Energetika fakulteti "elektr energetikasi" kafedrasi



Download 0,94 Mb.
bet3/35
Sana06.02.2022
Hajmi0,94 Mb.
#432473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
SP maruza 2021

Issiqlik elektr stansiyalari — issiqlik elektr markazlari.
Bu turdagi elektr stansiyalari sanoat korxonalari va shaharlarni issiqlik hamda elektr energiyasi bilan markazlashgan usulda ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Ular ham KESlar kabi issiqlik stansiyalari bo‘lib, turbinalarda «ishlatib bo‘lingan» bug‘ning issiqligidan sanoat ishlab chiqarishi ehtiyoji, shuningdek, isitish, havoni konditsionerlash va issiqlik suv bilan ta’minlash uchun foydalanilishi bilan KESlardan farq qiladi. Elektr va issiqlik energiyasi hosil qilishning bunday kombinatsiyalangan usulida energiya bilan alohida ta’minlashdagiga qaraganda, ya’ni elektr energiyani KESda, issiqlikni esa mahalliy qozon tizilmalarida olishga qaraganda yoqilg‘idan ancha tejaladi. Shuning uchun IEM issiqlik va elektr energiyasi ko‘p miqdorda iste’mol qilinadigan tuman (shahar)larda keng tarqalgan. Umuman olganda bizning qit’ada hosil qilinadigan elektr energiyasining 25% gacha qismi IEM da olinadi.
Atom elektr stansiyalari (AES), Gaz turbinali elektr stansiyalari
AES–bu O‘z mohiyati bilan issiqlik stansiyalari hisoblanib, ular yadro reaksiyasining issiqlik energiyasidan foydalanadi.
Gidroelektrostansiyalar (GES).
GESda elektr energiyasi hosil qilish uchun suv oqimi (daryo, sharshara va hokazo) larning energiyasidan foydalaniladi.
Hozir hamma elektr energiyasining 15% ga yaqini GESda hosil qilinadi. Bu turdagi stansiyalarning intensiv qurilmasligiga sabab katta kapital mablag‘ talab etishi, qurilish muddatining uzoqligi va gidroresurslarning bizning qit’a maydoni bo‘ylab joylashishining o‘ziga xosligidadir (ularning ko‘p qismi mamlakat sharqida joylashgan).


1.2.Fan tarixi va rivojining tendensiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari va hududiy muammolarning elektr energetika istiqboliga ta’siri
Ma’lumki, energetikaning rivojlanishi xar qanday davlatning texnik–iqtisodiy potensialini belgilaydi.
Bizning diyorimizda xalq xo‘jaligining istalgan sohasida energetikani ulushi muhim o‘rin tutadi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tishda yangi bozor iqtisodiyotiga mos bo‘lgan raqobatbardosh katta va kichik korxonalar, yangi energetik tarmoqlar, chet el texnologiyalarining kirib kelishi, aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining o‘sishi va shu kabi faktorlar energetikani uzluksiz taraqqiy etishiga sabab bo‘ladi.
Farg‘ona viloyati Respublikamiz hududida o‘zining so‘lim tabiati, ishlab–chiqarish sanoatidagi salmog‘i va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining unumdorligi, serxosilligi bilan yetakchi o‘rinlarda turadi. Farg‘ona viloyatidagi sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligidagi elektr iste’molchilarini ta’minlash masalalari hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida dolzarb masala hisoblanadi.
Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning piravard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlari tashkil qilib berishdan iboratdir.
Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg‘otish g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi [1].
Respublika qudratli, rivojlangan energetika bazasiga egadir. Gazning aniqlangan zaxiralarida 2 trillion kubometrga yaqin gaz, ko‘mir konlarida –2 milliard tonnadan ziyod ko‘mir, 350 million tonnaga yaqin neft zaxiralari mavjudligi aniqlangan. O‘zbekiston gaz eksport qiladigan 10 ta yirik davlatlar safiga kiradi. Respublikada bir qancha katta elektr stansiyalar bunyod etilgan bo‘lib, ular bir yilda 50 milliard kilovatt soatga qadar elektr energiyasi ishlab chiqaradi [2].
Bundan tashqari hozirgi sharoitda Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekistonda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha 2009–2012 yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturining qabul qilinishi va unda inqirozga qarshi choralar yuzasidan vazifalar belgilab o‘tildi, ya’ni [3]:

  • korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish;

  • eksportga mahsulot chiqaruvchi korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘lishini qo‘llab–quvvatlash va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillarni yaratish;

  • qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish;

  • ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish;

  • elektr energetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish;

  • ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab–quvvatlash.

Bugungi kunda modernizatsiyalash jarayonlari mamlakatimiz xayotining deyarli barcha jabxalarini qamrab olgan. Ayniqsa, mazkur yo‘nalishlar orasida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash muhim o‘rin tutadi. Davlatimiz raxbariyatining qabul qilgan qarorlari va chora –tadbirlariga tayanib ushbu o‘quv qo‘llanmada ham elektr energiyasini ishlab–chiqarish, taqsimlash va uzatishda eng zamonaviy, qulay va sodda texnologiyalardan foydalanishning o‘ziga xos usullariga urg‘u berilgan.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish