Uzatish liniyalarining foydalanish tavsiflari tadqiqoti quyidagi uchta o’ziga xos holatlar bilan cheklanishi mumkin:
Yuklamasiz ishlash:
Bu holat nominal kuchlanish uzatish liniyasining bir uchida bo’lib, ikkinchi uchida esa yuklama ostida bo’lmaydigan paytda (masalan, ulangan iste’molchining nosozligi tufayli) mavjud bo’ladi. Muayyan holatlarda uzatish liniyasining ochiq uchidagi kuchlanish liniya sig’imlari tufayli yo’l qo’yib bo’lmaydigan miqdorlargacha yuqorilashadi. Ushbu holat Ferranti ta’siri deb ataladi va katta uzunlikdagi liniyalarda xavfli holatni yuzaga keltiradi, bu tarmoqni himoyalash tizimi bilan kompensasiya qilinishi kerak. Kuchsizlangan shaklda Ferranti ta’siri tarmoq kuchsiz yuklama ta’siriga uchraganda, masalan, tunda yuzaga kelishi ham mumkin.
Muvofiqlashtirilgan yuklama:
Ushbu ishchi holat uzatish liniyasi iste’molchining xarakteristik impedansga ekvivalent Om qarshiligi bilan tugagan (ya’ni, muvofiqlashtirilgan) holatda mavjud bo’ladi: bunday holatda uzatiladigan quvvat tabiiy yuklama deb ataladi. Liniya toki liniya induktori tomonidan sarflanadigan reaktiv quvvatni va sig’imni kompensasiyalash uchun yetarlicha katta bo’ladi. Shunday qilib, uzatish liniyasi ishlash uchun biron-bir tashqi reaktiv quvvatni talab qilmaydi. Bunday holatda haqiqiy (ya’ni, quyi yo’qotishlar bilan) uzatish liniyalarida uzatishda faol quvvat yo’qotilishi minimal bo’lganligi tufayli bu optimal holat sifatida baholanishi kerak. Biroq iste’molchilarning unumdorligiga qarab tizimga yuklama doimiy ravishda o’zgarib turadi. Shunday qilib, tabiiy yuklama bilan ishlash kam hollarda yuz beradi. Uzatish liniyasidagi tok o’zgargan paytda reaktiv quvvat muvozanati buziladi. Agar tok quyiroq bo’lsa, liniya sig’imli amal qiladi. Agar tok ko’paysa, liniya induktiv tavsiflarga ega bo’ladi.
Har ikki holatda haqiqiy elektruzatish liniyalarida faol quvvat yo’qotilishi ko’payadi. Agar kuchlanish liniya boshida o’zgarmas miqdor bilan ta’minlansa, kuchlanish ko’payishi liniya oxirida kechikish rejimida qayd etilishi mumkin (eng yuqori holat sifatida yuklamasiz solishtiring). Ilgarilovchi rejimda kuchlanish liniya oxirida pasayadi (eng yuqori holat sifatida qisqa tutashuv bilan solishtiring).
Iste’molchiga doimiy kuchlanishni kafolatlash uchun kuchlanish tizim yuklamasi o’zgargan holatda ta’minot transformatorida rostlanishi kerak.
Havoda tortilgan elektruzatish liniyalarining yuklama qobiliyati (ya’ni, eng yuqori issiqlik yuklamasi) tabiiy yuklamadan ancha yuqoridir. Amalda foydalanishda havoda tortilgan elektruzatish liniyalari ko’pincha ilgarilovchi rejimda yuklanadi.
Boshqa tomondan, yuqori voltli kabellar, odatda, tabiiy yuklamadan quyiroq maksimal issiqlik yuklamasiga ega bo’ladi. Bunday holatda, faqat kechikish bilan ishlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |