ANFA PHARMACEUTICALS
ANFA PHARMACEUTICALS sifatli hamda samarali davolashni ta’minlovchi zamonaviy biologik faol qo’shimchalarning keng turini taklif etadi. Bugungi kunda ANFA PHARMACEUTICALS ning mahsulot portfeli 50ga yaqin bio-qo’shimchalardan iborat bo’lib, mahsulotlar O’zbekiston va Qozog’istonning barcha hududlarida taqdim etilgan.
BIOLOGIK FAOL QO'SHIMCHALAR
Biologik faol ozuqaviy qo’shimchalar – bu nima?
Balansli ovqatlanish – sog’lig’imizning asosidir. Biologik faol ozuqaviy
qo’shimchalar sizning parhezingiz me’yorida bo’lishini ta’minlash uchun lozim bo’lgan birikmalar majmuidir.
Biofaol ozuqaviy qo’shimchalar, bular dorivor preparatlar sirasiga kirmaydi. Ular o’simlik, hayvonot yoki mineral xom-ashyolardan olinadigan tabiiy moddalar hisoblanadi, shuningdek, kimyoviy yoki ba’zi hollarda mikrobiologik sintez orqali ham qo’lga kiritilishi mumkin.
Biologik faol qo’shimchalar minerallar, vitaminlar, ozuqaviy tolalar, o’simlik ekstraktlari, to’yinmagan yog’li kislotalar, aminokislotalar va boshqalarni o’z ichiga olgan tabiiy komplekslardir. Ular ovqatlanishdagi kamchiliklarni bartaraf etib, sog’lom moddalarni o’zlashtirishini kuchaytiradi hamda tananing ichki quvvatini kuchaytirib, ko’plab kasalliklarning xavfini kamaytiradi.
Nutritsevtik vositalar oziq-ovqat yoki ichimlik tarkibiga qo’shilganda, ularni muhim moddalar (aminokislotalar, vitaminlar, minerallar, ko’p to’yinmagan
yog’li kislotalar, ozuqaviy tolalar va boshqalar) bilan boyitadi va inson tanasining ayrim fiziologik faoliyatini hamda inson tanasining tizimini tartibga soladi. Ularni boshqacha ko’rinishda (ekstraktlar, surtmalar, nastoyka, kontsentratlar va boshqalar) ham iste’mol qilish mumkin.
Olimlar va shifokorlarning fikriga ko’ra, biofaol moddalarni to’g’ri va muntazam iste’mol qilish nafaqat yoshlikni, sog’liqni va quvvatni saqlab qolish imkonini beradi, balki hayot tarzini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Ozuqaviy biofaol mahsulotlarni oziq-ovqat va dori-darmonlardan ajratish mezonlari:
– Ozuqalanishning optimal fiziologik ratsioniga erishish uchun BFQ qo’shimchalardan foydalanish zaruriyati;
- BFQ mahsulotlarining savdosi ma’lum dozalarda oziq-ovqat mahsulotlaridan alohida yuritilishi;
- BFQ mahsulotlarida farmakologik ta’sirning yo’qligi;
- BFQ mahsulotlarida nojo’ya ta’sirning yo’qligi;
- BFQ inson organizmi va tizimining fiziologik barqaror bo’lmagan hollarda ularning funktsional faoliyatini qo’llab-quvvatlash uchun mo’ljallanganligi;
Biologik faol qo’shimchalar – tog’ri ozuqalanish bilan o’zingizni sog’lom his eting.
ISHLAB CHIQARISH
«TOP PHARM SERVICE» kompaniyasi o’z mahsulotlarini qorli tog’lar ortida unib-o’sib chiqqan giyoh-dorivor o’simliklardan maxsus yo’llar yordamida tayyorlaydi. Kompaniya ayni paytda teri kasalliklari, nafas olish kasalliklari, ko’z, burun va quloq kasalliklari, oshqozon-ichak trakti kasalliklari, endokrinologik hastaliklar hamda prostata va siydik yo’li tizimi kasalliklari uchun qo’llaniladigan bio-faol qo’shimchalar ishlab chiqaradi.
Shuningdek, giyoh o’simliklardan tayyorlangan qand kasalligiga qarshi kurashuvchi vositalar, sedativ va antidepressant vositalar, ishtaha ochuvchi vositalar, ginekologik kasalliklarni davolash uchun fito- preparatlar, tarkibida kaltsiy mavjud bo’lgan tabiiy preparatlar hamda boshqa kasalliklar uchun biofaol qo’shimchalar ishlab chiqaradi.
Tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi 2 ta zavod
Sifatni boshqarish markazi
Ilmiy-tadqiqot markazi
Tayyor mahsulot, xom-ashyo va boshqa materiallar omborxonasi
Kompaniyaning ishlab chiqarish majmualari ayni vaqtda yetakchi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. ANFA PHARMACEUTICALS kompaniyasining ishlab chiqarish majmuasi hamda malakali mutaxassislari ishlab chiqarishni
takomillashtirish maqsadida eng zamonaviy texnologik jarayonlar va texnologiyalarni tez va ishonchli ravishda joriy etishni ta’minlaydilar.
Majmualarning qurilishi va joylashuvi hamda undagi jihozlarning to’gri joylashuvi ishlab chiqarish jarayonining mantiqiy tartibini ta’minlaydi, ish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo’lgan chalkashliklarni oldini oladi va mahsulot sifatiga ta’sir qiluvchi zararli omillarni bartaraf etadi.
ANFA PHARMACEUTICALS kompaniyasining barcha bo’linmalarining xodimlari ishlab chiqarishni ta’minlash, berilgan vazifalarni bajarish va mahsulotlar sifatni nazorat qilish masalalarini hal qilish uchun yuqori malaka va katta amaliy tajribaga ega.
KOMPANIYA TUZILISHI
Do'stlaringiz bilan baham: |