Maxsus vakolatli davlat organi:
energiyadan oqilona foydalanish sohasida, shu jumladan energiyaning ishlatilishini
kamaytirish, energiyani tejaydigan ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda iqtisodiyot
tarmoqlaridagi va ijtimoiy sohadagi qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish sohasida
yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
davlat organlarida va tashkilotlarida, iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari, muassasalari va
tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga hamda ijtimoiy soha obyektlariga energiya jihatidan
samarador va energiyani tejaydigan texnologiyalar joriy etilishini rag‘batlantiruvchi tashkiliy-
huquqiy va iqtisodiy mexanizmlarni ishlab chiqadi, shuningdek energiya resurslaridan
foydalanishdagi energiya jihatidan samaradorlik va energiya tejamkorligi yuzasidan monitoringni
amalga oshiradi;
iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy soha obyektlarida energiya jihatidan samaradorlikni va
energiya tejamkorligini oshirishga doir ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etadi, investitsiya loyihalari
bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
energiyadan oqilona foydalanish sohasida yagona normativ-huquqiy va texnik jihatdan
tartibga solishni amalga oshiradi;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) energiya jihatidan samaradorligi va energiya
tejamkorligi bo‘yicha toifalarini aniqlash qoidalarini belgilaydi;
binolar va inshootlarning, shu jumladan ko‘p kvartirali uylarning energiya jihatidan
samaradorligi va energiya tejamkorligi bo‘yicha toifalarini aniqlash qoidalarini belgilaydi;
tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga), binolar va inshootlarga, qurilmalarga, shu jumladan ko‘p
kvartirali uy-joylarga nisbatan energiya jihatidan samaradorlik va energiya tejamkorligi talablarini
belgilaydi;
energiya samaradorligi past bo‘lgan mahsulotning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini yoki
mamlakatimizga import qilinishini cheklash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
foydalanilayotgan energiya resurslarining hisobini yuritadi;
energiya auditorlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi, energiya resurslari
iste’molchilari majburiy energetika tekshiruvlaridan o‘tkazilishi va tegishli tavsiyalarning bajarilishi
yuzasidan monitoringni, shuningdek energiya servis kompaniyalari faoliyati monitoringini amalga
oshiradi;
ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlarining umumiy foydalanishdagi mol-mulkka nisbatan energiya
jihatidan samaradorlikni va energiya jihatidan tejamkorlikni oshirish yuzasidan tadbirlar o‘tkazadi;
energiya jihatidan samaradorlikni va energiya tejamkorligi bo‘yicha hududiy dasturlarga doir
talablarni ishlab chiqadi;
energiya jihatidan samaradorlik va energiya tejamkorligini oshirish bo‘yicha ishlarni yuritishga
doir ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
energiya jihatidan samaradorlikni va energiya tejamkorligini oshirish bo‘yicha o‘quv
dasturlariga doir talablarni ishlab chiqadi;
energetika auditi sohasidagi mutaxassislarning va energetika xizmatlarini yetkazib
beruvchilarning malakasini oshirish uchun treninglar tashkil etadi.
(11 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-iyuldagi O‘RQ-628-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2020-y., 03/20/628/1068-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: