Yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji. Mustaqil O’zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji Rus gubernatorlarining maorif sohasidagidastlabki siyosati turkistonda gimnaziyava seminariyalarning


yilgi rus revolyutsiyasi va uningturkiston maorifiga ko’rstagan ta’siri



Download 75,39 Kb.
bet3/9
Sana28.03.2022
Hajmi75,39 Kb.
#515189
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 mavzu

1905 yilgi rus revolyutsiyasi va uningturkiston maorifiga ko’rstagan ta’siri. 1905 yilning fevral oyida bo’lib o’tgan Rossiyadagi burjua revolyutsiyasi Turkiston o’lkasidagi maorif tizimi ham juda tushkin bir ahvolga kirib qoldi. O’lkadagi mahalliy ziyolilar o’zlarining siyosiy va g’oyaviy dunyoqarashlariga ko’ra uchta yirik gurhga bo’linib ketdi. “Qadimiylar” nomini olgan diniy ulamolar har qanday ilg’or usulga qarshi chiqishib, eskicha o’qitish g’oyalarini targ’ib etishardi. Bunday ulamolarga Ahmadxo’ja Eshon (Turkiston madrasi mudarrisi), Fayzullo Vahobqori (Qo’qonlik ruhoniy) va Muftizoda (Buxorolik ruhoniy) boshchilik qilishardi.
Ikkinchi toifa ziyolilar proletar inqilobi tarafdorlari hisoblanib, ularning eng ko’zga ko’ringan namoyondalari H.H.Niyoziy, Zavqiy, Mirmuhsin Shermuhammedovlar edi.
Ziyolilarning uchinchi guruhi “.usuli savtiya”ning jonkuyar a’zolari, o’z ma’rifatparvarlik faoliyatlarini maorif va madaniyat sohalarida islohat qilish orqali Turkiston xalqlarining milliy - madaniy ongini va ijtimoiy - siyosiy tafakkurini o’stirishga bag’ishlangan jadidchilik harakatining tarafdorlari edi.2
Proletar inqilobi tarafdorlarining maktab va maorif to’g’risidagi qarashlirini H.H.Niyoziy, Abdulqodir Shakuriy, Saidahmad Siddiqiy va Mirzo Xayrullo Quqoniylarning faoliyatlari bilan tanishgan holda bayon qilinishi lozim deb topdik.
Rusiya o’lkasidagi ma’rifatparvarlik va pedagogik g’oyalar ostida shakllangan Hamza Hakimzoda Niyoziy eng avvalo o’lkada rus pedagogik g’oyalarini targ’ib qiluvchi inqilob kuychisi sifatida maydonga keldi. Hamzaning pedagogik qarashlari proletar madaniyati manfaatini ifoda etishiga ham o’lkadagi rus olimlari A.A.semyonov, V.N.Nalivkin, M.Andreev, S.Gromenitskiy, A.Orlov va boshqalar sabab bo’lishdi. Rus olimlarining ta’sirida bo’lgan H.H.Niyoziy 1911 yilda mahalliy millat bolalari tahsil oladigan maktab ochadi. Ammo uning bu maktabida proletar inqilobi targ’ib qilingani uchun ham tez oradi, ya’ni 1913 yildayoq maktab yopib qo’yiladi. Shundan so’ng ham H.H.Niyoziy o’z g’oyaviy qarashlaridan voz kechmay, qisqa muddatda “Dorilyatem”, ya’ni tarbiya uyini ochadi. hamza o’zi ochgan maktablarda o’zining “Engil adabiyot”, “O’qish kitobi” va “Qiroat kitobi” kabi darsliklaridan foydalanadi. Hamza yozgan bu darsliklar bolalarni yosh xususiyatlariga, tiliga mos ravishda ifoda etilgandir. Bundan tashqari, Hamzaning darsliklari o’quvchilarni axloqiy tarbiyalashda ham katta ahamiyat kasb etardi. Jumladan, uning darsliklarida o’quvchilarni halollik, rostgo’ylik ruhida tarbiyalash, ochko’zlikva shuhratparastlikka nafrat ko’zi bilan qarash, ojizlarni qo’llab - quvvatlash, saxiylik, muloyimlik va o’z ishiga sadoqat, Vatanga muhabbat, ota - onani hurmat qilish, mardlik, mehnatni olqishlash ruhida tarbiyalash masalalari joy olgan.
H.H.Niyoziy e’tiboridan oila tarbiyasi ham chetda qolmagan. U oila tarbiyasi masalalariga ham o’z davriga nisbatan yangicha yondashadi. Hamza oilada ota - ona bola shaxsini hurmat qilishi, unga jismoniy jazo bermasliklari lozimligini uqtirib “Jismoniy jazo bola qalbini yo razil, yo qaysar, yo jahldor qilib qo’yadi”2- deydi. Hamza bolaga ota - ona to’g’ri tarbiya berishini ko’klarga ko’tarib shunday deydi: “Agar ota-onalarimiz boshida yaxshi tarbiya qilgan bo’lsalar, tilimizni yolg’ondan, qulog’imizni fisqu - adovatdan, qo’limizni xiyonatdan... shu fe’llardan mumkin qadar ehtiyot qilib, o’zimizni yotlik, yolg’izlikdan qiladigan erinchakliklarimizga iltifot qilmay, urishib, so’kib, maqtab topshirib ilm otlik: saodati... jahonga etadigan bir rahnamoiy haqiqatga tanish va oshno qiladigan bo’lur edilar.
Biz shum va yomon bo’lmas va o’zlari bu qadar... minglarcha pushaymon bo’lmasdilar”.1
Hamza bolalar tarbiyasida ota - onalarning tutgan o’rni haqida o’z darsliklarida ham fikr bildirgan. Jumladan, uning “Engil adabiyot”
darsligidagi “Bolaning yomon bo’lishiga sabab bo’lgan onaning jazosi”, “Hikoya”, “To’g’ri so’z bola” kabi pedagogik xarakterda yozilgan maqola va hikoyalarida ushbu masalaga atroflicha to’xtalib o’tilgandir.
Hamza Hakimzoda Niyoziy bolalarga ta’lim - tarbiya berishda ota - onalar bilan bir qatorda o’qituvchilarning rolini ham yuksak baholaydi. Uning fikricha, o’qituvchi bolalarni yaxshi tarbiyalamoq uchun o’z kasbini seva olishi hamda bolalarni hurmat qila bilishi lozim edi. Shu sababli Hamza o’qituvchiga xos xislatlarni to’g’ri tushunib, quyidagicha mulohaza qiladi: “Har joyda yosh bolalarni sho’xligi oddiy bir ishdir, lekin talabalar, muallim hazratlari tarafindin tanbehlar aytilib, pokiza axloq va asoslik adolatlilikdagina tarbiya etilib, muhabbat va diqqatni jalb qiluvchi ishlari va usullarini o’rgatib izohlar etganda edi... yildan - yilga talabalar minglab emas, balki millionlab ko’payar edi”.1
Qo’qonda Hamza Hakimzoda bilan bir vaqtda proletar inqilobining stashin jonkuyarlaridan Mirzo Xayrullo o’z pedagogik faoliyatini boshlaydi. “Usuli qadimiy” va “Usuli savtiya” maktablarida o’z savodini chiqargan Mirzo Xayrullo yo’qsillar uchun o’z uyida maktab ochadi. uning bu maktabidan o’zbek tiliga katta ahamiyat berilganligi, musulmon maktablariga nisbatan maktabning jihozlanishi va o’qitish usullarining ustunligi o’sha davrning bir qator ziyolilari e’tiborini ham o’ziga jalb eta boshlaydi. Xususan, o’sha davrdagi mashhur shoira Anbar Otin Mirzo Xayrulloning maktabini targ’ib etib, quyidagi she’rini bitadi:

“Ey bolam, Xayrulloxon maktab ochibdur, boringiz.


Albatta, shu yangi maktabda o’qingiz baringiz,
Erda ultirmay, xurrakda o’tirmish bolalar
Toza turgay ust - boshu isomayu dasturingiz.
O’rgatarmish turk tilida har ilmdin borini,
Kelgusida shu bilimlar birla bo’lg’ay koringiz.
Har o’qishning ma’nosiga tez tushunsangiz agar,
Yaxshi mullolar kabi borar raftoringiz”.2
Mirzo Xayrullo o’zi ochgan maktabda faat o’g’il bolalarga bilim berish bilan cheklanib qolmaydi. U sharoitning og’irligiga qaramasdan, avvaliga singlisi Saraposhshani savodli qilib, so’ng unga o’zbek qizlarini o’qitish uchun maktab ochib beradi.bu haqda Mirzo Xayrulloning turmush o’rtog’i Karomat aya shunday hikoya qiladi: “Men kelin bo’lib tushgan (1913-1914 yy.) yillar edi. Saraposhsha uyda maktab ochib otinbuvilik qilar edi. Kechalari domilladan (Mirzodan) ko’mak olar edi. Uning yangi usuldagi qizlar maktabi borlig’idan akasi turli kitoblar, maslahatlar berar, yo’l - yo’riqlar ko’rsatar edi”.3
Hamza bilan hamkorlikda ish olib borgan Mirzo Xayrullo ham o’zbek bolalari uchun darsliklar yozgan va turli tillardan asarlarni o’zbek tiliga tarjima qilgan. Uning darslik va tarjima asarlari jumlasiga “Tuhfatul atfol”, “Rahbarul tadiris” (1913 y.) “Rahbari alifbo” (1914 y.), “Turki avvali ilm”, “Imon risolasi”, “Ixtiyorat qamar”, “Mahdai fani nujum” (1916 y.) kabi kitoblarini kiritish mumkin. Mirzoning bu asarlari boshlang’ich sinflarga mo’ljallangan bo’lib, dars jarayonida axloqiy tarbiyani pand - nasihat yoki savol - javob yo’li bilan amalga oshirishga xizmat etardi. Shu bilan birga, Mirzo Xayrullo yaratgan darsliklarda o’qituvchiga uslubiy ko’rsatmalar ham berilib borilgan.
XIX asrning oxirida H.H.Niyoziyning maktablariga o’xshagan maktablar Turkiston o’lkasining boshqa joylarida ham ochila boshladi. Bunday maktablar jumlasiga samarqandlik Abduqodir Shakuriy va Saidahmad Siddiqiylar ochgan
“Tarjimon” gazetasi, A.Shakuriy tomonidan Samarqanddagi rus gimnaziyasida ta’lim - tarbiya jarayonining o’rganilishi hamda Qo’qon shahridagi bir tatar o’qituvchisining yangi usuldagi maktab ochishi o’z navbatida Shakuriyni ham o’zbek va tojik bolalari uchun maktab ochishga da’vat etadi. Shundan so’ng A.Shakuriy 1901 yilning kuzida o’z qishlog’i Rajabaminda yangi usuldagi maktab tashkil qiladi. Dastlabki paytlar u tatar tilida yozilgan darsliklardan foydalaniladi.
Shakuriy ochgan maktabda Qur’oni karim suralaridan tashkil topgan “Huftiyak” asosiy o’qish kitoblaridan biri edi. Shu bilan birga, uning makabida arab tili qoidalari va alifbosiga ham katta e’tibor berilardi.
Shakuriy maktabida o’quvchilar so’z bo’g’inlari bilan tanishtirilib borilishi bilan bir qatorda bu bo’g’inlarni o’z daftariga yozishar, keyin bo’g’inlarga harflarga ajratishar va harflardan yangi bo’g’inlar tuzishar edilar. Shu asosda bola 5-6 oy mobaynida o’qish va yozishni mukammal o’rganib olardi.
Abdulqodir Shakuriy o’z o’quvchilarini yiliga bir marta imtihon qilar edi. Shakuriy oladigan imtihonlarning afzalligi shunda ediki, bu imtihonlarga o’quvchilarning ota - oanlari ham ishtirok etishar va bolalarning o’z ota - onalari oldida olgan bilimlarini namoyish etishardi. Bu haqda pedagogning o’zi shunday deb yozadi: “Bir kuni shaharning ko’zga ko’ringan ulamo, agniyo va a’yonlarini hamda o’quvchilarning otalarini bolalarning olti oylik o’qishi bo’yicha o’tkazilgan imtihonga da’vat etdim. Bular oldida o’qvchilar maktabda olgan olti oylik bilimlarini imtihon berdilar. Odamlar bu o’qitish usulining afzalliklarini ko’rib, mendan mamnun bo’ldilar. Imtihondan so’ng odamlarning qalbida maktabga nisbatan muhabbat paydo bo’lib, chehralari ochildi”.1
Shakuriy bolalarning yoshlik xususiyatlariga muvofiq keluvchi axloq, odob va turmush qoidalarini o’z ichiga olgan darsliklar yaratadi. Uning bunday darsliklari qatoriga “Rahnamoi savod” va “Alifbe ta’limi” darsliklarini kiritish mumkin. Bu darsliklarida Shakuriy o’quvchilarni arab yozuvining qoidalari bilan tanishtirib boradi hamda har bir dars uchun kichik tekstlar berib, ular orqali bolalarga o’qish jarayonida hayotiy zarur bilimlardan saboq berib boradi. Yuqorida aytib o’tilgan darsliklarda alifbe qismi bilan birga xrestomatiya qismi ham mavjud edi. Xrestomatiya sodda, she’rlardan iborat edi.
Shakuriy tomonidan yozilgan “Jameul-hikoyat” va “Zubdatul atvor” kitoblari tojik bolalari uchun mo’ljallangan bo’lib, bu asarlardagi asosiy g’oya o’quvchilarning olgan bilimlarini takomillashtirish va mustahkamlash, ularda sharq poeziyasini o’rganishga havas uyg’otish va ularni klassik adabiyot namunalari bilan tanishtirishga qaratilgan edi.
Shu bilan birga, Shakuriy o’z maktabida mehnat darsini kiritib, o’z o’quvchilarini dehqonchilik va bog’dorchilikning ilg’or usullari bilan ham tanishtirib boradi.
Hunarmand oilasida tug’ilgan Saidahmad Siddiqiy 1903 yilga kelib o’z tug’ilib o’sgan qishlog’i Halvoyida dehqon va hunarmand bolalari uchun maktab ochadi. Bundan tashqari u katta yoshlilarni savodini chiqarish uchun 30 kishilikkechki kurs ham ochadi. Saidahmad Siddiqiy o’z maktabida darslarni qat’iy jadval asosida o’tkazar, ya’ni bir kuni rus tili, arifmetika, jug’rofiya, tarix, tabiat fanlaridan dars o’tkazsa, ikkinchi bu darslarning o’tish o’rnini navbat bilan almashtirar edi. Siddiqiy tashkil etgan maktabda o’zbek tili ham o’rganilardi. Bundan tashqri Siddiqiy tabiyat darslarini asosan ekskursiyalar orqali o’tardi. Siddiqiy tashkil etgan maktabda o’quvchilarning nutqini o’stirishga alohida e’tibor berilardi, o’quvchilarga uy vazifalari berilmay, bolalar darsdan keyin mashg’ulot o’tkazishardi.
Shunday bo’lishishag qaramay, S. Siddiqiy ham H.H.Niyoziy , A.Shakuriy singari pedagoglar safiga kirar edi va rus adabiyoti hamda Rossiya madaniyatiga oid bilimlar berib, ularni kommunistik ruhida tarbiyalashga qaratilgan edi.
Albatta XIX asrning oxirida va XX asrning boshlarida faoliyat ko’rsatgan pedagoglarimiz orasida o’zligimizni anglash uchun kurash olib borgan, xqiqiy vatanparvar ziyolilar ham mavjud edi. Bunday ziyolilar jadidchilik oqimi ostida birlashib, mahalliy millat bolalariga tamoman mos keladigan “Usuli savtiya” maktablarini yuzaga keltirishdi.

Download 75,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish