«energetika» fakulteti


Sanoat korxonalari elektr ta’minoti sxemalarini qurishning umumiy printsiplari



Download 0,9 Mb.
bet11/37
Sana20.07.2022
Hajmi0,9 Mb.
#828028
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Bog'liq
«energetika» fakulteti

Sanoat korxonalari elektr ta’minoti sxemalarini qurishning umumiy printsiplari.

Elektr ta’minoti sxemasini tanlash loyixalashning muxim masalasidir. Bu sxema o`z ichiga ta’minlovchi liniyalarni, korxonadagi pasaytiruvchi va tarqatuvchi podstantsiyalarni, korxona ichida elektr energiyasini tarqatuvchi turli kuchlanishli liniyalarni, issiqlik elektr markazini o`z ichiga oladi. Bu sxemani tanlashda elektr energiya manbasining kuchlanishini bevosita iste’mol joyiga keltiruvchi "chuqur kirish" (glubokiy vvod) podstantsiyalari masalasi ko`rib chiqiladi. Iste’molchiga yaqinlashtirilgan podstantsiyalar 35-110-154 kV kuchlanishlarni iste’molchilar bo`lgan elektr pechlari va o`zgartirgichli podstantsiyalarga yaqin keltiradi. Bunda energiya yo`qotishlari va o`tkazgich materiallari iqtisod qilinadi.
2.Korxonani energotizimdan va issiqlik elektr markazi (IEM) bo`lgandagi ta’minlash sxemasi
Sanoat korxonalarining asosiy elektr energiya manbasi energotizim bo`lib, ba’zan IEM xam quriladi.
IEM da issiqlik energiyasi va qisman elektr energiyasi xam ishlab chiqiladi. 100150 mVt elektr quvvatidan boshlab, IEM rentabel ishlaydi. IEM energotizim bilan 110 yoki 220 kV kuchlanishli liniyalar bilan bog`lanadi. Qora metallurgiya korxonalardagi IEMning elektr energiyasi shu korxonalar uchun yetarli bo`lmaydi. Neftni qayta ishlovchi korxonalardagi IEM dan ortiqcha elektr energiyasi energo-tizimga beriladi.
I-toifaga kiruvchi iste’molchilar borligi 2 ta mustaqil elektr energiya manbasidan elektr ta’minotini amalga oshirishni talab qiladi. 2 ta mustaqil manba sifatida korxonaning bosh pasaytiruvchi podstantsiyasi (BPP) ulangan energotizimning rayon podstantsiyasidagi 2 ta transformatorlarning shinalarining yoki IEM dagi 2 ta generatorlarning shinalari sektsiyalari olinadi. Agar 1 ta transformatorda yoki generatorda shikastlanish natijasida uzilishlar ro`y bersa, 2-transformator yoki generator I-toifaga kiruvchi barcha iste’molchilarni o`ziga oladi. Bunda liniyalar rezervni avtomatik kirituvchi qurilmalar (RAK) bilan jixozlanishini zarur.
II-toifaga kiruvchi EIvaI uchun rezerv manbani xodimlar tomonidan ulanadi. Rezerv liniya va transformatorlar iqtisodiy tomondan asoslanib, so`ngra tanlanadi.
Agar uzluksiz elektr ta’minotini talab qiluvchi iste’molchilar quvvati kichik bo`lsa, 2-mustaqil manba cheklangan quvvatli bo`lishi mumkin.
Agar ta’minlovchi liniyalarning kuchlanishi 35110 kV ga teng bo`lsa, elektr ta’minoti sxemasida 35110 kV klassdagi transformatorlar o`rnatilgan bir yoki bir nechta bosh pasaytiruvchi podstantsiya bo`lib, ular energotizimning rayon podstantsiyalariga ulanadi (9.1–rasm).



9.1 – rasm. BPP ni energotizimga ulash sxemasi.

Agar korxonada IEM bo`lsa, uning elektr quvvati qisman yoki to`la ishlatilib, quvvatga talabning qolgan qismi BPP qurib qondiriladi (9.2-rasm).





9.2 – rasm. IEM dan ta’minlash sxemasi.

Agar IEM generatorlari kichik quvvatli (1215 mVt gacha) bo`lsa, ular to`g`ridan-to`g`ri BPP ning 610 kV li tarqatish qurilmasiga ulanishi mumkin (9.3-rasm). Ba’zan IEM ning 610 kV li TQ si bilan BPP ning 610 kV li TQ orasida iste’molchilarning 2530% quvvatga mo`ljallangan aloqa kabellari (peremqchka) o`tkaziladi (9.3 - rasm).





9.3 – rasm. Energotizimdan va IEM dan ta’minlashning umumiy sxemasi.


BPP ning 35-110 kV li tomoni soddalashtirilgan sxema bilan yig`ma shinalarsiz va uzgichlarsiz quriladi. Bu yerda transformatorlarga to`g`ridan-to`g`ri ‘avo liniyasini keltirib ulash (gluxoye soyedineniye), transformatorni uzgich (raz’yedinitelg`) orqali ta’minlovchi xavo liniyalariga ulash, qisqa tutashtirgich va ajratgich orqali ulash sxemalari ishlatiladi.


Kichik quvvatli korxonalar 610 kV kuchlanish ostida rayon podstantsiyasiga yoki shaxar elektr tarmoqlariga ulanadi (11.4-rasm).

9.4 – rasm. Kichik quvvatli korxonani 6-10 kV kuchlanish ostida ta’minlash.

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish