Eng ko`rkam sharshara – Niagara. Balandligi – 51 metr. AQSH va Kanada chegarasida joylashgan. Sharsharaning maftunkorligini ko`rish uchun yiliga 10 mln sayyoh boradi.
Eng sersuv sharshara – Kongo Demokratik Respublikasida joylashgan Bayoma sharsharasidir. Suv sarfi sekundiga 17 000 metr.kub.
Eng katta delta – Nil daryosining O`rta Yer dengiziga quyilish joyida. Maydoni — 24 000 km.kv.
Eng katta suvosti deltasi – Hind okeanida joylashgan.
Eng katta okean – Tinch. Shuningdek, okean dunyodagi eng keksa, eng issiq, eng ko`p baliq ovlanadigan, eng kuchli shamollar esadigan, biomassaga eng boy, orollari eng ko`p, suv tubi vulkanlari eng ko`p okean ham hisoblanadi. Maydoni – 178 700 000 km.kv, suv hajmi esa 710 400 000 km.kubga teng. Okean Dunyo okeanining 50% maydonini egallaydi. Eng chuqur cho`kmasi – Mariana.
Do'stlaringiz bilan baham: |