Energetik audit



Download 1,57 Mb.
bet37/94
Sana11.04.2023
Hajmi1,57 Mb.
#927083
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   94
Bog'liq
Energetik audit

MA’RUZA 27




ENERGIYAGA NARX O‘RNATISH. ENERGIYAGA TASHQI TA’SIR VA NALOGLAR ENERGETIK AUDITNING ZARURLIGI. QISQA VA BATAFSIL ENERGETIK AUDITLAR

Neftga narh o‘rnatishda aniq keltirilgan narhlar zarur bo‘ladi. Talabni boshqarishning eng samarali uzoq muddatli quroli bo‘lmish energiyaga narh o‘rnatishning maqsadi energetik siyosatning formulirovkasida qo‘yilgan maqsadlar bilan jips bog‘langan.



    1. Energiyaga o‘rnatilgan narh iqtisodiy yuksalishga xizmat qilishi kerak. Buning uchun narh o‘rnatish siyosati resurslarni sektorni o‘zida, hamda iqtisodiyotning boshqa turlari orasida iqtisodiy samarali taqsimlanishiga olib kelishi kerak. Umumiy ramkada ko‘zda tutiladi, ya’ni kelajakda energiya ishlatish o‘sishini ko‘rsatuvchi chegaradan tashqari ishlatilgan energiya birligi narhi (yoki iste’molchini to‘lash xoxishi bilan) optimal darajada bo‘ladi.

    2. Fuqarolarni talab qilingan energiyaning minimal hajmi bilan ta’minlangan bo‘lishdek asosiy xuquqlarini amalga oshirishga qaratilgan sotsial maqsadlarni hisobga olish talab qilinadi.

    3. Energetika sektorini avtonomligi va realligi bilan bog‘liq bo‘lgan mablag‘li maqsadlar. Bu korxonalarga ularning har xil bo‘limlarida aktivdan olinadigan foydaning sezilarli qismi me’yorini ishlab chiqish imkonini beruvchi narh o‘rnatish siyosatida namoyon bo‘ladi va bo‘lg‘usi energiya resurslarini konkurensiya bo‘lmagan holatda rivojlanish uchun zarur bo‘lgan samarasiz va yuqori xarajatlarni bir vaqtga to‘g‘ri kelmasligidan kelib chiqib kiritilgan xarajatlarning zaruriy qismini o‘zidan mablag‘lashtirish imkonini beradi.

    4. Energiya bilan ta’minlash ham narh o‘rnatish siyosatining maqsadi hisoblanadi. Keraksiz isroflarni bartaraf qilish muhim maqsad bo‘lib turgan bir vaqtda, ba’zi bir yoqilg‘i turlarini konservatsiya qilish uchun boshqa sabablar ham mavjud. Bularga chet el manbalaridan mustaqil bo‘lish, tabiatga ta’sir qiluvchi salbiy effektlarni kamaytirishlar kiritiladi.




    1. Neft narhi bilan bog‘liq qarorlarga ta’sir qiluvchi qator boshqa maqsadlar ham mavjud, ya’ni:

    • inflyasiyadan qochish uchun narhning umumiy stabilligini zarurligi;

    • energiya iste’molchilarni narhning tashqi tebranishidan ximoyalash;

    • to‘lovning o‘rnatilishi va o‘zgarishining oddiylashuvidan aholining qochishi uchun energiyaga narh o‘rnatishning soddalashgan strukturasini zarurligi;

    • alohida sanoatlarning rivojlanishiga yoki regional rivojlanishga hamkorlik qilishlik.

Energetik narh shakllantirishning ketma–ket siklini o‘rnatishning umumiy jarayoni bozor iqtisodiyotchilari tomonidan tavsiya etilgan ikki pog‘onali yondoshishni bildiradi:

  • qator ideal narhlarni aniqlash(first best). Bu narhlar iqtisodiy samaradorlikni oshirish maqsadlariga mos kelishi kerak. Agar bozorda sezilarli nomutanosibliklar mavjud bo‘lsa, energiyaga mukammal samarali narh o‘rnatish uchun bozor narhlari o‘rniga xufyona narhlardan foydalanish talab qilinadi. Bunday o‘zgarishlar oqibatida olinadigan narhlar second–best deb nomlanadi, chunki ular faqat iqtisodiy o‘zgarishlar kontekstidagina samarali bo‘ladi.

Ikkinchi bosqich o‘z ichiga oladi:

  • barcha berilgan maqsad va situatsiyalarni hisobga olgan holda samarali narhni sozlashni. Ikkinchi bosqichda muayyan holatlar uchun qarorlar qabul qilish amalga oshiriladi, bu qarorlarni qabul qilishda ularni nisbiy muhimligidan kelib chiqiladi.

Energiyaga tashqi ta’sir va naloglar
YAxshi funksiyalanuvchi bozorning muhim mezonlaridan biri bu shunday faktki, qaysiki iqtisodiy guruxlar(ishlab chiqaruvchilar orasida yoki ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchi orasida) orasida ish yuzasidan bog‘lanishlar bozor vositasi orqali amalga oshiriladi. Bu barcha tovar yoki xizmatlar uchun bozor narhlari mavjudligini taqozo qiladi. Bozorlarda real sharoitlarda ko‘pincha ba’zi
mahsulot va resurslar bozor narhiga ega bo‘lmaydi, ya’ni, misol tariqasida, qaysidir zavodning chiqindilari yoki tabiiy resurslarning qaysidir bir turidan foydalanish.
Ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi orasidagi munosabatlarning bunday turlari tashqi ta’sir deb yuritiladi. Bunday tashqi ta’sir bozor narhiga ega bo‘lmaganligi uchun ular mazkur mahsulotni ishlab chiqarishdagi sarfni va iqtisodiy elementning foydasini hisoblashda e’tiborga olinmaydi.
Atrof muhitni ifloslanishi bilan bog‘liq holatlarda ifloslantiruvchi–sub’ekt jamiyatga iqtisodiy vaqt yuklaydi. Agar undan ifloslantirilganlik uchun to‘lov undirilmasa, u ifloslantiruvchi moddalarning chiqindilarini kamaytirish bilan juda kam qiziqqan bo‘ladi.
Iqtisodiy nazariyada keltiriladiki, ya’ni ifloslantiruvchi moddalarning chiqindilariga narh o‘rnatilishi kerak. Ushbu ortiqcha mahsulot va atrof muhitdan resurs sifatida foydalanishning narhga ega bo‘lishi va ishlab chiqaruvchi tomonidan sarf va foydani(tashqi ta’sirlarning «internalizatsiya»si) solishtirish orqali e’tiborga olinishi uchun maxsus nalog kiritilishi tavsiya qilinadi.
Iqtisodchilar ifloslanish darajasini nazorat qilish bo‘yicha me’yor va standartlar kiritish o‘rniga ifloslantirishga nalog solishni afzal ko‘rishadi. Nalogga tortish qarorining foydasi ishlab chiqaruvchiga, agar zaxarli moddalar chiqindisi chiqarilmasligi juda yuqori hisoblanuvchi xarajatlarga olib keladigan holatlarda ham, nalog to‘lash imkonini beradi.
G‘arbiy Ovro‘pada SO2 energiyaga nalog kiritishni SO2 chiqindi–larni qisqartirish imkoniyatlaridan biri sifatida qaraladi. Ovro‘pa Ittifoqi qatnashchilari davlatlarining iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi argumentlarning ijobiy va qarshilari mavjud.

    1. Energiyadan samarali foydalanish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar

Sanoatning qayta ishlash tarmoqlarida energiyadan samarali foydalanishni yaxshilashni quyidagi yo‘llari mavjud:

      1. Energiya iste’molini boshqarishni quyidagi usullarini qo‘llash evaziga:

  • xonalarni yaxshi holatda ushlab turish;

  • isrof bo‘lib oqib ketayotgan energiyalarni kamaytirish;

  • optimal rejimda ishlash;

  • qurilmalarga yaxshi texnik xizmat ko‘rsatish;

  • personalni o‘qitish;

–energiya iste’molini hisoblash va h.z.

      1. Energiyani saqlashni gorizontal usullaridan foydalanish, ya’ni quyidagi umumiy qo‘llaniladigan usullar hisobiga:

  • izolyasiya;

  • keng va samarali issiqliq almashish(utilizator–qozonlar va h.z.)

–issiqliq nasoslaridan foydalanish yoki bug‘ yordamida qayta kuchaytirish;
–elektr va issiqliq energiyalarni birgalikda ishlab chiqarish, ya’ni bug‘dan elektrni ishlab chiqarishda va isitishda foydalanish, bu usul sanoatning ayniqsa ba’zi bir ximiyaviy va qayta ishlash soxalarida qo‘l keladi;
–aylanuvchi mexanizmlarni harakatga keltirish uchun yuqori bosim ostidagi bug‘dan yoki yoqilg‘i yoqishdan hosil bo‘ladigan yoki ximiyaviy reaksiya natijasida ajrab chiqadigan issiqliqdan foydalanish (kompressorlar, nasoslar va boshq.);
–elektrni ishlab chiqarish uchun qo‘shma sikllarni (gazbug‘li turbinalar) qo‘llash;
–nazoratni yaxshilash uchun asboblar bilan ta’minlash .
v) Eski ishlab chiqarish bosqichlarini va materiallarni almashtirish uchun, eski usullarni almashtirish uchun maxsus usullarni va samaraliroq qurilmalarni ishlab chiqarish evaziga.
Bu o‘zgarish ishlab chiqarishning mexanik, fizik va ximik bosqichlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday afzalliklarga quyidagi soxalarda erishish mumkin:
–ajratishning energiyaharajatli jarayonlari, qaysiki yog‘sizlantirish, quritish, konsentratsiya, distillyasiya, filtratsiya, kristallizatsiya, yutish, chiqarish va boshqalar;
– ximik reaktorlar va pechlar;
–ximik reaktorlarda ishlatiladigan katalizatorlar (yaxshilangan aktivlik, selektivlik, oqishlik);
–elektrik jarayonlar uchun elektr iste’mol qilish (sifatli elektrodlar, nazoratni zamonaviy vositalari va boshqalar);
–xom–ashyoning alternativ turlaridan foydalanish;
–foydalaniladigan mahsulotlarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish;
–yangi yoki takomillashtirilgan ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini yaratish;
–texnologik jarayonning samaradorligini oshirish (xom–ashyo birligiga nisbatan mahsulot soni). Bu xom–ashyo sifatida suyuq yoqilg‘i ishlatiladigan sanoat tarmoqlarida juda muhim (qaysiki nefte–ximikatlar, o‘g‘itlar, neftni qayta ishlash mahsulotlari va boshqa);
–jarayonni intensifikatsiyalash yoki rejimni o‘zgarishi hisobiga yoki qurilmalar konfiguratsiyasini yaxshilash;
–issiqliq uzatish koeffitsientini yaxshilash va qayta ishlatiladigan issiqlikni issiqlik “sifatini” yaxshilash (yuqori haroratlar).
Hozirgi kunda Ovro‘pa mamlakatlarida energiyadan foydalanishning samaradorligini yaxshilash bo‘yicha yangicha yondoshilmoqda. Bunday usul energiya iste’molini joriy nazorat qilish va energiyatejamkorlik vazifasini qo‘yish degan nomni olgan. Bu erda nazorat boshqarishning funksiyasi hisoblanadi.
Energiya boshqaruvi strukturasini takomillashtirishning umumiy yo‘llari:
–texnologik va yordamchi bo‘limlarda energiya iste’moli bo‘yicha mas’ullarni aniqlash;
–mahsulot turlari bo‘yicha energiya sarfi me’yorlarini aniqlash?
–energiya iste’moli bo‘yicha ratsional rejimlarni aniqlash, dasturlar yaratish va yangi me’yorlarga erishish yo‘llarini aniqlash;
–korxonaning barcha ishchilari energiyani tejash zarurligi va bu tejamkorlikka erishish usullari to‘g‘risida tushunchalari mavjudligiga ishonch xosil qilish.

Energiya tejamkorlikni boshqarish tizimini yaratishda, birinchi navbatda, korxonani boshqarish strukturasi ko‘rib chiqiladi.


Boshqarish strukturasi energiya tejamkorlikni barcha dasturlarining raxbari bo‘lgan bosh menedjerni tayinlashdan boshlanadi va, keyin esa korxonaning har xil bo‘limlarida energiya iste’moli bo‘yicha mas’ullar aniqlanadi.
Keyinchalik boshqaruv funksiyasi aniqlanadi, to‘g‘ri va teskari bog‘lanishning tizimi yaratiladi.

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish