ENG YANGI DAVR DAVLATI VA HUQUQI. FRANSIYA
Reja:
Fransiya davlatining tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari.
Senorlik monarxiyasi (IX-XIII asrlar).
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Fransiya davlatining tashkil topishi va
rivojlanish bosqichlari
Fransiya feodal munosabatlar eng rivojlangan, klassik shaklga ega bo`l-gan davlat edi. U 843 yilda Verden shahrida Karl Buyukning uch nevarasi yig`ilishida franklar imperiyasining uch qismga bo`linib ketishi natijasida tashkil topgan. Verden ahdiga muvofiq marhum Ludovik Xudojo`yning katta o`g`li Lotar imperatorlik unvonini saqlab qoldi, lekin ukalari Ludovik Nemis va Karl Yaltiroqboshga nisbatan hech qanday maxsus huquqqa ega emas edi. Ukalarining har qaysisi o`z holicha mustaqil qirol bo`lib qoldi, Lotarga Italiya, Sharqda Reyn bilan G`arbda Mass, Shelda, Sena va Rona daryolari o`rtasidagi yerlar (bunga Burgundiya ham kiradi), Reynning sharqidagi yerlar Ludovik Nemisga tegdi. Lotarga qarashli yerlarning g`arbidagi yerlar Karl Yaltiroqboshga tegdi. Keyinroq, Lotar o`lgandan so`ng yerlar qaytadan bo`linadi. Lotarning avlodlari Italiyadagi yerlarnigina o`z qo`lida saqlab qo-ladi, Reyn bo`yidagi yerlarning hammasini Ludovik bilan Karl o`zaro bo`li-shib oldi. Burgundiya mustaqil qirollik bo`lib ajralib chiqdi. Imperatorlik un-voni keyinroq borib Karolinglar xonadonining boshqa avlodlari vakillariga o`tdi. Masalan, 875-877 yillarda Karl Yaltiroqbosh imperator bo`ldi, 880-887 yillarda imperatorlik toji Ludovik Nemisning o`g`li Karl Semizga o`tdi. X asrning boshlariga kelib esa imperatorlik unvonining hech kimga hech qanday real ahamiyati qolmadi.
Shu tariqa, Verdenda bo`lgan taqsimot Yevropada keyinchalik vujudga kelgan uchta katta davlat - Fransiya, Germaniya va Italiyaning tashkil topi-shini umumiy bir tarzda belgilab berdi. IX asrning o`rtasida mazkur davlat-larning ichida eng yaxliti "g`arbiy franklar"ning davlati edi, u keyinchalik vujudga kelgan Fransiyaning kurtagi bo`ldi. Bu yerdagi aholining asosiy om-masi endi tashkil topayotgan fransuz xalqidan iborat bo`lib, u alohida bir shi-moliy roman tilida, ilk fransuz tilida gapirishar edi. Bu davlatning poytaxti Parij bo`lib, u Luara daryosi yaqinidagi Sena daryosi bo`yida joylashgan. "G`arbiy franklar qirolligi"da yoki, oddiy qilib aytganda, Fransiyada (uni X-XI asrlarda Fransiya deb atay boshlaydilar) Korolinglar X asrning oxirigacha hokimiyatni o`z qo`llarida saqlab keldi.
Germaniya va Italiyada esa Korolinglar ancha ilgari X asrning boshla-ridayoq hokimiyatdan mahrum bo`ldi. Lekin Fransiyada ham feodal tarqoqlik tezlik bilan avj olib bordi. "Birinchi fransuz qiroli" Karl Yaltiroq-bosh o`z zodagonlariga uzluksiz yon berishga majbur bo`ldi. 847 yilda u Mersen kapi-tulyariysini chiqarib, unda har bir erkin kishiga senor topib olishni taklif qil-di; qirol o`z fuqarolari ustidan shunday hokimiyatga ega bo`ldi. 887 yildagi Kersin kapitulyariysi yer benifitsiylarining, shuningdek, graflik lavozimining ham nasldan-naslga meros bo`lib qolishini qonunlashtirdi. Shu vaqtdan bosh-lab benifitsiylar nasldan-naslga meros bo`lib qoladigan yerlarga - feodlarga, lenlarga; graflik vitse-graflik (vikontlik), markgraflik (yoki markizlik) va gersoglik unvonlari nasldan-naslga qoladigan knyazlik unvonlariga aylandi. Joylarda hududiy hukmdorlarga xos barcha huquqlarga, ya`ni qirollik huquq-lariga o`xshash huquqlarga ega bo`lgan knyazlik sulolalari vujudga kela boshladi.
Shunday qilib, Fransiya davlati tashkil topgan vaqtda nomigagina yagona davlat bo`lib, aslida u ko`pgina (aniqrog`i o`n mingga yaqin) xilma-xil senorliklarning yig`indisidan iborat edi. Bularning ba`zilari qirol hokimiyatini rasman tan olgan, lekin amalda deyarli mustaqil edi. Boshqa senorlar esa faqat qirolga sodiqlik haqida qasamyod qilar, biroq hatto rasman bo`lsada unga bo`ysunmagandi. Ular qirolga bo`ysunishni - vassal bo`lishni tahqirlanish, deb hisoblardilar.
Bu vaqtda Fransiyada milliy birlik ham, yagona til ham bo`lmagan edi. Fransuz millati ancha keyinroq - XVI asrda gallar, britlar, rimliklar, franklar va boshqa xalqlarning avlodlaridan shakllangandi.
O`rta asrlardagi Fransiya davlati va huquqi tarixini quyidagi davrlarga bo`lish mumkin:
1. Senorlik monarxiyasi davri - IX-XIII asrlar.
2. Tabaqa-vakillik monarxiyasi davri - XIV-XV asrlar.
3. Mutlaq monarxiya davri - XVI-XVIII asrlar.
Butun feodal tuzumning chuqur inqirozi 1789 yilgi revolutsiyaga olib keldi. Ushbu revolutsiya natijasida Fransiyada absolutizm va u bilan birga butun eski siyosiy tartib batamom barham topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |