Qisqa va batafsil energetik auditlar
Bajarilishi bo‘yicha auditlar qisqa va batafsil auditlarga bo‘linadi. Qisqa energetik audit korxonadagi energiya iste’molini umumiy manzarasini ko‘rsatadi, hamda batafsil audit o‘tkazishga yo‘llanma beradi. SHu bilan birgalikda energiya ishlatishga va mahsulot ishlab chiqarishga aloqador bo‘lgan joriy ma’lumotlarni kamchiliklarini yoritib beradi. Har bir korxonada enegriya iste’moli bo‘yicha olib boriladigan joriy ma’lumotlarni to‘laligini aniqlab beradi. Korxonada har xil energiya turlari va energiya tashuvchilarni mavjud retrospektiv ma’lumotlarni (yozuvlarni) o‘rganish qisqa auditning birinchi bosqichi hisoblanadi. Zarur
bo‘lganda ushbu ma’lumotlar tekshirilishi va auditorlarning qo‘shimcha mos o‘lchovlari bilan to‘ldirilishi mumkin. Korxonaning energetik trassalari, energetik, texnologik qurilmalari, bino va inshoatlari bilan vizual tanishish auditning majburiy bosqichi hisoblanadi. Qisqa energetik auditning 3–4 kundan ortiq bo‘lmagan muddat talab qilinadi. Mahsulot ishlab chiqarish va energiya iste’moli bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida iste’mol qilinayotgan issiqlik va elektr quvvati uchun differensialangan balans tuziladi. Bu esa tejalgan energiya miqdorini kompleks baholash imkonini beradi. Qisqa energetik auditdan kutilayotgan ma’lumotlar tarkibiga quyidagilarni olish zarur:
extimoli bor energiya tejashni baholashga tegishli energiya ishlab chiqarish mahsulotlari xaqida ma’lumot. Buning natijasida energiya ishlatish bo‘yicha aniqlangan kamchilik va isrofni bartaraf qilish bo‘yicha harakat qilinishi mumkin bo‘lsin;
batafsil auditni bajarish jarayonida asosiy e’tiborni qaerga qaratish zarurligi bo‘yicha ma’lumotlar.
Batavsil energetik audit korxonaning alohida agregatlarida, qismlarida, texnologik liniyalarida va ishlab chiqarishning barcha soxalarida o‘tkaziladi va ishlab chiqarishning konfiguratsiyasi va strukturasiga bog‘liq ravishda bir necha xaftadan bir necha oygacha davom etishi mumkin.
Auditdan kutiladigan natijalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
energiya tejashning potensial imkoniyatlari;
energiya tejashdan potensial foyda;
ishga kirishish uchun tavsiyalar;
har bir harakatning iqtisodiy bahosi.
Batafsil energetik audit asosida matematik modellar, energetik xarakteristikalar, texnologik va ekspluatatsion faktorlarni mahsulot ishlab chiqarishning energetik ko‘rsatkichlariga ta’sirining regression tahlili olinishi mumkin. YUqorida sanalgan ko‘rsatkichlar kompyuter dasturi bo‘yicha statistik tahlil qilinishi mumkin. Batafsil energetik audit, agar korxona o‘zida butun korxonani enegetik boshqarish bo‘yicha ba’zi bir loyiha va dasturlarni tadbiq qilmoqchi bo‘lsa, joriy energetik tahlilni o‘tkazish imkonini beradi. U holda issiqliq energiyasini joriy tahlildan o‘tkazishda o‘lchovning muxim parametrlari qatoriga sarf, harorat, bosim kiritiladi.
Elektr energiyasi juda qulay, lekin uning iste’molini nazoratini va minimumga keltirish uchun har bir imkoniyatdan foydalanishga maslaxat beriladi, chunki bu ishlatiladigan energiyalar ichida eng qimmatbaho shaklidir. Joriy energetik tahlil kuchlanish, tok, quvvat koeffitsienti, quvvat kabi elektr parametrlarni tarkibiga olishi mumkin.
Har bir ishlab chiqaruvchi va har bir yordamchi bo‘lim tomonidan ishlatilayotgan va boshqa ehtiyojlarga sarf bo‘layotgan energiyani baholash muhim. Olingan o‘lchov ma’lumotlari asosida korxonaning energiya balansi ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |