11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining energiyadan oqilona
foydalanish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
energiyadan oqilona foydalanishga qaratilgan davlat dasturlari va loyihalarini ishlab chiqadi
hamda amalga oshiradi;
energiyani tejash va energiya jihatidan samaradorlikni oshirish sohasida davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish shakllari va usullarini belgilaydi;
energiya jihatidan samarador va energiya tejaladigan dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish va
amalga oshirishda vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining, shuningdek
korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
energiya jihatidan samarador va energiya jihatidan tejamkor texnika hamda mahsulotni,
ilg‘or texnologiyani, ushbu sohadagi boshqaruv usullarini va ilmiy tadqiqotlarni joriy etish,
ikkilamchi energiya resurslarini hamda chiqindilarni utilizatsiya qilish, shuningdek atrof-muhitda
tabiiy holda tiklanuvchi quyosh, shamol energiyasidan, yer haroratidan (geotermal), suv
oqimlarining tabiiy harakatidan, biomassa energiyasidan (bundan buyon matnda qayta
tiklanuvchi energiya manbalari deb yuritiladi) foydalaniladigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha
loyihalarning amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
energiyani hisobga olish, uni nazorat qilish va boshqarish asboblarini, energiya jihatidan
samarador, energiya jihatidan tejamkor hamda ekologik xavfsiz energetika qurilmalarini ishlab
chiqarish bo‘yicha sanoat bazasini rivojlantirishga yordam beradi;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha energiya jihatidan samaradorlikni,
energiya tejamkorligini oshirish hamda energetika resurslarini tejash ko‘rsatkichlarini aniqlash
uslubiyotini, shuningdek maqsadli ko‘rsatkichlarini tasdiqlaydi;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning energetik tekshiruvlarini o‘tkazish, shuningdek
energiyani ishlab chiqaradigan hamda sarflaydigan uskunalarni hamda ishlab chiqarilayotganda
energetika resurslaridan foydalaniladigan mahsulotni ekspertizadan o‘tkazish qoidalarini
tasdiqlaydi;
energiya sarflashning maxsus rejimini o‘rnatishga rozilik beradi;
energiyadan oqilona foydalanish va energetika asbob-uskunalarini ishlatish masalalari
bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yaratishga
ko‘maklashadi;
jamoatchilikni energiyadan foydalanish samaradorligi to‘g‘risida xabardor qiladi;
Oldingi
tahrirga qarang.
energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan
davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(11-modda birinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |