Yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji. Mustaqil O’zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji Rus gubernatorlarining maorif sohasidagidastlabki siyosati turkistonda gimnaziyava seminariyalarning



Download 75,39 Kb.
bet1/9
Sana28.03.2022
Hajmi75,39 Kb.
#515189
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 mavzu


3. 1924-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji. Mustaqil O’zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji

Rus gubernatorlarining maorif sohasidagidastlabki siyosati. turkistonda gimnaziyava seminariyalarning ochilishi. Dastlabki paytlarda rus gubernatorlari Turkistondagi diniy maktablarning o’qitish tizmiga aralashmaslik siyosatini tutishdi, chunki ular aholini tobelikda saqlashda musulmon maktablarining ta’sir doirasi juda katta ekanligini anglab etishgan edi. Shuning uchun mahalliy aholini har tomonlama qanoatlantiradigan yangi tipdagi o’quv muassasalari ochish va ulardan o’z manfaatlari yo’lida foydalanish chor hukumatining asosiy maqsadiga aylandi. Shu munosabat bilan 1870 yili general - gubernator Bordovskiy rahbarligidagi maxsus komissiya tuzilib, u Turkiston o’lkasidagi ta’lim - tarbiya muassasalarining ahvoli va o’qitish mazmunini o’zgartirish borasida ish boshlab yubordi. Komissiya quyidagi o’quv muassasalarini tuzish lozim deb topdi:
a)Toshkentda umumiy asoslarga ko’ra mahalliy millat bolalari o’qiy oladigan erkaklar gimnaziyasini ochish;
b)mahalliy tida o’qitiladigan uch yilliy o’qituvchilar seminariyasi tuzish;
v)seminariya qoshida boshlang’ich maktab ochish;
rus, o’zbek va qozoq bolalarining o’qishi uchun kasb - hunar sinflari mavjud bo’lgan to’rt yillik umumiy ta’lim uezd va xalq maktablari ochish.1
Bu loyiha qisman o’zgartirilgan holda 1875 yilda tasdiq etildi va shu yilning o’zidayoq bunday tipdagi o’quv muassasalari o’lkaning ba’zi joylarida o’z faoliyatlarini boshladi. Albatta bunga qadar ham ruslar o’zlarining bolalari uchun maktablar tashkil qilib, Rusiyadagi o’qitish tizimini Turkistonda qo’llay boshlagan edi. Jumladan, bunday maktablar 1866 yil Toshkentda, 1870 yil Samarqandda ochiladi.
Loyihaga asosan o’lkada erkaklar va xotin - qizlar uchun progimnaziyalar va gimnaziyalarning ochilishi bilan Turkiston maorif tizimi yangi bir bosqichga ko’tariladi. Gimnaziya va progimnaziyalarning ochilishi bilan o’lkadagi azaldan mavjud bo’lgan pedagogik g’oyalar, qarashlar va tushunchalarni o’zida mujassamlashtirgan pedagogika fani ham Turkistonda paydo bo’ldi.
Gimnaziya va progimnaziyalarda pedagogikani maxsus fan sifatida o’qitilishi o’z navbatida mahalliy xalq bolalariga ham ta’lim - tarbiya jarayonining qonun - qoidalari bilan tanishishga imkon yaratdi. Albatta gimnaziyalarda o’qtilayotgan fanlarning, shu jumladan pedagogika fanining ham mazmuni hukmron sinf manfaatlariga moslashtirilgan edi. Shunday bo’lsa-da, mahalliy millat kishilari uchun pedagogikani ruhshunoslik fani bilan birga qo’shib o’rganish katta ahamiyatga ega edi.
Hozirgi zamon maktablari ham pedagogikani ruhshunoslik bilan birga o’tish lozimligini talab qilayotganligi tufayli, biz quyida birinchi Toshkent xotin - qizlar gimnaziyasi ettinchi sinfining ikkinchi bo’limi uchun pedagogika o’qituvchisi Pankov tomonidan Demkov pedagogika darsligi asosida tuzilgan pedagogika dasturini aynan keltiramiz. Bu dastur 20 mavzudan iborat bo’lib, necha
soat o’tilishi ko’rsatilmagan.
( V.T.Kacharov “Iz istorii narodnogo obrazovaniya v turkestanskom krae”. Ros. izdat.-T.,1959. s.27.)
1-mavzu: Pedagogikaning ta’rifi.
Tarbiya to’g’risida tushuncha. Pedagogikaga yondosh fanlar. Pedagogikani bo’linishi. Pedagogik atamalar.
2-mavzu: Jismoniy tarbiya.
Jismoniy tarbiyaning vazifasi: nafas olish, bolalar xonasi, toza havo, kiyim, harakatli o’yinlar, jismoniy mashqlar, gimnastika, sayr qilish va ekskursiya.
3-mavzu: Ruhshunoslikning ta’rifi.
Ruhiy holatlarning bir - biridan farqi. Ruhiy holatlarning klassifikatsiyasi.
4-mavzu: Sezgi organlari.
Teri sezgisi, ta’m - maza, hid bilish sezgisi, eshitish, ko’rish sezgisi, sezgi organlarini himoya qilish. Sezgining bo’linishi va ahamiyati.
5-mavzu: Sezgining ruhiy tomonlari. Idrokning o’sishi va sezgi organlarini tarbiyalash. Tasavvur.
6-mavzu: Tasavvur asostsiatsiyasi, yondoshlik va o’xshashlik, kontrostlik. Diqqat. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat. Diqqatni tarbiyalash.
7-mavzu: Xotira va uning turlari. Xotirani tarbiyalash. Hayol. Hayolni tarbiyalash.
8-mavzu: Hissiyot. Uning paydo bo’lishi. Oddiy va murakkab hissiyotlar. Affektlar.
9-mavzu: G’oyaviy, estetik, axloqiy, diniy hislar.
10-mavzu: Iroda to’g’risida tushuncha.
Iroda elementlari. Odat, orzu - havas, xarakter, temperament. Xarakterni tarbiyalash.
11-mavzu: Bolalar psixologiyasi.
Aqlning rivojlanishi. Irodaning o’sishi. Hissiyotning o’sishi.
12-mavzu: Tarbiya va ma’lumot. Tarbiya olamining birligi.
13-mavzu: Bolalarda boshlang’ich aqliy taraqqiyot.
14-mavzu: Estetik tarbiya to’g’risida tushuncha va uning vazifasi.
Boshlang’ich estetik tarbiya va maktab.
15-mavzu: Irodani tarbiyalash. Odat va taqlidchilik qonuni. Irodaning elementar tarbiyasi.
16-mavzu: Hissiyotni tarbiyalash.
Bolalik davridan axloqiy, diniy tarbiya berish.
17-mavzu: Didaktika.
Didaktikaning ta’rifi. Maxsus va umumiy ma’lumot. Umumiy ta’lim kursining tarkibi.
18-mavzu: Didaktik qoidalar.
O’quv materiallari va fanlarni o’qittirishga qiziqtirish. O’qishning akramatik va eritematik shakllari. Akramatikaning xususiy usullari. Eritematikaning xususiy usullari - katixetika, evristika, dialog.
19-mavzu: Mashqlar. Topshiriqlar. Imtihonlar. O’quv rejasi va o’quv dasturlari. Dars jadvali. Maktabning ichki tartib - intizomlari. Rag’batlantirish va jazolash to’g’risida ma’lumot.
20-mavzu: Rus tili uslubiyati - maktab ta’limida savod chiqarishning boshlanishi. Tovush usuli asosida ruscha o’qitish uslubi. Bolalarni savodga o’rgatishda sintetik usullardan foydalanish.1
Yuqorida bayon etilgan dasturga ham diniy, ham ilmiy tomondan yondashilgan bo’lib, u hukmron sinf manfaatini o’zida ifoda etishiga qaramasdan, o’sha davr uchun ham, hozirgi vaqt uchun ham muhim bo’lgan ta’lim berishning samarali yo’llaridan birini o’zida mujassamlashtirgandi, ya’ni unda o’quvchilar pedagogika fanini o’rganish jarayonida bolalarning voyaga etkazishning omillari, o’quvchilarni jismoniy, estetik, axloqiy va diniy ruhda tarbiyalash, bolalarning psixik xususiyatlari, gigiena haqidagi ma’lumotlarga ham ega bo’lshardi.
Rus o’quv muassasalari hisoblangan gimnaziyalarda o’z davriga nisbatan ilg’or uslublardan, ya’ni analitik - sintetik uslub, materialning mazmuniga oid suhbat, lektsiya, illyustratsiya va demonstratsiya hamda boshqa uslublardan keng foydalanilgan. Bu sulublar hozirgi zamon ta’lim uslublaridan o’z kamchiliklari bilan farqlansada, o’sha davr maktablari uchun ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi uslublar shaklida namoyon bo’ladi.
Gimnaziyalardagi ta’lim - tarbiya ishi sho’кa davr o’zbek ma’rifatparvar ziyolilarida ham katta qiziqish uyg’otdi. Shunday ma’rifatparvar ziyolilarimizdan biri bo’lgan Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat 1889 yilda Toshkentga sayohat qilib, u erda ochilgan muassasalarining ish faoliyatidan ta’sirlanib, “Gimnaziya”, “Ilm xosiyati” kabi asarlarini yozadi. Jumladan, u o’zining tarjimai holida gimnaziya to’g’risida shunday deb yozadi: “... ul dars xonalarida ilmdin va rus lug’otida, sarf va mantiq, nazm va nasr, ilmi hisob va lotin tili, yunon tili, nemis tili va farang tilida jahonnoma ilmi va tarix tili va ilmi hikmat va musiqa va tasvir ilmi o’qilar ekan”. Furqat gimnaziyaning ichki qonun - qoidalari haqida ham batafsil ma’lumotlar beradi: “... Gimnaziya - madrasida o’qiydigan shogridlar har kuni me’yorlik saboqlarini o’tkazib bo’lib, bad’az takror boshqa har xil kitob o’qimoqqa mashg’ul bo’lur ekanlar. Gimnaziyada podsholikdan ikki kitobxona bo’lib, biri madrasa mudarrislari uchun va biri shogirdlar uchun emish va ham ul madrasa uchun bir maxsus tabib bor ekan. Har kuni kelib, shogirdlarini ko’rib, salomatliklari uchun ob - havo xususida ko’p diqqat ko’rguzar ekan. Gradus nom asbob birlan garmu sari me’yorini bilib, o’n to’rt darajada issiqni tutar ekanlar. Har kuni dars xonalarini ventilyator nom asboblar bilan ravzanini ochib, eski havolarni chiqarib, derazalardagi maxsus kichik darichalarini ochib, bog’din toza havo kirgizur ekanlar... Xullasul kalom, bizlar ul madrasada ajoyib va g’aroyib tartiblarni ko’rib taajjub qildik... kelib o’z ahboblarimizga ul gimnaziyada ko’rgan va eshidganlirmizni bayon qildik, alar ham zavqlanib ko’rmoq orzusida bo’ldilar”. 2
Furqat shu tarzda avval gimnaziyada o’qitiladigan fanlar haqida, keyin esa undagi ichki tartib - intizom, sanitariya-gigiena holatlarining afzalliklari haqida gapirib, o’lkadagi musulmon maktablarini ham gimnaziyalardan namuna olishga chorlaydi.
Eng avvalo seminariyalarda pedagogika fani ancha mukammal o’qitilar edi. Buni biz seminariyaning o’quv rejasidagi pedagogika dasturining tushuntirish xatidan ham ko’rishimiz mumkin. Ya’ni unda XIX asrning oxirlarida rus gubernatorlari tomonidan o’lkada ochilgan seminariyalar o’z mazmuniga ko’ra gimnaziyalarga o’xshab ketsada, ular gimnaziyalarga nisbatan ko’p afzalliklarga ega edi. quyidagichafikrlar bayon etilgan: “Seminariyada boshqa fanlar orasida pedagogika fani ilohiyot qonunidan keyin birinchi o’inda turmog’i kerak. Chunki bu predmet pedagogik faoliyatga alohida mutaxasisldar tayyorlaydigan predmetdir”.1
Rusiyadagi seminariyalarda esa o’quv muddati uch yil bo’lib, ikkinchi va uchinchi sinflarda haftasiga olti soat pedagogika fani o’qitilar edi. Xuddi gimnaziyalarda bo’lgani kabi seminariyalarda ham bolalarga ta’lim - tarbiya berishda ruhshunoslik faniga alohida e’tibor berilardi. Seminariyalarda qo’llaniladigan asosiy darsliklar milliyligimizni aks ettira olmasa-da (Bokning Paulson tarjimasidagi “Odam tanasi va uning hayoti”, Dettesning “PEdagogika amaliyoti ocherki”, Nikolaevning “Pedagogikaning bosh asoslarini o’rganishga rahbarlik”, Elenitskiyning “Umumiy pedagogika”, Miropolvskiyning “Didaktika darsligi”, Struvening “Elementar logika” darsligi va boshqalar) seminariyada pedagogika va ilohiyotdan tashqari, arifmetika, geometriya, fizika, tabiatshunoslik kabi fanlarning o’tilishi hamda seminariyaning ma’lum bir rejimga asosan ish olib borishdan hozirgi maktablarimiz istiqbolini yaratishda ham yordam beradi deb o’ylash mumkin.
Fikrimizni tasdiqlash uchun Turkiston o’qituvchilar seminariyasining jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan rejimga to’liq keltiramiz.
“Tarbiyalanuvchilar ertalab olti yarimda turishib, ko’rpa - to’shaklarini tartibga keltirishadi, toki ular yarim soatdan keyin ertalabki namozga tayyor bo’lsishlsin
Soat 7 da ertalabki namoz.
Soat 7 dan 15 minut o’tganida tongi saharlik.
Soat 7 dan 55 minut o’tgandan to soat II ga qadar 3 soat dars.
Soat II da ertalabki nonushta.
Soat II dan 45 minut o’tgandan to I dan 45 minut o’tganga qadar yana ikki soat dars.
Soat I dan 45 minut o’tgandan to 3 dan 45 minut o’tganga qadar gimnastika, musiqa va ashula.
Soat uchdan 45 minut o’tganda tushlik ovqat.
Soat 4 dan 30 minut o’tgandan to soat 6 ga qadar qo’l mehnati, mahalliy tildan amaliy mashg’ulotlar.
Kech soat 7 da non va choy.
Kech soat 7 dan 30 minutdan to 10 gacha kechki o’quv darslari.
Soat 10 da kechki namoz.
Soat 10 dan 30 minut o’tganda tarbiyalanuvchilar dam olishga yotadilar.2
Seminariyada bunday tartib - intizomning qo’yilishi tarbiyalanuvchilarni har tomonlama - rejim asosida ishlashi uchun qattiq talab qo’yilganidan dalolat berib, samarali ish olib borish katta ahamiyat kasb etar edi. Seminariyada o’quvchilar ta’lim - tarbiyaga oid nazariy bilimlarni olish bilan bir qatorda, seminariya qoshida ochilgannamunaviy bilim yurtlarida amaliy mashg’ulotlar ztkazish orqali o’z mahoratlarini ham oshira boradilar. Namunaviy bilim yurtlari seminariya tarbiyalanuvchilarini mustaqil suratda dars o’tishlari uchun ham barcha zarur shart - sharoitlarni yaratib beradi. Tarbiyalanuvchilar namunaviy bilim yurti o’quvchilaridan o’tiladigan mavzuni olib, o’qituvchi rahbarligida atroflicha darsning plan - konspektini tuzishar va shundan keyingina dars berishga kirishar edilar. Tarbiyalanuvchilar mustaqil o’tgan hir bir darsiga predmet o’qituvchilari ishtirok etishar va pedagogika darsida ularning o’tgan darslari o’qituvchilar tomonidan tahlil etilib, ularga zaruriy uslubiy ko’rsatmalar beriladi.
Umuman seminariyada olib borilgan ta’lim - tarbiya ishlari bir tomondano’lkada rus pedagoglarining g’oyalarini tarqatishga katta ta’sir ko’rsatgan bo’lsa, ikkinchi tomndan bu tadbirlar Turkistonda pedagogika fanini taraqqiyotiga ham ijobiy hissa qo’shdi.


Download 75,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish