Yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji. Mustaqil O’zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji Rus gubernatorlarining maorif sohasidagidastlabki siyosati turkistonda gimnaziyava seminariyalarning



Download 75,39 Kb.
bet7/9
Sana28.03.2022
Hajmi75,39 Kb.
#515189
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 mavzu

«O’z qilmishidan mulzam bo’lgan ziyolining chehrasi burishadi. Do’stlaridan arazlaydi». Murabbiy Munavvar qori asar qahramoni tilidan gapirib, haqiqiy, ya’ni madaniyatli va aql-farosatli, ziyoli qanday bo’lishi kerakligi haqida shunday deydi: «Ziyoli millat, Vatan nima ekanini bilur va ziyoli millat uchun jonini, molini fido etar va millatning taraqqiysi uchun doimo harakat etar. Vaqti kelganda millat uchun o’zini halokat kartasiga tashlamoqqa muhayyo bo’lur...
Millat, vatan, madaniyat... shunga o’xshash so’zlarni bilmak bilan ziyoli bo’lmaydir»21.
Munavvar qorining «Tug’ishganlik sevgisi» hikoyasida mardlik, insof, diyonat, mehr-oqibatlilik, «Dev pechka» hikoyasida esa mehnatsevarlik, bugungi ishni ertaga qo’ymaslik, ota kasbini o’rganish va uni e’zozlash kabi g’oyalar ilgari suriladi. «Qullikka qanday tushdi?» hikoyasida esa bolalarga xushfe’l, rostgo’y, savodli bo’lishga, yoshlikning qadriga etish to’g’risida pandu nasihatlar qilinadi. Zero, Munavvar qori o’z asarlarida targ’ib qilgan tarbiyashunoslikning bunday dolzarb masalalari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q, albatta.
ABDUQODIR ShAKURIY (1875-1943) Samarqand shahri yaqinidagi Rajabamin qishlog’ida 1901 yilda yangi usuldagi maktabni tashkil qiladi. Yangi usuldagi bu maktabda arifmetika, tabiatshunoslik kabi dunyoviy fanlar o’qitilardi. Shakuriy o’zi ochgan yangi usuldagi maktabida arab tilining qoidalari va harflarni o’qitishga jiddiy e’tibor bergan holda, o’quvchilarni so’z bo’g’inlari bilan tanishtirar va shu bo’g’inlar asosida bolalar uchun tushunarli sodda so’zlarni tuzardi.
O’qishning birinchi kunidanoq so’z bo’g’inlarini Shakuriy daftarga yozdirar va ularni o’qish, yozishga o’rgatar edi. Keyin esa muallim bo’g’inlarni harflarga ajratar va bu harflardan yangi bo’g’inlar tuzar edi. Shu, tarzda bola besh-olti oy davomida o’qish va yozishga o’rgatilardi. Keyin esa Shakuriyning o’zi tuzgan «Rahnamoi savod» («Savod chiqarish rahbari») va uning shogirdi Ismatulla Rahmatullaev tomonidan tovush-harf uslubi asosida tuzilgan «Alifbe ta’limi» darsligi o’qitilardi.
Shakuriy 1907 yilda bolalarning yosh xususiyatiga muvofiq tarzda axloq, odob va turmush qoidalaridan dastlabki ma’lumot berish maqsadida «Jameul-hikoyat» («Hikoyalar to’plami») nomli ikkinchi kitobini tuzadi. Bu kitob boshlang’ich maktabning II, III sinflari uchun terma kitobdir. Kitobdan 48 ta kichik-kichik odob-axloq mavzusidagi hikoyalar va 15 ta she’riy asarlar o’rin olgan. Uning uchinchi o’qish kitobi «Zub-datul ash’or» deb ataladi. Muallifning bu o’qish kitobini tuzishdan asosiy maqsadi o’quvchilarning olgan bilimlarini takomillashtirish va mustahkamlash bilan birga ularda she’riyatni o’rganishga havas uyg’otishga va ularni (o’zbek, tojik, ozarbayjon) klassik adabiyoti namunalari bilan tanishtirishdan iborat edi.
Muallim Shakuriy o’z o’quvchilari uchun yilda bir marta umumiy imtihon uyushtirar edi. Imtihonda u ota-onalar, yangi usul maktabining tarafdorlari hamda dushmanlari – mullalar va boylar oldida olti oy davomida o’z o’quvchilari egallagan bilimning natijalarini namoyish qildirar edi. Maktabda tashkil qilingan bu ommaviy imtihonlar «Umumiy sud» shaklini olar edi. Imtihonga odamlar to’da-to’da bo’lib kelar, qisqa muddat ichida bolalarning xat-savodli bo’lishi, hisob, jo’g’rofiya va tabiiyot fanidan ma’lumotga ega bo’lganliklarini ko’rib, hamma hayratlanar edi. Natijada, bu maktab tarafdorlari borgan sari ko’paya bordi. Shakuriyning o’zi bu haqda shunday yozadi:
«Bir kuni shaharning ko’zga ko’ringan ulamo, ag’niyo va a’yonlari hamda o’quvchilarning otalarini bolalarning olti oylik o’qishi bo’yicha o’tkazilgan imtihonga da’vat etdim. Bular oldida o’quvchilar maktabda olgan olti oylik bilimlaridan imtihon berdilar. Odamlar bu o’qitish usulining afzalliklarini ko’rib, mendan mamnun bo’ldilar. Imtihondan so’ng odamlarning qalbida maktabga nisbatan muhabbat paydo bo’lib, chehralari ochildi»22.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Shakuriy ochgan yangi usul maktabining dovrug’i va u yaratgan darsliklarning shuhrati Hamza Hakimzoda Niyoziy, Sadriddin Ayniy, Mirzo Abdulvohid Munziy va boshqa ma’rifatparvar jadidchilarning ham diqqatini jalb etdi. 1909 yilda Hamza Shakuriyning maktabini ko’rish va uning imtihonlarida qatnashish uchun Samarqandga keladi. Bu maktabdagi o’qish-o’qitish uslublari va imtihon natijalari Hamza Hakimzoda Niyoziyda katta taassurot qoldirdi.
A.Shakuriyning o’qish-o’qitish uslubidagi yangilik-ning ahamiyati shundaki, birinchidan, u o’sha davrda mavjud bo’lgan eski o’qitish usullari va o’qish kitoblarining hammasini rad qilib, savod chiqarishni engillatish maqsadida dastlab bo’g’in usuli, keyinchalik tovush-harf uslublarini qo’llaydi. Bu o’qitish uslubining qulayligi natijasida o’quvchilar ko’pi bilan 6 oy ichida savodli bo’lardi. Ikkinchidan, maktabda kichik yoshdagi o’g’il va qiz bolalarni birga o’qitish uslubini joriy qildi. Uchinchidan, bolalarni avvalo o’z ona tilisida o’qitishga qat’iy rioya qildi va shu bilan birga bolalarni o’zbek, tojik, arab va rus tillarini ham mukammal o’rganishga da’vat qildi. To’rtinchidan, yangi usul maktablari uchun juda sodda, tushunarli tilda darsliklar tuzib, ularni nashr etdi. Beshinchidan, Shakuriy tomonidan joriy qilingan dastlabki yangilik – Samarqand maktablariga mehnat va musiqa darslarining kiritilishi bo’ldi. U o’z o’quvchilarini qishloq xo’jaligi va bog’dorchilikka oid ishlar bilan tanishtirishdan tashqari, muqovachilik, duradgorlik va boshqa hunarlarni ham o’rgatar, bu mashg’ulotlar uchun maktab dasturidan alohida soatlar ham ajratgan edi.
O’zbek pedagogikasi tarixidaA.Avloniy birinchi martapedagogikaga «Pedagogiya», ya’nibola tarbiyasining fanidemakdir», deb ta’rif berdi. Tabiiy, bunday ta’rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi. Abdulla Avloniy ko’plab xorijiy tillarni bilgan, arab, fors, rus, ozarboyjon tillarini mukammal egallagan.
Sharq xalqlari ilmiy merosini "Chuqur o’rganganligi «Turkiy guliston yoxud axloq» kitobini yaratishda, o’zbek va tojik adabiyoti klassiklarining asarlaridan ijodiy foydalanish imkonini berdi. U mazkur asarni «yozishda xalq pedagogikasidan o’rinli foydalanib, asarni 64 bobdan iborat tarzda bayon etdi. Har bir bob o’ziga xos xususiyatgea ega bo’lib, ta’lim tarbiya masalalarini yoritishda biri ikkinchisini uzviy to’ldiradi va takomillashtiradi. Muallifning hizmati shundaki, u mazkur asarni yozishda har bir bobning maqsad-vazifalarini ilmiy, uslubiy jihatdan asoslab, sodda va ravon til bilan o’quvchilarga tushunarli xolda bayon eta bildi. Buni biz asarning asosiy g’oyasi, yo’nalishlari, tarbiya turlari haqida bayon etgan fikr-muloxazalarida ko’ramiz.
Bu g’oya o’z navbatida yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, insonparvarlik, odamiylik, olijanoblilik, mehnatsevarlik, iffatli, mehr-oqibatli, intizomli, adolatparvar, millat g’ururini e’zozlovchi, ulug’ ajdodlarimiz an’analari va ilmiy meroslarini ko’z-qorachig’iday asrash, axloqi pok inson bo’lib etishish borasidagi asosiy mezon xisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning «Men Abdulla Avloniining «Tarbiya biz uchun «Yo hayot yo mamot, yo najot - yo halokat, saodat - yo falokat masalasidir” - degan fikrini ko’p mushohoda qilaman.
Buyuk ma’rifatparvarning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan xam ko’ra muhim va dolzarbdir. Chunki ta’lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaktda ong darajasi va uning rivojini xam belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi.
Ko’rib turganimizdek bularning barchasi bir-biri bilan zanjir kabi chambarchas bog’lik masalalardir», - deya ilgari surgan fikr va muloxazalari Abdulla Avloniy ijodiga berilgan katta bahodir. Tarbiya xususiy ish emas, milliy, ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo’lishi avlodlar tarbiyasiga ko’p jihatdan bog’liq, shu bois A.Avloniy bola tarbiyasiga katta e’tibor bilan qarab, o’zbek ziyolilar orasida birinchi bo’lib, ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limotni, tarbiya yo’nalishlarini ishlab chiqib, hayotga tatbiq etdi.

Download 75,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish