Eng issiq dengiz – Qizil dengiz.
Eng yosh dengiz – Qora dengiz. Bu dengiz materikning ichkarisida bo`lganligi uchun kech shakllangan.
Eng katta qo`ltiq (ko`rfaz) – Bengaliya. Maydoni - 2 191 000 km.kv. Qo`ltiq Yevrosiyo materigining janubiy qismida Hindiston yarim orolining sharqida va Andaman dengizining g`arbiy qismida joylashgan. Eng chuqur joyi 4519 metr.
Eng uzun bo`g`oz – Mozambik. Bo`g`oz 950 km uzunlikka ega, u Afrika materigi va Madagaskar oroli oralig`ida joylashgan.
Eng keng bo`g`oz – Dreyk. Mazkur bo`g`oz Janubiy Amerika va Antarktida materiklari oralig`ida joylashgan. Tinch va Atlantika okeanlarini birlashtirib turadi. Kengligi 820 km. Bog`oz nomi Frensis Dreyk sharafiga qo`yilgan.
Eng serqatnov bo`g`oz – La-Mansh bo`g`ozidir. Bog`ozdan sutkasiga 500 dan ortiq kema o`tadi.
Eng baland suv qalqishi – Atlantika okeanidagi Fandi qo`ltig`ida kuzatilgan. Suv to`lqinining balandligi 18 metrga yetgan.
Eng uzun iliq oqim – Golfstrim. Oqim Meksika qo`ltig`idan boshlanib to Shimoliy Yevropagacha davom etib, 10 000 km masofani o`z ichiga oladi.