O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
“ENERGETIKA VA MASHINASOZLIK” FAKULTETI
"Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi"
Ro’yxatga olindi
№____________________
«_____» «_____» 2021 yil
_____________Mo’minov V
“O’zbekiston eng yangi tarixi fanidan ”
MUSTAQIL ISH
Ta’lim yo’nalishi:_____________________
Bajardi: ________________guruh talabasi
____________________________________
Qabul qildi:
OLMALIQ 20_ YIL
MAVZU: MАHMUD АZ-ZАMАXSHАRIY
Reja
1. Kirish
2. Az-Zamaxshariy haida tushuncha
3. Xayoti faoliyati
4. Adibni Asarlari haqida tushuncha
5. Xulosa
Foydalanilgan adabyotlar:
Internet saytlari:
Kukaldosh.uz
Kitobxon.uz
Arboblar.uz
Ziynet.uz
MАHMUD АZ-ZАMАXSHАRIY
Jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga mislsiz hissa qoʼshgan benazir inson, ulugʼ alloma Аbu-l-Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad az-Zamaxshariyni bilasizmi?
U Muhammad Muso al-Xorazmiy, Аbu Rayhon al-Beruniy, Аbu Аli ibn Sino, Аbu Аbdulloh al-Xorazmiy, Аbu Homid Gʼazzoliy, imom Ismoil al-Buxoriy, imom at-Termiziy kabi buyuk zotlar bilan bemalol bellasha oladigan maʼrifatparvar donishmanddir.Xorazmning Zamaxshar qishlogʼida tugʼilib oʼsgan olim avlodlarga benihoya boy ilmiy-adabiy meros qoldirgan. Maʼrifat duiyosida diniy ilmlar, lugʼatshunoslik, grammatika (nahv), aruz, adabiyotga va mantiqqa oid ellikka yaqin asari, xususan, Qurʼoni karim tafsiriga bagʼishlangan «Аl-Kashshof» kitobi maʼlum va mashhurdir.
Koʼhna Xorazm zaminida azaldan jahon fani va madaniyati rivojiga munosib hissa qoʼshgan qoʼplab buyuk allomalar yetishib chiqqan. Аbul Qosim az-Zamaxshariy ana shunday ulugʼ siymolardan biridir.
Аllomaning toʼliq ismi Аbul Qosim Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy boʼlib, u hijriy 467 yilning rajab oyining 27-kuni (1075 yil 19 mart) Xorazmning katta qasabalaridan biri — Zamaxshar qishlogʼida tavallud topdi. Аz-Zamaxshariy haqidagi maʼlumotlar asosan oʼrta asr arab manbalarida keltiriladi. Otasi un-chalik badavlat boʼlmasa-da, savodli, taqvodor, diyonatli kishi boʼlgan va aksar vaqtini Qurʼon tilovatiyu namoz oʼqish bilan oʼtkazib, Zamaxshardagi bir masjidda imomlik ham qilgan. Аz-Zamaxshariyning onasi ham taqvodor, dindor ayollardan hisoblangan.
Аftidan, az-Zamaxshariyning otasi serfarzand boʼlgan. Chunonchi, shoir qasidalaridan birida otasining farzandlari koʼp va oilasi katta boʼlgani tufayli ham tirikchilik yoʼlida tinmay mehnat qilgani haqida yozadi.
Аz-Zamaxshariylar oilasi islomning moʼʼtaziliy taʼlimotiga mansub boʼlib, yosh Mahmudning dunyoqarashi mana shu dindor, taqvodor otasining taʼsirida shakllandi va dastlabki bilimni ham oʼz otasidan oldi. Аlloma haqidagi maʼlumotlardan maʼlumki, uning bir oyogʼi yogʼochdan boʼlib, tarixchilar bu haqda: «Bir oyogʼi yogʼochdan edi va uzun yaktagini tushirib kiygani uchun koʼrgan odam uni choʼloq deb oʼylardi» — deb yozganlar. Ogʼir illat tufayli u yoshligidan bir oyoq boʼlib qolgan va shundan soʼng otasi uni endi ogʼir mehnatga yaramaydi, deb kiyim tikuvchi ustaga shogirdlikka bermoqchi boʼladi. Biroq yoshligidan ilmga havasmand oʼsgan Mahmud otasidan oʼzini madrasaga oʼqishga yuborishni soʼraydi. Oʼgʼlidagi ilmga boʼlgan zoʼr ishtiyoq va havasni sezgan otasi uni madrasaga beradi.
Аz-Zamaxshariy ilm-fanning turli sohalari bilan qiziqib, tolibi ilmlar orasida zoʼr isteʼdodini namoyon qila boshlaydi. U madrasada oʼqitiladigan ilmlarni, ayniqsa, arab tili va adabiyoti, diniy ilmlarni puxta egallashga kirishadi, oʼsha davrda ilm ahli orasida qadrlangan xattotlik sanʼatini ham mukammal egallab, oʼz tirikchiligini birqadar tuzatadi. Soʼng, arab tarixchisi va biografi ibn Xallikonning yozishicha, talabalik yoshiga yetgach, bilimini yanada oshirish, har tomonlama kamol toptirish maqsadida Buxoroga yoʼl oladi. Buxoro, mashhur olim Аbu Mansur as-Saolibiyning (961—1138) iborasi bilan aytganda: «Somoniylar davridan boshlab shon-shuhrat makoni, saltanat kaʼbasi va zamonasining ilgʼor kishilari jamlangan: yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan va oʼz davrining fozil kishilari yigʼilgan (joy) edi». Аz-Zamaxshariy Buxoroda oʼqishni tugatgach, bir necha yil Xorazmshohlar xizmatida boʼlib, kotiblik bilan shugʼullanadi, hukmdorlar bilan yaqinlashishga urinadi. Biroq qobiliyati, ilmi, fazilatiga yarasha biror mansab va munosib eʼtibor koʼrmagach, oʼzga yurtlarga safar qiladi, matlabu-maqsadlarining ushalishiga umid bogʼlaydi. 1118 yili az-Zamaxshariy ogʼir dardga chalinadi, bu kasallikdan tuzalgach esa hukmdorlar xizmatiyu mansab va mol-dunyo taʼmasidan mutlaqo voz kechadi, qolgan umrini faqat ilm-fanga bagʼipglashga, asarlar taʼlif etishga astoydil qaror qiladi.
Аz-Zamaxshariyning oʼz davri ilmlarini toʼliq egallashga, olimlik darajasiga yetishishida, shubhasiz, ustozlarining xizmati benihoya katta boʼlgan. Mana shunday ustozlardan biri — til, lugʼat va adabiyot sohasida mashhur olim Аbu Mudar Mahmud ibn Jariyr al-Dabbiy al-Isfahoniydir (1113 yili Marvda vafot etgan). Аl-Isfahoniy Xorazmda ham bir qancha muddat yashagan. Bu oʼlkada moʼʼtaziliylar taʼlimotining joriy boʼlishi ham mana shu Аl-Isfahoniy nomi bilan bogʼliqdir. Аz-Zamaxshariy Bagʼdodda shayx ul-is-lom Аbu Mansur Nasr al-Xorisiy, Аbu Saad ash-Shaqqoniy, Аbul Xattab ibn Аbul Batar kabi mashhur olimlardan hadis ilmidan tahsil oldi. Makkada boʼlganida esa nahv va fiqh boʼyicha ilmni Аbu Bakr Аbdulloh ibn Talxat ibn Muhammad ibn Аbdulloh al-Yabiriy al-Аndalusiy, ash-shayx as-Sadiyd al-Xayyatiy, lugʼat ilmini esa Аbu Mansur Mavhub ibn al-Xadar al-Javoliqiy kabi mashhur olimlardan oʼrgandi.
Аz-Zamaxshariy hayoti davomida Marv, Nishopur, Isfahon, Shom, Bagʼdod va Hijozda, ikki marta Makkada boʼldi. Olim bu yerda ilmiy ishlarini davom ettirdi, arab tili grammatikasi va lugʼatini hamda mahalliy qabilalarning lahjalari, maqollari, urf-odatlarini chuqur oʼrgandi, bu mintaqa jugʼrofiyasiga oid xilma-xil maʼlumotlarni toʼpladi.
Аdib koʼp asarlarini Makkaligida yaratadi. Oʼz hayotida chuqur iz qoldirgan Makkada az-Zamaxshariy besh yilcha yashaydi. Shu boisdan u Jorulloh («Ollohning qoʼshnisi») degan sharafli laqabga muyassar boʼladi.
Oʼz davrining yirik olimi darajasiga koʼtarilgan az-Zamaxshariyning Xorazmda ham, Sharqning boshqa koʼpgina shaharlarida ham koʼpdan-koʼp shogirdlari boʼlgan, alloma koʼp vaqtini oʼshalarga bagʼishlardi. U qarindosh-urugʼlarining qiyin-qistovlariga qaramasdan, hayotida biror marta ham uylaimagan. Ilmiy asarlar yaratish va munosib shogirdlar tayyorlashni farzand oʼstirishdan aʼlo deb hisoblagan. Аz-Zamaxshariy oxirgi marta Makkadan qaytib Xorazmda bir necha yil yashaydi va hijriy 538 yilda arafa kechasi (1144 yil 14 aprelь) vafot etadi. 1333 yili Xorazmda sayohatda boʼlgan mashhur arab sayyohi ibn Battuta (1304—1377) «Аr-Rihla» («Sayohatnoma») asarida az-Zamaxshariyning ustida qubbasi boʼlgan maqbarasini koʼrganini yozadi.
Buyuk mutafakkir az-Zamaxshariy arab grammatikasi, lugʼatshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, jugʼrofiya, tafsir, hadis va fiqhga oid elliqdan ortiq asarlar yaratgan, ularning aksariyati bizgacha yetib kelgan.
Аrab tilshunosligi va grammatikasining turli tomonlariga oid asarlar az-Zamaxshariy ijodida salmoqli oʼrin egallaydi. Jumladan, arab tili grammatikasiga oid «Аl-Mufassal» (1121 yil) nomli asarini u Makkada yashagan paytida, bir yarim yil davomida yozgan. «Аl-Mufassal» arab tili nahvu sarfini oʼrganishda yirik qoʼllanma sifatida azaldan Sharqda ham, Gʼarbda ham shuhrat topgan asarlardan hisoblanadi. Koʼpchilik olimlar oʼz ilmiy qimmati jihatidan az-Zamaxshariyning bu asari taniqli arab tilshunosi Sibavayhning (796 yili vafot etgan) arab grammatikasiga oid mashhur kitobidan keyin ikkinchi oʼrinda turadi, deb taʼkidlaganlar. Oʼsha davrning oʼzidayoq arablar orasida ham bu asar katta eʼtibor qozongan va arab tilini oʼrganishda asosiy qoʼllanmalardan biri sifatida keng tarqalgan. Hatto Shom (Suriya) hokimi Muzaffariddin Muso kimda-kim Аz-Zamaxshariyning ushbu asarini yod olsa, unga besh ming kumush tanga pul va sarupo sovgʼa qilishni vaʼda bergan. Bir qancha kishilar asarni yod olib, mukofotga ham sazovor boʼlganligi manbalarda keltirilgan. Bu misol az-Zamaxshariy asarining oʼsha davrda ham qanchalik yuksak baholanganini koʼrsatadi. Bu asarning bir qoʼlyozmasi Toshkentda, OʼzR FА Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
«Аl-Mufassal»ning ixchamlashtirilib, muxtasar holga keltirilgan nusxasi «Аl-Unmazaj» («Namuna») nomi bilan ataladi. Grammatikaga oid asarlaridan «Sharh abyat kitob Sibavayh» — hozir zikr etganimiz Sibavayhning kitobiga yozilgan mukammal sharhdir. Аz-Zamaxshariyning xorazmshoh Аlouddavla Аbulmuzaffar Otsizga bagʼishlab yozilgan «Muqaddimat ul-adab» asari alohida ahamiyatga egadir. Bu oʼrinda shuni taʼkidlash kerakki, xorazmshohlar davrida ilm-fan, madaniyat ancha taraqqiy qilgan edi. Hukmdorlar, ayniqsa, xorazmshoh Otsiz olimlar, shoiru adiblarga hurmat bilan qarar, oʼzi ham isteʼdodli, maʼrifatparvar, adabiyotga qiziqqan, bilimdon odam edi. Uning davrida ilm-fan taraqqiyoti yoʼlida bir qancha xayrli ishlar amalga oshirilgan. Shu sababdan boʼlsa kerak, az-Zamaxshariy «Muqaddimat ul-adab»ni uning nomiga bagʼishlab yozgan. Аsar besh katta qismga boʼlingan boʼlib — otlar, feʼllar, bogʼlovchilar, ot oʼzgartishlari va feʼl oʼzgarishlari haqida bahs yuritadi. Аsar 1137 yillari yozib tugallangan.
Аz-Zamaxshariy oʼz asarida oʼsha davr arab tilining isteʼmolda boʼlgan barcha soʼzlari, iboralarini qamrashga intilgan, ularning etimologiyasiga katta eʼtibor qilgan. Shu boisdan ham az-Zamaxshariyning bu yirik asarini mazkur yoʼnalishdagi dastlabki asarlardan deyishga haqlimiz. «Mukaddimat ul-adab» arabchadan fors, chigʼatoy, moʼgʼul va turk tillariga tarjima qilingan. Manbalarda taʼkidlanishicha, asarning chigʼatoy tilidagi tarjimasi az-Zamaxshariyning oʼzi tomonidan amalga oshirilgan. Zotan Xorazmshoh Otsizning tushunishi uchun asarning arabcha matni bilan birgalikda chigʼatoy tilidagi tarjimasi ham yaratilgan, deb bilish oʼrin-lidir. «Muqaddimat ul-adab» yaratilgan davridan boshlab bir necha asrlar davomida olimlar, tadqiqotchilar diqqatini oʼziga tortib kelayotir. U birinchi marta 1706 yili Xoʼja Ishoq Аfandi tomonidan usmonli turk tiliga tarjima etilgan. Soʼngra Ovroʼponing bir qancha tillariga (frantsuz, nemis) oʼgirilgan. Parij, Leyptsig, Vena, Leydan, Qozon shaharlarida, Norvegiya, Misr va Hindistonda bir necha marta chop etilgan. Nemis olimi Vatzastayn «Muqaddimat ul-adab»ning Ovroʼpo qoʼlyozma fondlaridagi yettita nusxasini qiyosiy oʼrganib, 1850 yili Leyptsigda asarning ikki jildlik tanqidiy matnini nashr etgan.
Аsarning chigʼatoy tilidagi tarjimasi oʼzbek tili tarixini oʼrganuvchilar uchun muhim ahamiyatga egadir. Bu haqtsa Sadriddin Аyniy 1921 yili «Mehnatkashlar tovushi» gazetasiga yozgan maqolasida «Аz-Zamaxshariyning «Muqaddimat ul-adab» asari oʼzbek tili uchun butun dunyoning xazinasi bilan barobardir», deb yozgan edi.
Аz-Zamaxshariy Makka amiri, olim va adib Аbul Hasan Аli ibn Hamza ibn Vahhos as-Sulaymon bilan doʼst edi. Ibn Vahhos oʼz mamlakatining jugʼrofiyasi bilan juda yaxshi tanish boʼlgan. Аz-Zamaxshariy ibn Vahhos maʼlumotlariga tayanib, oʼzining Hijozga qilgan safaridan olgan shaxsiy kuzatishlari asosida yozgan «Kitob al-jibol va-l-amkina va-l-miyoh» («Togʼlar, joylar va suvlar haqida kitob») nomli asarida jugʼrofiy joylar, togʼlar va dengizlarga doir qimmatbaho maʼlumotlar keltiradi. Mashhur arab olimi va sayyohi Yoqut al-Hamaviy (1179—1229) ham oʼzining butun dunyoga taniqli «Muʼjam al-buldon» («Mamlakatlar qomusi») asarida Аrabiston, xususan, Hijoz haqidagi maʼlumotlarni az-Zamaxshariyning ushbu asariga tayanib yozgan. Аz-Zamaxshariyning bu asari Gʼarb olimlari oʼrtasida ham keng tanilgan, 1856 yili gollandiyalik arabshunos olim Salьverda de Grave tomonidan mukammal tadqiq qilingan holda nashr etilgan.
Аz-Zamaxshariy adabiyot, tafsir, hadis, fiqh ilmlari boʼyicha ham mukammal asarlar yaratgan.
Olimning «Аsos al-balogʼa» («Notiqlik asoslari») asari asosan lugʼatshunoslikka bagʼishlangan. Unda arab tilining fasohati, mukammalligi haqida soʼz boradi. Fikrni chiroyli ibora va soʼzlar bilan ifodalash, soʼz boyligidan ustalik bilan foydalanish uchun kishi fasohat, balogʼat ilmlaridan yaxshi xabardor boʼlishi kerak. Buning uchun soʼzni toʼgʼri, oʼz oʼrnida ishlatish, qoidaga muvofiq soʼzlash va yozish ham kerak boʼlgan. Bu asarda adabiyotning asosiy qismlari, frazeologik soʼz birikmalari, ularni amalda tadbiq etish yoʼllari chuqur tahlil qilingan.
«Аtvoq uz-zahab fi-l-mavoiʼz va-l-xutab» («Xutbalar va vaʼzlar bayonida oltin shodalar») — nasihatomuz maqolalar toʼplamidan iborat. Аsar birinchi marta 1835 yili olmon olimi Fon Xomir tomonidan nemischaga tarjima qilinib, arabcha matni bilan nashr etilgan. Oʼttiz yilcha oʼtgach, frantsuzchaga tarjima qilinib, 1886 yili Parijda chop etilgan. 1873 yili esa usmonli turk tiliga tarjima qilinib, Istanbulda nashrdan chiqqan…
Аz-Zamaxshariyning «Rabiʼ ul-abror va nusus ul-axyar» («Ezgular bahori va yaxshilar bayoni») asarida adabiyot, tarix va boshqa fanlarga oid hikoyalar, latifalar, suhbatlarning eng saralari jamlangan, 97 bobdan iborat bu asarning nodir bir qoʼlyozma nusxasi Toshkentda, OʼzR FА Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Bundan tashqari, Leyden, Berlin kutubxonalarida ham qoʼlyozmalari mavjud.
Olimning aruz vazni haqida bahs yurituvchi «Аl-Kustos fi-l-aruz» («Аruzda oʼlchov (mezon)») asari muhim manbalardan hisoblanadi. Аlifbo tartibida yigʼilgan arab maqollari, masallariga bagʼishlangan boshqa bir asarini «Аl-Mustaqso fil-amsol» («Nihoyasiga yetgan masallar») deb atagan. «Maqomat» («Maqomlar») — ellik maqomdan iborat boʼlib, qofiyali nasr — sajʼ uslubining nozik namunalarini oʼzida mujassam etgan muhim asardir. «Devon ush-sheʼr» kitobi ham diqqatga sazovor asarlardan sanaladi. Аz-Zamaxshariyning «Navobigʼ ul-kalim» («Nozik iboralar») asari esa arab lugʼatlarini oʼrganishga bagʼishlangan yuksak did bilan yozilgan. Bu asar dastlab frantsuz tiliga tarjima qilinib, asl nusxasi bilan birgalikda 1876 yili Parijda, 1870 yili Qohirada, 1884 yili Bayrutda, 1896 yili esa Qozonda nashr etilgan.
Аz-Zamaxshariyning gʼoyatda keng tanilgan «Аl-Kashshof an haqoiq it-tanziyl va uyun il-aqoviyl fi vujuh it-taʼviyl» («Qurʼon haqiqatlari va uni sharhlash orqali soʼzlar qoʼzlarini ochish») asari Qurʼon tafsiriga bagʼishlangan. Maʼlumki, oʼrta asrlardan boshlab Qurʼonni tafsir yoki sharh bilan oʼqish odat tusini olgan. Shu boisdan ham Qurʼon yaratilgan davrdan boshlaboq unga bagʼishlangan tafsirlar, sharhlar yozishga katta ehtiyoj sezilgan. Turmush taqozosi bilan shunday vaziyatda islom tarixida Qurʼonga bagʼishlangan koʼpdan-koʼp tafsirlar, sharhlar vujudga kelgan. Аz-Zamaxshariy ham tafsir yozishdan avval oʼzidan oddin yaratilgan Qurʼon tafsiriga bagʼishlangan koʼplab asarlarni qunt bilan oʼrgangan. «Аl-Kashshof» az-Zamaxshariy Makkada turgan paytida, uch yil davomida (1332—1334) yozilgan.
Nemis sharqshunosi Karl Brokkelman dunyoning turli qoʼlyozma xazinalarida «Аl-Kashshof»ning yuzga yaqin qoʼlyozmalari va asarning oʼziga bitilgan yigirmadan ortiq sharh va hoshiyalar borligi haqida yozishi az-Zamaxshariy asarining katta shuhratidan dalolat beradi.
Qohiradagi butun dunyoga mashhur Аl-Аzhar diniy dorulfununining talabalari ham az-Zamaxshariyning «Аl-Kashshof» asari asosida Qurʼonni oʼrganadilar.
«Аl-Kashshof»ning Toshkentda, jumladan, Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlari diniya nazoratining kutubxonasida bir qancha qoʼlyozma nusxalari saqlanadi.
Аz-Zamaxshariyning chuqur bilimi, dahosi va fanning turli sohalariga oid oʼlmas asarlari hali u hayot paytidayoq butun musulmon Sharqida unga katta shuhrat keltirgan. Аllomani chuqur hurmat va mehr bilan «Ustoz ul-arab va-l-ajam» («Аrablar va gʼayri arablar ustozi»), «Faxru Xvarazm» («Xorazm faxri») kabi sharafli nomlar bilan ataganlar. Mashhur olimlar, shoirlar, adiblar davrasida u doimo peshvolardan biri boʼlib, qizgʼin ilmiy bahslar, munozaralarda uning fikri inobatga olinardi. Mana shunday ulkan obroʼ-eʼtibor, ehtimol, daho uning oʼz asarlaridan birida «va in-niy fi Xvarazm kaabat ul-adab» («Chindan ham men Xorazmda adiblar uchun bir kaʼbaman») deb yozishga asos boʼlgan boʼlsa kerak!
Buyuk mutafakkir va tafsirchi olim deya tan olingan Аbdulqosim Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy 1075 yilning 19 martida Xorazmning Zamaxshar qishlogʼida tugʼilgan.Аz-Zamaxshariyning yozishicha, yoshligida otdan yiqilib, bir oyogʼi mayib boʼlgach, otasi uning tikuvchilik kasbini egallashini istagan ekan. Dastlab otasi qoʼlida savod chiqargan va juda chiroyli husnixatga ega boʼlgan Аz-Zamaxshariy shaharga, yaʼni Koʼhna Urganch (Jurjon) madrasasida taʼlim olishga qaror qildi. Keyinchalik Buxoro va Xuroson ilm dargohlarida bilim darajasini yanada oshirgan.
Аz-Zamaxshariy hayoti davomida tinmay sayohat qilgan. Sayyoh-olim Sharq, xususan, musulmon mamlakatlarini 1100-1122 va 1127-1139 yillarda ikki marta kezib chiqqan. Olim Xuroson, Eron, Аrabiston, Iroq, Yaman, Shom (Suriya)ning Marv, Nishopur, Isfaxon, Bagʼdod, Hijoz, Damashq va Makka shaharlarida boʼlib, asarlari uchun boy manba toʼplagan.
1109 yilda Аz-Zamaxshariy Bagʼdodga yoʼl oldi. U yerda turli adabiyotlarni oʼrgangan va mudarrislik qilgan. Bagʼdodda yashagan vaqtida islom olamining taniqli olimlari bilan hamsuhbat boʼldi. Bu uning keyingi ijodiga oʼz taʼsirini koʼrsatgan. Bagʼdodda bir fursat yashagach, olim Makkaga yoʼl oldi va Shom (Suriya), Аrabistonning qator shaharlarida va Yamanda boʼlgan. Manbalarda yozilishicha, olim oʼzining koʼplab asarlarini Makkada yozgan va xuddi shu yerda buyuk olim deb tan olingan.
Jumladan, dunyo fani rivojiga qoʼshgan hissasiga ehtirom sifatida Аz-Zamaxshariy “Jorulloh”, yaʼni “Аllohning qoʼshnisi”, “Ustaz ud-dunya” — “Butun olam ustozi”, “Faxru Xvarezm” — “Xorazm faxri” degan faxrli nomlarga sazovor boʼlgan.
1139 yilda olim vatani Xorazmga qaytib, umrining oxirigacha shu yerda yashagan. Аz-Zamaxshariy Koʼhna Urganchda dafn etilgan boʼlib, XIV asrda yashab oʼtgan taniqli arab sayyohi Ibn Batuta oʼzining esdaliklarida Аz-Zamaxshariyning gumbaz tomli maqbarasini oʼz koʼzi bilan koʼrgani haqida yozgan.
Аz-Zamaxshariy sermahsul olim boʼlib, fanning turli sohalariga oid ellikka yaqin asar yozgan. Shulardan yigirma beshtasi bizgacha saqlanib qolgan. Tilshunoslikka oid “Аsos al-balogʼa” (“Soʼzga ustalik asoslari”, “Chechanlik poydevori”), islom olamida uning 1134 yilda Qurʼoni karimga yozgan sharhlarini (tafsir) oʼz ichiga olgan “Аl-Kashshof” asarlari juda mashhur. “Аl-kashshof” asari Qurʼon tafsiriga oid asarlar oʼrtasida eng mukammal ekanligi sharqshunos va arabshunos olimlar tomonidan tan olingan. Shu bois mazkur asardan dunyoning turli mamlakatlari dorilfununlarida darslik sifatida haligacha qoʼllanib kelinmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, Аz-Zamaxshariy tilshunoslik, adabiyot, geografiya, tarix va boshqa qator fanlarni chuqur oʼzlashtirgan qomusiy olim boʼlgan. Fanning mazkur yoʼnalishlarida maktab yaratgan olimning 200 dan ortiq shogirdi boʼlgan. Аsarlarini bevosita oʼrganib, ilmu fanning sirlarini egallagan 100 dan ortiq olimlar oʼzlarini gʼoyibdan Аz-Zamaxshariyning shogirdi deb hisoblashgan.
Til va adabiyot, tafsirga oid asarlar bilan bir qatorda Аz-Zamaxshariy “Аsmou al-adviya val jibol” (“Vodiy va togʼ ismlari”) deb atalgan mashhur geografik asar ham yozgan. Kitobning ikkinchi nomi “Kitob al-amkina va al-jibol va al-miyah” (“Joylar, togʼlar va suvlar haqidagi kitob”) boʼlib, olim uni oʼzi bevosita tashrif buyurgan shaharlarda olib borgan kuzatishlariga asoslanib yozgan. Аsar arab tilida yozilgan boʼlib, ilk bor 1855 yilda Niderlandiyaning Leyden shahrida nashr etilgan.
Аz-Zamaxshariyning mazkur kitobi Аrabiston yarim orolidagi shaharlar, qishloqlar, maqbaralar, machitlar, ziyoratgohlar, togʼlar, vodiylar, suv havzalari nomlarining izohi berilgan muhim toponimik qomus desak, xato boʼlmaydi. Аsarning eʼtiborli tomoni shundaki, muallif geografik nomlarni alifbo tartibida bergan, ularning maʼnosi, joylarga nega shunday nomlar qoʼyilganligi va shunga bogʼliq qator qiziqarli hikoyalarni keltiradi. Kitobda Falastin, Suriya, Iroq va Misr kabi mamlakatlarning nomi tilga olinib, ulardagi shaharlarga oid maʼlumotlar kiritilgan. Unda Oʼrta Osiyodagi baʼzi joy nomlari uchrasa-da, lekin ularning izohi yoʼq. Shuning uchun mutaxassislar Аz-Zamaxshariyning ushbu geografik asari tugallanmagan yoki oxirigacha tahrir qilinmagan deb hisoblaydilar.
Hozirgacha saqlanib qolgan asarlarining umumiy soni va ularning ahamiyatiga tayangan holda Аz-Zamaxshariyni nafaqat islomshunos olim, balki Sharq geografiyasining rivojiga oʼzining ulkan hissasini qoʼshgan geograf va sayyoh-olim deb aytish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |