Tajribadan ko’zlangan maqsad:
Asimmetrik qisqa tutashuvlarda qisqa tutashuv toklarini o’lchash va natijalarni uch fazali tutashuv uchun natijalar bilan solishtirish.
Uskunalar ro’yxati va tajribani amalga oshirish
Miqdori
|
Toifa raqami
|
Nomi
|
1
|
74550
|
Uch fazali transformator TL380KV
|
1
|
74551
|
Elektruzatish liniyasi (EUL) modeli 380 kV
|
1
|
745561
|
Kuchli tok ulab-uzgich qurilmasi moduli
|
|
|
Qo’shimcha qismlar
|
1
|
726256
|
Panel ramasi VT160, uch darajali
|
1
|
72675
|
FCCB bilan uch fazali ta’minot bloki
|
5
|
50059
|
10 ta xavfsizlik tiqin-qopqog’idan iborat to’plam, qora rangli
|
1
|
500591
|
Probka-tutashtirgichlar, sariq-yashil rangli, 10 donadan iborat to’plam
|
1
|
500851
|
Himoyaviy biriktiruvchi simlar, 32 A, 32 donadan iborat to’plam
|
1
|
500852
|
Himoyaviy biriktiruvchi sim, 32 A, sariq / yashil rangli, 10 dona
|
|
|
Qo’shimcha ravishda quyidagilar tavsiya etiladi:
|
1
|
727100
|
CASSY quvvat tahlil qilgich
|
1
|
524220
|
CASSY Laboratoriya 2
|
|
|
Xohish-istakka ko’ra
|
3
|
72732
|
Elektromagnitli o’lchov uskunasi 2,5 A
|
1
|
72738
|
Elektromagnitli o’lchov uskunasi 600 V
|
2.5.1 Yerga ulanishli va ulanishsiz ikki fazali qisqa tutashuv
Quyidagi rasmga muvofiq sxemani yig’ing.
Eng avvalo, yerga ulanishli ikki fazali qisqa tutashuv tadqiq qilinadi. Tarkibiy qismlar haddan tashqari yuqori toklar ta’sirida qolishi tufayli, marhamat, tajribani tez va faqat liniyaning butun uzunligi bo’ylab o’tkazing. Uch fazali transformatorda kuchlanishni UN - 15% miqdoriga o’rnating.
L1 va L2 simlarining qisman I1 va I2 qisqa tutashuv toklarini, shuningdek IK qisqa tutashuv tokini va yerga nisbatan L3 ishga yaroqli faza kuchlanishini o’lchang:
IB = 1,8 A IC = 1,8 A ID = 0,75 A UA = 294 V
Nima uchun IK qisqa tutashuv toki ikkita qisman IB va IC qisqa tutashuv tokiga nisbatan kamroq?
Javob:
Ikkita qisman qisqa tutashuv toki geometrik jihatdan shikastlanish joyida umumiy qisqa tutashuv tokiga yig’iladi.
To’liq shikastlanish tokini o’lchaydigan oldingi tajriba tartibotiga muvofiq zanjirdan ampermetrni uzib qo’ying.
Endi bu yerga ulanishsiz ikki fazali qisqa tutashuvni yuzaga keltiradi. Quyidagi miqdorlarni o’lchang:
IB = 1,76 A IC = 1,76 A UA = 115 V
Ushbu ikki turdagi qisqa tutashuv uchun o’lchangan miqdorlarni bir-biri bilan, shuningdek uch fazali qisqa tutashuv uchun miqdorlar bilan solishtiring.
Natija:
Bu yerda tadqiq qilinayotgan uzatish liniyasi modellarida parsial toklar yerga ulanishli ikki fazali qisqa tutashuv holatida yerga ulanishsiz qisqa tutashuv uchun miqdorlardan ko’proq. Shunga qaramay, barcha shikastlanish toklari uch fazali qisqa tutashuv toki miqdorlaridan kamroqdir.
Izoh. Bu yerda taqdim qilingan natijalar qo’shimcha shartlarsiz amaldagi tarmoqlarga qo’llanilishi mumkin emas, chunki bu yerda biz yana o’tuvchi jarayondan so’ng olingan o’lchangan miqdorlarga va qayd etilgan ta’minot kuchlanishiga ega bo’ldik.
Do'stlaringiz bilan baham: |