Energetik texnologiyalar E


Miqdori Toifa raqami



Download 2,61 Mb.
bet2/42
Sana25.03.2022
Hajmi2,61 Mb.
#509012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
1 4988047835002831290

Miqdori

Toifa raqami

Nomi

1

74550

Uch fazali transformator TL380KV

1

74551

Elektruzatish liniyasi (EUL) modeli 380 kV

2

74553

EUL kondensatori TL380 kV

1

74557

Erga tutashuv kompensasiyasi

1

745561

Kuchli tok ulab-uzgich qurilmasi moduli







Qo’shimcha qismlar

1

726256

Panel ramasi VT160, uch darajali

1

72675

FCCB bilan uch fazali ta’minot bloki

1

73242

Induktiv yuklama 0,1 / 0,3 / 1,0

1

73310

Rezistiv yuklama 1.0

1

73311

Sig’imli yuklama 1.0

5

50059

10 ta xavfsizlik tiqin-qopqog’idan iborat to’plam, qora rangli

1

500591

Probka-tutashtirgichlar, sariq-yashil rangli, 10 donadan iborat to’plam

1

500851

Himoyaviy biriktiruvchi simlar, 32 A, 32 donadan iborat to’plam

1

500852

Himoyaviy biriktiruvchi sim, 32 A, sariq / yashil rangli, 10 dona

6

500614

Himoyaviy biriktiruvchi sim 25 sm, qora rangli

1

565182

LIT: Elektruzatish liniyasi modeli 380 kV, E 3.2.2







Qo’shimcha ravishda quyidagilar tavsiya etiladi:

1

72711

Sil-o-Metr

1

72712

Quvvat koeffisiyentini o’lchagich

1

72731

Elektromagnitli o’lchov uskunasi 1 A

3

72732

Elektromagnitli o’lchov uskunasi 2,5 A

2

72738

Elektromagnitli o’lchov uskunasi 600 V

1

745514

EUL modeli 380 kV, 90 km

1

727230USB

Ko’p funksionalli o’lchov uskunasi



Mundarija


Ko’rsatmalar 2
Elektromagnit muvofiqligiga doir izoh 2
Tajribalar 2
Foydalanishga doir qo’llanma 2
Uskuna sharhi 3
Mundarija 4
1. NAZARIY BO’LIM 5
1.1 Kirish 5
1.2. Nominal kuchlanishlar va liniyalarning ko’ndalang kesimi 6
1.3. Elektrik xossalar va birikmalarning ekvivalent sxemalari 8
1.4. Ishchi tavsiflari 14
1.5. Neytral ulanish 18
1.5.1 Izolyasiyalangan neytral nuqta tizimi 19
1.5.2 Yerga tutashuvni neytrallash qurilmasi 20
1.5.3. Quyi qarshilik bilan neytral yerga ulanish 21
1.6. Asimmetrik qisqa tutashuvlar 22
1.6.2. Yerga ulanishsiz fazalararo tutashuv 24
1.6.3. Yerga bir fazali tutashuv 25
1.7. Reaktiv quvvatni kompensasiya qilish 26
1.7.1. Parallel kompensasiya 26
1.7.2. Ko’ndalang kompensasiya 27
1.7.3. Boshqa turdagi kompensasiyalar 29
2. Tartibot 30
2.1. Tajriba qismlari va o’lchov vositalari tavsifi: 30
2.2. Xavfsizlik choralari, model masshtabi 42
2.3. Uzatish liniyalari tavsiflari bilan tajribalar 43
2.4. Turli usullar bilan yerga ulanishga doir tajribalar 57
2.5. Asimmetrik qisqa tutashuvlarga doir tajribalar 61
2.6. Kompensasiyaga doir tajribalar 63
2.7. Nol ketma-ketlikda impedans o’lchoviga doir tajribalar 67
3. Kelgusi o’qish uchun mashq 69
Ishchi varaqlar 72
2.3. Uzatish liniyalari tavsiflari bilan tajribalar 73
2.4. Turli usullar bilan yerga ulanishga doir tajribalar 87
2.5. Asimmetrik qisqa tutashuvlarga doir tajribalar 91
2.6. Kompensasiyaga doir tajribalar 94
2.7. Nol ketma-ketlikda impedans o’lchoviga doir tajribalar 99


1. NAZARIY BO’LIM

1.1 Kirish


Iqtisodiy sabablarga ko’ra, havoda tortilgan elektruzatish liniyalaridan, asosan, elektr stansiyasidan elektr energiyasining iste’molchiga uzatilishi uchun foydalaniladi, aholisi zich shahar hududlarida esa elektr energiyasi faqat kabellar bo’yicha uzatilishi mumkin. Har ikki uzatish vositasi: havoda tortilgan elektruzatish liniyalari va kabellar «liniya» umumiy atamasiga kiritilgan. Turli qiymatga qo’shimcha ravishda tegishli texnik tavsiflar quyidagi bo’limlarda namoyish etilganidek mos uzatish vositalarini tanlashda ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Umuman, elektr energiyasi uzatilishining uchta amaliy usuli mavjud:

  • o’zgaruvchan tok tizimlari (bir fazali);

  • uch fazali tizimlar va

  • o’zgarmas tokdan foydalanilgan holda uzatish tizimlari (yuqori voltli o’zgarmas tokni uzatish liniyasi yoki HVDC deb nomlanadi).

Germaniyada o’zgaruvchan tok tizimlaridan faqat temir yo’lda foydalaniladi; tarixiy sabablarga ko’ra, ushbu tizim, odatda, 16 2/3 Gts chastotasiga ega bo’ladi.
Bugungi kunda umumiy elektr ta’minoti deyarli istisnosiz 50 Gts (ingliz-saksoniyaliklar mamlakatlarida 60 Gts) chastotali uch fazali tok orqali amalga oshiriladi. Uchta tokning faza bo’yicha siljishi tufayli uch fazali tizimda aylanuvchi maydon paydo bo’lib, u iste’molchi tomonidan elektr yuritma sifatida foydalanish, masalan, asinxron dvigatelni ulash uchun juda mos keladi. Bundan tashqari, uch fazali tizimlar (hech bo’lmaganda, quyi kuchlanish tizimida) iste’molchini ikkita turli kuchlanish darajasi bilan ta’minlaydi, bu unga o’z uskunasini tejamli o’rnatish imkonini beradi.
Uch fazali tizimlar induktiv va sig’imli tavsiflarni namoyish etishi tufayli, yuklamaga qarab, muayyan uzunlikdan yuqori uzatish liniyasidan foydalanilganda barqarorlik nuqtai nazaridan liniyada reaktiv quvvatni kompensasiya qilish talab etiladi.
Kompensasiyasiz erishiladigan liniya uzunligi («liniyaning kritik uzunligi») havoda tortilgan elektruzatish liniyalari bo’yicha taxminan 800 km, biroq kabellar bo’yicha faqat taxminan 40 km ni tashkil etadi. Shunday qilib, suvosti kabellari – masalan, orolning elektr tarmog’iga ulanishi – faqat kichik masofalarda amalga oshirilishi mumkin, chunki bunday holatda kompensasiyalash qurilmalaridan foydalanish mumkin emas. Faqat uchinchi energiya uzatish vositasini, aynan esa yuqori kuchlanishli o’zgarmas tokni uzatish liniyasini (HVDC) ko’rib chiqish mumkin. Bugungi kunda HVDC tizimlaridan, masalan, AQSh va Kanadada, katta masofani bosib o’tish talab qilinadigan joyda havoda tortilgan elektruzatish liniyalari uchun foydalaniladi. Bundan tashqari, ular orollar bilan ulanish uchun suvosti kabellari sifatida ham foydalidir.
Uch fazali texnologiyaning juda muhimligi tufayli quyidagi bo’limlarda faqat ushbu uzatish vositasining xususiyatlari ko’rib chiqiladi va bu, asosan, havoda tortilgan yuqori voltli elektruzatish liniyalariga tegishlidir. Tajriba davomida turli yuklanish sharoitlarida uzatish liniyalarining ishchi tavsiflari tadqiq qilinadi. So’ngra uch fazali tarmoq tizimlarida turli xil neytral nuqtalar ulanishlarini namoyish qilish uchun konfigurasiyalar qo’shiladi; bu yerda asimmetrik qisqa tutashuvlar ham modellanadi. So’ngra boshqa tajribalar seriyasida reaktiv kuchlanishni kompensasiya qilishga tegishli masalalar ko’rib chiqiladi.
Bunda qayd etish kerakki, amaliyotda neytral nuqta ulanishini tanlash tasodifiy hisoblanmaydi, balki texnik va iqtisodiy omillarga bog’liq bo’ladi hamda birinchi navbatda, tizimning tegishli darajali nominal kuchlanishi bilan belgilanadi. Reaktiv kuchlanishni kompensasiya qilish sohasida ham xuddi shunday. Biroq, tarkibiy qismlar sonini oqilona darajada kamaytirish uchun ushbu dasturda o’tkaziladigan barcha tajribalar 380 kV elektruzatish liniyasi modelida amalga oshiriladi.
Nazariy bo’limda va tegishli tajribalarda amaldagi tizimlarda muayyan kuchlanish darajalarida tajribalar natijalari yoki ayrim o’lchovlar cheklanishlari qayd etiladi.

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish