Eng sovuq odam yashaydigan hudud – Oymyakon. Bu yerdagi eng past harorat -71 C ni tashkil etgan. Qish oylarida o`rtacha havo harorat -40o va undan ham past bo`lishi mumkin.
Eng seryog`in hudud – Hindistonning Cherrapunji hududi. Yillik o`rtacha yog`in miqdori 12 665 mm. Yog`ingarchilikning ko`p miqdorda bo`lishida Hind okeanidan keladigan musson oqimining hissasi katta. Cherrapunjida 1860-yil 1-avgustdan 1861-yil 31-iyulgacha 22 987 mm li rekord darajadagi yog`in tushgan.
Eng sertuman hudud – Shimoliy Amerikadagi Nyufaundlend oroli.