Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik flkrlar. Mashg’ulot rejasi


Xalq pedagogikasi – empirik bilimlar sohasi sifatida



Download 80 Kb.
bet4/5
Sana01.02.2022
Hajmi80 Kb.
#422411
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma\'ruza mashg\'uloti

Xalq pedagogikasi – empirik bilimlar sohasi sifatida

Xalq pedagogikasi xalq ommasi orasida hukmronlik qiluvchi tarbiyaning maqsadi va vazifalariga bo’lgan qarashlarni ifodalovchi amaliy pedagogik bilimlar va tajribasining sohasidir.


Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari deganda xalq tarbiya tajribasidan joy olgan empirik pedagogik bilimlar, ma’lumotlar, malakalar va ko’nikmalarning zamonaviy maktab va oila tarbiyaviy sistemasida bolalar va o’quvchi-yoshlarni tarbiyalash maqsad va vazifalarini hal etish uchun zarurligi(qulay shart-sharoiat yaratishi) tushuniladi.
Xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari deganda xalq ommasining yoshlarga bilimlar va amaliy ko’nikmalar berish, ularni ijodiy ishlash uslublari bilan qurollantirish, dunyoqarashlarini o’stirish va axloqiy nafosat g’oyalarini egallashlarida qo’llab kelgan empirik pedagogik tajribasini zamonaviy milliy maktab o’qitash jarayonida qo’llash uchun qulayligi tushuniladi. Masalan, milliy amaliy san’atga o’rgatishning xalq orasida tarkib topgan uslubiyotini xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari doirasiga kiritish mumkin. Xususan, ganch va yog’och o’ymakorligi, zardo’zlik, musiqa asboblari yasash, kulolchilik va boshqa ko’plab amaliy can’at turlarini egallashning xalq ustalari va chevarlari tomonidan tajribada yaratilgan o’z usullari, uslub va vositalari mavjud. Ulardan milliy maktabdagi mehnat ta’limi darslarlda yoki to’garak mashg’ulotlarida o’quvchilarga bilimlar va amaliy ko’nikmalar berishda foydalanish mumkin.
O’zbek xalq poetik ijodida bolalarni oilada va bola yashab turgan muhitda insoniy fazilatlarni tarbiyalashning juda uzoq zamonlardan beri davom etib kelayotgan o’ziga xos xilma-xil metod va vositalari mavjud ekanligi ko’rinadi.Yuqorida aytib o’tilganidek, xalq ijodi ham shu orqali xalq pedagogikasida qo’llaniladigan: tushuntirish, namuna ko’rsatish, odatlantirish (o’rganish, mashq qildirish), iltimos qilish, tilak-istak bildirish, yolvorish-iltijo qilish, maslahat berish, ko’ndirish, undash, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, olqish (oq yo’l tilash), taqiq qilish, ta’na (gina, o’pka) qilish, mashara - mazax qilish, majbur qilish, tanbeh berish, koyish, qarg’ash, qo’rqitish, uzr so’rash, ont - qasam ichirish, la’natlash, so’kish, urish, kaltaklash metodlari bo’lsada, yoshlarning insoniy fazilatlarini tarbiyalashda asosan: o’git-nasihat, ibrat ko’rsatish, ma’qullash va maqtash, alqash, mukofotlash, qoralash - qarg’ish, jismoniy jazo berish kabi metodlardan foydalanilgani ko’zga tashlanadi.
1.3.Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalari.

Avesto”dagi ta’limiy-axloqiy g’oyalar. “Avesto” – zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanib, dastlabki Sharq falsafiy qarashlarini o’zida aks ettiruvchi manbadir. Unda insonni kamolotga erishuvida mehnat, ezgulik, insoniylik, soflik, bag’rikenglik kabi sifatlarning ahamiyati chuqur ifodalangan.


Zardushtiylik dinining nomi ushbu din asoschisi Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan olingan. Uning tug’ilgan joyi noma’lum. Zardusht miloddan avvalgi 1-ming yillikning birinchi choragida yashagan.
Zero, zardushtiylikda axloqiylikning asosi, sahovatlilik belgisi - mehnat deb ko’rsatilsa, ishyoqmaslik barcha nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi sabab ekanligiga urg’u beriladi.
Zardushtiylik yoyilayotgan davrda ibodatxona ham, maxsus ilohiy kitoblar ham bo’lmagan. Diniy marosimlar ochiq havoda, gulxan yonida ado etilgan. Keyinchalik kohinlar Zardusht va’zlarini yozib borganlar. Zardusht dini kohinlari bunday diniy matnlarni yod bilganlar va ibodat paytida o’qiganlar. Zardusht vafotidan bir necha asr o’tgach barcha diniy marosimlar, madhiya va duolar kitob holiga keltirildi. Bu zardushtiylar muqaddas kitobi «Avesto» edi. «Avesto» so’zi «qat’iy qonunlar» ma’nosini bildiradi.
Zardusht diniga ko’ra, atrofdagi dunyo ikki qismdan tashkil topgan: yaxshilik va yomonlik. Bular o’rtasida azaldan kurash ketadi. Masalan, nur bilan qorong’ulik, hayot bilan o’lim, ezgulik bilan yomonlik, qonun bilan qonunsizlik o’rtasida.
Zardushtiylar hayotining asosiy mazmuni xayrli ish, shirin so’z, olijanob o’y-fikrdan iborat bo’lgan. Insonning asosiy burchi adolatli turmush tarzi bo’lmog’i kerak. Yaxshilikning yomonlik ustidan g’alaba qilishini ko’zlab yashash kerak: yolg’on gapirmaslik, so’zning ustidan chiqmoq, faqat yaxshilik qilmoq.
Zardusht dini bo’yicha har bir inson hayot yo’lini o’zi belgilaydi; kimga yon bosmoqlik, kimni himoya qilishni o’zi hal qiladi.
Zardushtiylikda olov, er, suv va havo muqaddas sanaladi. Ularni yomon, yovuz narsalar bilan aralashtirmaslik lozim.

Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish