Pedagoka tarixini o’rganish manbalari:
arxeologik yodgorliklar;
qo’lyozmalar;
xalq og’zaki ijodi;
adabiy yodgorliklar;
hujjatlar;
badiiy adabiyot;
memuarlar;
Sharq va G’arb mutafakkirlarining asarlari.
Pedagogika tarixini davrlashtirish muammosi. Pedagogika tarixini davrlashtirishga doir xilma-xil yondashuvlar mavjud. So’nggi yillarda O’zbekistonda pedagogika tarixini o’rganishga doir eng keng tarqalgan davrlashtirish o’zida quyidagi bosqichlarni aks ettiradi:
eng qadimgi davrlardan O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgunga qadar;
mustaqillikka erishilgandan to hozirgi kungacha O’zbekistonda pedagogik fikrlar rivoji;
jahon pedagogik fikrlari rivoji (eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha).
Biroq pedagogika tarixini insoniyat tarixi bilan bog’liqlikda o’rganish maqsadida quyidagi tarzda davrlashtish maqsadga muvofiq:
eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar;
VII asrdan XIV asrning birinchi yarmifacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar;
Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi;
XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab;
XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda pedagogik fikrlar rivoji;
XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji;
XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar;
1917-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji;
Mustaqil O’zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji;
eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi;
XIX asrning 2-yarmi – XX asrda jahon pedagogika faning rivoji;
hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.
1.2.Eng qadimgi xalq og’zaki ijodiyoti yodgorliklarida inson tarbiyasiga oid fikrlar.
Ibtidoiy jamiyat insoniyat tarixining dastlabki davri bo’lib, mazkur davrda yozma manbalarning saqlanib qolmaganligi ushbu davrda tarbiyaning amalga oshirilishini arxeologik manbalarga asoslangan holda tahlil etishni talab etadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi ikki davrga bo’linadi: 1) ibtidoiy to’da; 2) o’rug’chilik jamoasi.
Qadimgi tosh asri
|
Peleolit:
ilk
o’rta
so’nggi
|
mil. av. 700/500-100 ming yilliklar.
mil. av. 100-40 ming yilliklar.
mil. av. 40-12 ming yilliklar.
|
O’rta tosh asri
|
Mezolit
|
mil. av.12 – 7 ming yilliklar.
|
Yangi tosh asri
|
Neolit
|
mil. av. 6-4 ming yilliklar.
|
Mis-tosh asri
|
Eneolit
|
mil. av. 4-3 ming yilliklar.
|
Bronza davri
|
Bronza davri
|
mil. av. 3-1 ming yilliklar.
|
Temir asri
|
Ilk temir asri
|
mil. av. X-VIII asrlar.
|
|
So’nggi temir asri
|
VII–IV asrlar
|
Insoniyat faoliyatining asosiy turi sifatida tarbiyaning yuzaga kelishi mil.av. 40-35 ming yilliklarda zamonaviy qiyofadagi odamlar (“homo sapiens”- “ongli odam”)ning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida mehnat tarbiyasi yetakchi o’rin tutgan. Ana shu asosga ko’ra mehnat bilan bog’liqlikda kishilar uch guruhga bo’lingan: 1) bolalar va o’smirlar; 2) ijtimoiy hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar; 3) keksalar.
Co’nggi paleolitda insoniyat o’z taraqqiyotida yana bir bosqich yuqori ko’tarildi. Odamlar ilk to’da tarzida yashamay qo’ydilar va qarindosh-urug’chilik jamoalariga bo’lindilar. Jamiyatda juft oilalar paydo bo’ldi, ular ayrim urug’larni birlashtirib, urug’ jamoasini tashkil etdilar. Odamlar g’orlardan tashqari erto’la va chaylasimon uylarda ham yashashga o’rgandilar. Juft oilalarning paydo bo’lishi haqida kichik uy-joylarning tarqalishi darak beradi.
O’sha zamon jamoasida ona-ayolning ijtimoiy o’rni baland bo’lib, urug’ uning nomi bilan boshlangan. Ayollar uy, o’choq va muqaddas olovning egasi sifatida uy xo’jaligida hamda bolalarni tarbiyalash jarayonida, o’choqda o’tni saqlashda, ovqat pishirishda, ro’zg’or buyumlarini, mehnat qurollarini qo’riqlash, uy-boshpanani asrash paytida muhim vazifalarni bajarganlar.
Mezolit davrida O’zbekistonda qoyatosh suratlari kashf etilgan. Ularning ba’zisi rang berib cheqilgan, ba’zilari o’yib ishlangan. Surxondaryo viloyatidagi Zarautsoy qoya tasvirlari mezolit davriga oid. Ular qadimgi odamning fikru o’ylari, atrof-muhit haqidagi tasavvuri, qanday hayvonlarni ovlagani, qaysi mehnat va ov qurollarini qo’llagani haqida fikr yuritish imkonini beradi.
Neolit davrida ona urug’i matriarxat o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga o’tadi. Urug’ jamoalari kattalashadi va ularni bir joyda boqish amri mahol bo’lib qoladi. Oqibatda urug’ jamoasidan mayda guruhlar – kichik oilalar ajralib chiqa boshlaydi.
O’rta Osiyo hududida bronza davri miloddan avvalgi 3-mingyillik o’rtalaridan boshlanadi va miloddan avvalgi 2-mingyillikka kelib o’z rivojining yuksak darajasiga etadi.
Patriarxat urug’chilikka o’tish patriarxal oilaning vujudga kelishiga olib keladi. Sunday oila bir-biriga qarindosh ota urug’i bo’yicha yuritiladigan bir necha avlodlardan iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |