Eng yangi davr xalqaro munosabatlar tarixi



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana14.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#798690
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-ma'ruza (2)

Xalqaro munosabatlar
— xavfsizlik, barqarorlik va rivojlanishni 
ta‘minlash maqsadida davlatlar, xalqlar, xalqaro tashkilotlar va transmilliy 
korporatsiyalar o‗rtasidagi o‗zaro hamkorlik shakl va metodlari, siyosiy, huquqiy, 
harbiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar tizimidir.
―Xalqaro munosabatlar‖ tushunchasining ko‗plab ta‘riflari mavjud. 
Masalan, xalqaro munosabatlar, bu
- davlat tizimlari va davlatlar o‗rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, 
huquqiy, diplomatik va boshqa aloqalar hamda munosabatlar, shuningdek jahon 
maydonida harakatlanuvchi asosiy sinflar, asosiy ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy 
kuchlar, tashkilotlar va jamoatchilik harakatlari, umuman, keng ma‘noda xalqlar 
o‗rtasidagi munosabatlar majmuidir 
- inson hamjamiyatini shakllantiruvchi integrasion aloqalar majmui 
1

-
davlatlar va nodavlat tashkilotlari, partiyalar, kompaniyalar va turli 
davlatlarning yuridik shaxslari o‗rtasidagi munosabatlar
2

Bu ta‘riflarning hech biri obekt mazmunini to‗la ochib berolmagan. Ularning 
vazifasi faqatgina obekt haqida dastlabki tasavvurni berishdan iborat. Shuning 
uchun tadqiqotchilar xalqaro munosabatlar tushunchasini talqin etishar ekan, 
nafaqat unga mukammal ta‘rif berishga, balki uning mohiyati va spesifikasini 
aniglab olishga yordam beruvchi kriteriyalarni ajratishga intilishadi. 
Xalqaro munosabatlar tushunchasini ta‘riflashga oid qayd etilgan yondashuvlar 
farqli xulosalarga olib kelishi mumkin va bunda o‗ziga xos har biri ustunlik va 
kamchiliklarga ega. Umuman olganda, xalqaro munosabatlarning turlicha tiplari, 
ko‗rinishlari, darajalari va holati to‗g‗risida so‗z yuritish mumkin. Xalqaro 
munosabatlar , shuningdek sinfiylik mezoni, hukmronlik va tobelik munosabati
hamkorlik, o‗zaro yordam va o‗zgaruvchan munosabatlar asosida tasniflanishi 
mumkin.Xalqaro munosabatlar: 
-
ijtimoiy hayot sohasi bo„yicha
iqtisodiy, siyosiy, harbiy-strategik, madaniy, 
mafkuraviy va boshqa munosabatlarga ajratiladi; 
-
ishtirokchilarga bog„liq ravishda
davlatlararo munosabatlar, turlicha xalqaro 
tashkilotlar o‗rtasidagi munosabatlar va hokazolar tasniflanadi; 
-
intensivlik va rivojlanish darajasi asosida
(yuqori, o‗rta, past) darajalarga 
bo‗linadi; 
-
geosiyosiy o„lchov asosida
global, mintaqviy (Evropa, Osiyo va b.) xalqoro 
o‗zaro ta‘sirning submintaqaviy darajasi ajratiladi; 
-
keskinlik darajasi nuqtai nazaridan
- barqarorlik va beqarorlik holati; 
ishonch va dushmanchilik, hamkorlik va nizo, urush va tinchlik va hokazolar 
tasniflanadi. 
1
Шахназаров Г.Х. Грядущий миропорядок. –М., 1981. –С.19 
2
Курс международного права: В 7 т. Т.1. Понятие, предмет и система международного права. –М., 
1989. – С.10 


Xalqaro munosabatlarning fanga ma‘lum barcha tiplari, ko‗rinishlari, darajalari 
va holatlari majmuasi ijtimoiy munosabatlarning alohida turi sifatida namoyon 
bo‗lib, o‗zining spesifikasi sababli xalqaro munosabatlar ning ishtirokchisi 
tarzidagi u yoki bu ijtimoiy jamoaga xos ijtimoiy munosabatlardan farq qiladi. 
Shu jihatdan xalqaro munosabatlarni ijtimoiy munosabatlarni hududiy tuzilmalar 
doirasidan chekkaga chiquvchi ichki ijtimoiy munosabatlarning o‗zaro harakati 
turi sifatida ta‘riflash mumkin. 
Xalqaro munosabatlar bir necha yo‗nalishdagi munosabatlarni qamrab oladi:
- xalqaro iqtisodiy munosabatlar; 
- xalqaro siyosiy munosabatlar; 
- xalqaro madaniy munosabatlar; 
- xalqaro xuquqiy munosabatlar. 
Xalqaro munosabatlar haqida to‗liq tasavvur hosil qilish uchun bu masala 
falsafiy, ijtimoiy, psixologik, tarixiy, siyosiy jihatlardan tahliliy yondoshish lozim 
bo‗ladi. Bu hol tadqiqotchilarning siyosiy jarayonlarga, voqelik va hodisalarga 
mustaqil, tajribaviy yondashishini taqozo qiladi. Shu sababli xalqaro 
munosabatlarning dolzarb muammolarini tahlil qilishda xalqaro siyosat nazariyasi 
qoidalariga va taraqqiyotning hozirgi bosqichida O‗zbekiston Respublikasi uchun 
ahamiyatli bo‗lgan munosabatlarga urg‗u beriladi. 

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish