Reja:
5.1. Bitta yig‘ma shina sistemali TQ.
5.2. Ikkita yig‘ma shina sistemali TQ.
Tayanch so‘z va iboralar:
Shina, taqsimlash qurilmasi, komplekt taqsimlash qurilmasi, bitta yig‘ma shinali taqsimlash qurilmasi, ikkita yig‘ma shinali taqsimlash qurilmasi, kamchiligi, afzalligi
5.1. Bitta yig‘ma shina sistemali TQ
Elektrostansiya va podstansiyalarda o‘chirgich bilan seksiyalashgan bir tizimli shinalar sxemasi keng tarqalgan (5.1–rasm).
Ta’minlovchi manbalar EM1, EM2 va liniyalar yig‘ma shinalarga o‘chirgichlar va ajratkichlar yordamida ulanadi. Har bir zanjirga bitta o‘chirgich kerak bo‘lib, u normal va avariya rejimlarida zanjirni ulash va uzish uchun xizmat qiladi. W1 liniyani uzish kerak bo‘lganda, masalan, Q1 o‘chirgichi uzadi. Liniyada ta’mir ishlari olib borilganda, xavfsizlik maqsadlarida, ajratkich QS1 orqali ko‘rinadigan ajralish hosil qilinadi. Agar o‘chirgich Q1 ta’mir qilinadigan bo‘lsa, u holda u uzilgandan so‘ng liniya ajratkichi QS1, so‘ngra esa shina ajratkichi QS2 uziladi.
Shunday qilib, ajratkichlar bilan ta’mir ishlarida ko‘rinadigan ajralishlar hosil qilish uchun xizmat qiladi va ular operativ elementlar hisoblanmaydi. Ajratkich operatsiyalari bir tipda va oddiy bo‘lganligi uchun, navbatchi xodim u bilan noto‘g‘ri ish olib borsa ham, avariya juda kam bo‘ladi.
5.1–rasm. O‘chirgich bilan seksiyalangan bir tizimli yig‘ma shinalar sxemasi
Sxemaning afzalligiga uning soddaligi, yaqqolligi, tejamkorligi, yetarli darajada yukori ishonchliligi kirib, buni bosh pasaytiruvchi podstansiya BPP ni elektr tizilmaning shinalariga ikkita liniya WZ, W4 bilan ulash misolida tasdiqlash mumkin (5.1–rasm). Liniyalardan biri buzilsa (K2 nuqtada q. t.), Q2, QZ o‘chirgichlari uziladi va QS2 avtomatik ulanib, W4 liniya orqali B’’ ning birinchi seksiyasini elektr toki bilan ta’minlashni qayta tiklaydi.
Shinalarning K1 nuqtasida q. t. bO‘lganda QS1, Q5, QZ o‘chirgichlari uziladi va QS2 avtomatik ulanadi. Manbalardan biri o‘chganda ishlab turgan tok manbai yuklamani qabul qiladi.
Shunday qilib, ko‘rib chiqilgan avariya rejimlarida B’’ ni tok bilan ta’minlash stansiyaning turli seksiyalariga ulangan ikkita ta’minlovchi liniyalarning borligi hisobiga buzilmaydi; har bir seksiya alohida to‘la yuklamaga (tarmoq bo‘yicha 100 % li zahira) hisoblangan bo‘lishi lozim. Tarmoq bo‘yicha bunday zahiraning bo‘lishi sababli yakka seksiyalangan shinalarning sxemasi muhim iste’molchilarni ta’minlash uchun tavsiya etilishi mumkin.
Biroq ko‘rib chiqilgan sxema qator kamchiliklarga ega: Seksiyalardan biri shikastlanganda va keyingi ta’mirda bo‘lganida, ikkala seksiyadan normal ta’minlanayotgan muhim iste’molchilar zahirasiz qoladi, tarmoq bo‘yicha zahiralanmagan iste’molchilar esa butun ta’mir davomida uziladi. Xuddi shu rejimda esa ta’mirdagi seksiyaga ulangan ta’minlovchi manba ta’mir davomida uziladi;
Oxirgi kamchilikni ta’minlash manbaini bir vaqtda ikkala seksiyaga ulash yo‘li bilan yo‘qotish mumkin, biroq bu taqsimlash qurilmasining konstruktsiyasini murakkablashtiradi hamda seksiyalar sonini orttiradi (har bir manbaga ikkitadan seksiya to‘g‘ri keladi).
Bir tizimli yig‘ma shinalar sxemasi 6–10 kV li kuchlanishda ishlaydigan podstansiyalar va stansiyalarda o‘z ehtiyojini ta’minlashda keng qo‘llanilib unda uning afzalliklaridan, ayniqsa komplekt taqsimlash qurilmasini qo‘llash hisobiga to‘liq foydalanish mumkin.
Yaqin joylashgan iste’molchilarga energiyasining ko‘p qismini beruvchi generator kuchlanishidagi elektr stansiyalarda, halqa ko‘rinishida ulangan bir tizimli shinalar sxemasini qo‘llash mumkin (5.2–rasm). Bu sxemadagi ajratkichlar soddalashtirib ko‘rsatilgan. Yig‘ma shinalar generatorlar soniga qarab seksiyalarga ajratilgan. Seksiyalar o‘zaro seksion o‘chirgichlar VS bilan shinalardagi qisqa tutashuv tokini chegaralaydigan seksion reaktorlar RS yordamida tutashtiriladi. 6–10 kV li liniyalar bosh taqsimlash qurilmasining tegishi seksiyasidan guruhli qo‘shaloq reaktorlar SR1, SR2, SRZ orqali ta’minlanadigan S1–S6 yig‘malarga ulanadi.
Guruhli reaktorlar soni 6–10 kV li iste’molchilarning soni bilan umumiy yuklamasiga bog‘liq bo‘ladi. Reaktorning o‘zi bilan reaktordan bosh yig‘ma shinalar va KTQ yig‘masigacha bo‘lgan shinalarda buzilish ehtimoli juda kam bo‘lganligi uchun, guruhli reaktor o‘chirgichsiz, faqat reaktorning yacheykasini ta’mir qilish uchun ko‘zda tutilgan ajratgich orqali ulanadi, bu hollarda liniyalar uchun KTQ yacheykasi qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |