashshoqlikda yashaydi. Eng muhim muammo — inflatsiyaning kuchayishi va tashqi qarzning o'sishidir.



Mavzu: Eron XX asr ikkinchi yarmida.

(Eron Islom Respublikasi)

Ko`rib chiqiladigan masalalar



1. 1945-yil voqealari

2. Eron nefti uchun kurash

3. Eron inqilobdan so'ng

4. Eron - O'zbekiston munosabatlari

Darsning maqsadi.

Eron va Bog`dod pakti (SENTO). Eronning tashqi siyosati. Eron va AQSH. 1978-1979 yillardagi shoh rejimiga qarshi qratilgan inqilob. R.Xomeyni boshchiligidagi harakatning Eron tarixidagi roli. Eron Islom Respublikasining e’lon qilinishi. 80-90 yillarda Eron hukumati olib borgan ichki va tashqi siyosat.

1. 1945-yil voqealari

Ikkinchi jahon urushi oxirida Eron shoh Muhammad Rizo Pahlaviy (1919—1980) tomonidan boshqarilar, hukumat boshlig'i Qavam as Sulton edi. 1947-yil uning o'rniga I. Hakimiy va undan so'ng Razmari tayinlandi. 1945-yili Eronda yashovchi ozarbayjon va kurd xalqlarining milliy muxtoriyat uchun kurashi boshlandi. Eron Ozarbayjonida faoliyat ko'rsata boshlagan Ozarbayjon demokratik partiyasi quyidagi talablarni ilgari surdi: yaxlit mamlakat doirasida Eron Ozarbayjoniga madaniy hayot va mahalliy boshqaruv sohasida muxtoriyat berish; ozarbayjon tilini muxtoriyat hududida rasmiy til deb tan ohsh; o'z parlamentiga ega bo`lish. Bu talablar shoh hukumatining boshqa millat vakillariga nisbatan o'tkazayotgan shovinistik siyosati oqibati edi. 1945-yilning oxirida Eron Ozarbayjoni parlamentiga (majlis) saylov o'tkazildi. Parlament 9-dekabrda Ozarbayjon Muxtor Respublikasi tuzilganligini e'lon qildi. Saylovdan so'ng tuzilgan hukumat markaziy hokimiyatni tan olishini hamda uning muxtoriyat manfaatlariga zid bo'lmagan barcha ko'rsatmalarini bajarishini ma'lum qildi. Maktablarda ta'lim ozarbayjon tilida olib borila boshlandi. Ozarbayjon davlat universiteti ochildi.

1945-yilning oxirida Shimoliy Kurdistonda (Eron Kurdistonida) ham muxtoriyat uchun kurash boshlandi. Tez orada muxtor Kurd Xalq Respublikasi tuzildi. Bu kurashga Kurdiston demokratik partiyasi rahbarlik qildi. Biroq bu harakatlar aslida SSSR tomonidan rag'batlantirilgan va qo'llab-quwatlangan edi. Bu esa o'zga davlatlar ichki ishlariga bevosita aralashish edi. Ayni paytda SSSR Tude (Eron kommunistik partiyasi)ni qo'llab-quwatladi. Eron hukumati, tabiiyki, Eron Ozarbayjoni va Shimoliy Kurdistondagi voqealarni separatchilik harakati, deb baholadi. Buyuk Britaniya hukumati esa SSSRning Eron ichki ishlariga aralashuviga qattiq qarshilik ko'rsatdi. Chunonchi, Eronga qo'shimcha harbiy kuchlar jo'natdi. SSSR manevr qilishga majbur bo'ldi. 1946-yil 4-aprelda Eron bilan aralash sovet — eron neft kompaniyasi tuzish haqidagi shartnoma evaziga o'z qo'shinini Shimoliy Erondan olib chiqib ketishga majbur bo'ldi. 1946-yilning oxiriga kelib Eron hukumati bu shartnomani bekor qildi va mamlakat shimolini to'la o'z nazoratiga bo'ysundirdi. Ozarbayjon va Kurd muxtor respublikalarini tugatdi. SSSR bu voqealarga aralashmadi. Chunki bunday aralashuv Buyuk Britaniya va AQSHning birgalikdagi aks aralashuviga duch kelishi mumkin edi.

Ayni paytda Eronda ingliz - amerika ta'siri kuchayib bordi. 1947-yilda Eron armiyasida AQSH mutaxassislarining rahbarlik lavozimini egallashlari mumkinligini ham ko'zda tutuvchi Erondagi Amerika harbiy missiyasining faoliyati haqida eron — amerika shartnomasining imzolanishi Eronda AQSH mavqeyini yanada mustahkamladi. 1950-yilda bu masala yangi shartnoma bilan mustahkamlandi. Ayni paytda ingliz — amerika qarama-qarshiligi kuchaydi.




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa