Tuzuvchi: katta o‘qituvchi A.X.Eraliyev
assistent M.F.Raximov
Taqrizchilar : “Farg‘ona regeanal
dispetcherlik xizmati”
dispetcheri
M.Ortiqov
“EE” kafedra mudiri
t.f.n.dots Jabborov T.K.
MUNDARIJA
AVTOTRANSFORMATORLARNI KOMBINATSIYALANGAN (ARALASH) ISH HOLATLARI 8
KUCH TRANSFORMATORLARINING (AT) QUVVATINI TANLASH 16
ELEKTR USKUNALARINING ELEKTR SXEMASI 20
TAQSIMLASH QURILMALARINING (TQ) ELEKTR SXEMALARI 23
HALQA TIPIDAGI TAQSIMLASH QURILMASINING SODDALASHTIRILGAN SXEMALARI 26
IES, GESNING O‘Z EHTIYOJLARI 29
PODSTANSIYALARNING O‘Z EHTIYOJLARI TIZIMLARI 32
STANSIYA (PODSTANSIYA)NI ENERGETIK TIZIM BILAN BOG‘LANISH ELEKTR SXEMASI VARIANTLARINI TEXNIK - IQTISODIY QIYOSLASH 35
KOMPLEKT TAQSIMLOVCHI QURILMALARI 38
TAQSIMLASH QURILMALARI 43
ELEKTR STANSIYA VA PODSTANSIYA MAYDONIGA TQ NING JOYLASHUVI 46
STANSIYA VA PODSTANSIYALARNING O‘LCHOV TIZIMLARI, NAZORATI, SIGNALIZATSIYASI VA BOSHQARISHI. 49
BOSHQARISH SHITLARI. SIGNAL TIZIMLARI 52
STANSIYA VA PODSTANSIYALARINI OPERATIV TOKI 56
STANSIYA VA PODSTANSIYALARNI YASHINDAN HIMOYALASH 60
ASOSIY QISQARTMA XARFIY SO‘ZLAR. 65
Foydalanilgan adabiyotlar 73
KIRISH. FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI.
Reja:
1.1. Elektr stansiyalarini elektr sxemalari , o‘z ehtiyoj tizimlari, o‘lchov, nazorat va boshqarish tizimlari va elektr stansiyalari va podstansiyalarni yashindan ximoyalash asoslarini o‘zlashtirish.
1.2. Fan tarixi va rivojining tendensiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari va hududiy muammolarning elektr energetika istiqboliga ta’siri
Tayanch so‘z va iboralar:
Elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari, energiya resurslari, elektr stansiyasi, nimstansiyasi, elektr tarmog‘i, elektr iste’molchilari, energetik tizim, elektr qurilmasi.
1.1. Kirish. Elektr stansiyalarini elektr sxemalari , o‘z ehtiyoj tizimlari, o‘lchov, nazorat va boshqarish tizimlari va elektr stansiyalari va podstansiyalarni yashindan ximoyalash asoslarini o‘zlashtirish.
Elektr stansiyalari ko‘p miqdordagi asosiy va va yordamchi elektr qurilmaning murakkab texnologik kompleksini namoyon etadi. Asosiy elektr qurilmalarga elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, yordamchi qurilmalarga yordamchi funksiyalarni (o‘lchash, signalizatsiya, boshqarish, himoya va avtomatika va boshqalar) bajaruvchilar hisoblanadi.
1.1-rasm Generatorli kuchlanishdagi yig‘ma shinali elektr stansiyasining prinsipial elektrik sxemasi
Generatorlarni kuchlanishdagi yig‘ma shinalar bilan o‘zaro ulanishini soddalashtirilgan prinsipial elektrik sxemasi 1.1–rasmda ko‘rsatilgan. Generatordan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi YSH ga, qabul qilinib, keyin energiya tizimi va xususiy ehtiyoj (XE) bilan o‘zaro yuklamalarga (Yu) tarqaladi.
Sxemada belgilangan alohida elementlar quyidagicha belgilanadi:
O‘chirgichlar Q–elektr zanjirini normal va avariya sharoitida ulash va uzish uchun, ajratkichlar QS–elektr qurilmasining mas’ul qismidagi kuchlanishni olib zaruriy ta’mir paytida tanlash va ochiq uzilish hosil qilish uchun; ajratkich, qoidaga ko‘ra, elektr qurilmasining operativ elementi (apparatti) emas, ta’mir elementi hisoblanadi;
Elektr stansiyalarida elektr energiya hosil qilish texnologik jarayoni.
Kondensatsion issiqlik elektr stansiyalari (KES). Issiqlik elektr stansiyalari — issiqlik elektr markazlari
Issiqlik elektr stansiyalarida yondirilayotgan yoqilg‘ining ximiyaviy energiyasi bug‘ generatori (qozon) da turboregat (generator bilan biriktirilgan bug‘ trubinasi)ni aylantiruvchi suv bug‘i energiyasiga aylanadi. Aylanishning mexanik energiyasi generatorda elektr energiyasiga o‘zgaradi. Elektr stansiyalari uchun yoqilg‘i sifatida ko‘mir, torf, yonuvchi slanetslar shuningdek, gaz va mazutdan foydalaniladi.
Vatanimiz energetikasida hosil qilinadigan elektr energiyasining 60% gacha qismi KES hisobiga to‘g‘ri keladi.
1.2–rasm. KES ning printsipial texnologik sxemasi:
1 – yoqilg‘i ombori va yoqilg‘i uzatish tizimi; 2 – yoqilg‘i tayyorlash tizimi; 3 – bug‘ generatori; 4 – turbina; 5 – kondensator; 6 – sirkulyatsion nasos; 7 – kondensat nasosi; 8 – ta’minlovchi nasos; 9 – bug‘ generatorining gorelkasi; 10 – ventilyator; 11 – tutun so‘rgich; 12 – havo isitkich; 13 – suv ekonomayzeri; 14 – past bosimli suv isitkich; 15 – deaerator; 16 – yuqori bosimli isitkich.
KES ning asosiy xususiyatlari quyidagilar: ular elektr energiyasining bevosita iste’molchilaridan ancha uzoqda joylashgan bo‘ladi, shu sababdan asosan yuqori va o‘ta yuqori kuchlanishdagi quvvat berish va stansiyani blok prinsipida qurish imkoniyatini beradi. Zamonaviy KESning quvvati Shundayki, ularning har biri mamlakatning yirik bir tumanini elektr energiyasi bilan ta’minlay oladi. Bu tipdagi elektr stansiyalarni davlat tuman elektr stansiyasi — GRES deb atalishi sabablaridan biri ham shundandir.
KESning texnologik sxemasi bir necha tizimdan: yoqilg‘i uzatish; yoqilg‘i tayyorlash; bug‘ generatori v turbina bilan birgalikdagi asosiy bug‘-suv konturi; sirkulyatsion suv bilan ta’minlash; suv tayyorlash; kul tutish va uni chiqarib tashlash tizimlaridan va nihoyat, stansiyaning elektr qismidan tashkil topgan (1.2-rasm).
isroflar asosan elektr stansiyasining FIKni aniqlab, hatto eng zamonaviy KESda ham ko‘pi bilan 40—42% ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |