Салт ишлаш режими. Трансформаторларни ишлатиш жараёнида кўпгина вақт уларнинг бирламчи чулғами манбага уланиб, иккиламчи чулғам учлари бўш қолади. Бундай режим трансформатронинг салт (нагрузкасиз) ишлаш режими дейилади. Салт ишлаш режимида ва бўлади.
Масалалар: 1- масала. Бир фазали трансформаторнинг максимал магнит оқими
Фм= 12 * 10-4 Вб.
Чулғамларининг ўрамлар сони тегишлича ω1= 1000 ва ω2= = 100. Агар тармоқ токининг частотаси f = 50 Гц бўлса, трансформаторнинг бирламчи ва иккиламчи чулғамларида магнит оқим индукциялаган электр юритувчи куч миқдорлари ва трансформаторнинг трансформация коэффициенти аниқлансин.
2-масала. Тўла қуввати SH0M = 2 кВА бўлган трансформатор чулғамларининг кучланишлари тегишлича U1ном = 800 В, U2ном = 100 В. Трансформаторнинг максимал магнит оқими Фм = 22,5ּ10-4 Вб. Бирламчи ва иккиламчи чулғамларнинг номинал токлари, ўрамлар сони ва тўла қаршиликлари аниқлансин.
3-масала. Кўп чулғамли трансформаторнинг 220 В га мўлжалланган бирламчи чулғамининг ўрамлар сони ω1= 1100. Иккиламчи чулғамлардан тегишлича 6 В, 24 В ва
120 В кучланишлар олинади. Шу чулғамларнинг ўрамлар сони аниқлансин.
4-масала. Тармоқ кучланиши иккита трансформатор ёрдамида 3000 вольтдан 400 вольтгача, сўнгра 400 вольтдан 40 вольтгача пасайтирилди. Трансформаторларнинг фойдали иш коэффициентлари тегишлича η1= 0,85 ва η2 = 0,6. Иккинчи прансформатордан истеъмол қилинаётган актив қувват Р = 5,1 кВт бўлса, биринчи трансформаторнинг кириш томонидаги актив қувват аниқлансин.
№ 7 - AMALIY MASHG‘ULOT
MAVZU: ASINXRON MOTORNIN MEXANIK XARAKTERISTIKALARINI QURISH Mashg‘ulot maqsadi. O‘zgaruvchan tok elektr dvigateli va ularning turi, asinxron dvigatel ularning turlari bilan tanishadilar. AD larda sirpanish va yuklama momenti hisoblashni va AD ning mexanik harakteristikasini qurishni o‘rganadilar.
Asinxron dvigatellar o‘zgaruvchan tok mashinalar turiga mansub bo‘lib ular elektr energiyani mexanik energiyasiga o‘zgartirish uchun ya’ni ma’lum bir mexanizmni harakatga keltirishda keng qo‘llaniladi.
Asinxron dvigatelning ikki xil turi mavjud
Qisqa tutashgan rotorli AD lar;
Faza rotorli AD larga bo‘linadi.
Asinxron daigatelning ishlash prinsipi – stator chulg‘amlariga tarmoqdan uch fazali kuchlanish beriladi. Bu kuchlanish ta’sirida stator chulg‘amlaridan tok I1 o‘tib, aylanuvchi, magnit oqim hosil qiladi. Magnit oqimining aylanish tezligi quyidagi formuladan topiladi.
ayl/daq. (7.1)
f1 – stator chulg‘amidagi tok chastotasi, p – aylanuvchi magnit maydon qutublarining juftlar soni.
Rotorning aylanish tezligi stator magnit maydonining aylanish tezligidan orqada qolishi sirpanish deyiladi:
; (7.2)
bu yerda n1-magnit oqimining aylanish tezligi;
n2-rotorning aylanish tezligi.
Asinxron dvigatelь cho`lg`amlarini aylanuvchi magnit oqim kesib o`tadi va ularda elektr yurituvchi kuchlarni vujudga keltiradi:
(7.3)
(7.4)
E1 va E2 – stator va rotor cho`lg`amlarining EYuK lari;
f1 va f2 – stator va rotor EYuK larning chastotasi:
FM – magnit oqimi amplitudasi; K1 va K2 – stator va rotor cho`lg`amlarining doimiy koeffitsiyentlari.
Rotor cho`lgamida uyg`otilgan eyuk ning chastotasi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
(7.5)
bu xolda rotor EYuK
(7.6)
(7.3) va (7.4) formulalarni bir – biriga hadma-had bo`lsak, quyidagilarni olamiz;
(7.7)
(7.8)
KE – EYuK lar transformatsiya koeffitsiyenti.
Rotor cho`lg`amidan tok o`tganda uning o`tkazgichlari atrofida sochilish oqimlari vujudga keladi. Bu oqimlar rotorning induktiv qarshiligini hosil qiladi. Rotor aylanmayotganda bu qarshilik maksimal bo`ladi:
(7.8)
Rotor aylanayotganda,
(7.9)
Bunda: x25-aylanayotgan rotorning induktiv qarshiligi, L-rotor cho`lg`amining induktivligi.
(7.8) va (7.9) tenglamadan quyidagi ifodani keltirib chiqarish mumkin:
(7.10)
Om qonuni bo`yicha rotor cho`lg`amidagi tok quyid
agi formuladan aniqlanadi:
(7.11)
Bunda - rotor cho`lg`amining to`la qarshiligi.
Asinxron dvigatelning aylantiruvchi momenti F aylanuvchi oqim va rotor tokining aktiv tashkil etuvchisi bilan aniqlanadi:
(7.12)
Bunda S-doimiy koeffitsent.
(7.12) tenglamada I2 tokning o`rniga uning (7.11) ifodalarini qo`yib moment sirpanishiga bog`lanishini topamiz:
b unda - aylanayotgan rotorning quvvat koeffitsenti.
Rotor aylanish tezligi quyidagi formuladan aniqlanadi:
yoki
bunda: n2-rotorning aylanish tezligi,
n1-stator magnit maydonining aylanish tezligi, f1 -stator tokining chastotasi, r-qutblarning juft soni, S-sirpanish.